“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
9K subscribers
2.41K photos
236 videos
14 files
1.07K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
Салар – Нурхаёт темир йўл бекатлари оралиғида 5 - километр 6, 7-пикетларида жойлашган темирйўл йўл кесишмасида капитал таъмирлаш ишлари ниҳоясига етказилди ҳамда поездлар ва автотранспорт воситалари ҳаракатини бошлади

👉👉👉👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ


Расмий саҳифаларимиз 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi qoshida xo'jalik hisobidagi profilaktik dezinfeksiya bo'limi mavjud bo'lib, respublikada o'ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bo'yicha epizotik va epidemik barqarorlikni ta'minlab kelinmoqda ya'ni:

🧪Temir yo'l orqali O'zbekiston Respublikasiga chet davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishini oldini olish bo'yicha Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tegishli mutaxassislari tomonidan har kuni “Yo‘lovchi poyezdlarni reysga texnik va texnologik tayyorlash filiali” hududida 100-120 tagacha yo'lovchi vagonlarda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ishlari olib boriladi;
🦠Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo'lishi va tarqalishining oldi olinadi, ularning doirasi kamaytirilib, bartaraf etiladi;

Yuqoridagi videorolikda yo`lovchi vagonlarning harakat oldidan dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya jarayoni bilan tanishishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
rahbariyati va xodimlari boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Baxt — Oqoltin” bekatlari oralig‘idagi 3462 dan 3473 pk gacha bo‘lgan temir yo‘l izlari atrofi chiqindilardan tozalandi hamda mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Yildan-yilga ekologik vaziyat taranglashib borayotgan, cho‘llanish va qurg‘oqchilik tobora avj olayotgan bir paytda har bir qarich yerga nihol ekish, uni parvarishlash orqali ekohalokatning oldini olish har birimizning burchimizdir!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

2024-yilning 15-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar.

Masalan, endilikda "Qarshi — Kitob — Qarshi" yo‘nalishi yagona tarif narxi 10 000 so‘m, "Qarshi — Buxoro — Qarshi" yo'nalishi 12 000 so‘m, "Kitob — Qarshi — Buxoro" yo'nalishi 20 000 so'mni tashkil etadi. Yuqoridagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktika ishlari olib borilishi sababli bugun 2024-yilning 2-aprel kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha eticket.railway.uz sayti va barcha chiptaxonalarida texnik tanaffus e`lon qilinadi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz.

Tizim 13:00 dan keyin yana ishlashda davom etadi.

“O’ztemiryo’lyo’lovchi” matbuot xizmati

-

Уважаемые пассажиры, в связи с проведением профилактических работ в системе АСУ «Экспресc» сегодня 2 апреля 2024 года на сайте eticket.railway.uz а также во всех железнодорожных кассах с 12:00 по 13:00 объявляется технический перерыв.

Приносим свои извинения за доставленные неудобства.

Система возобновит свою работу после 13:00.

Пресс-служба АО “O’ztemiryo’lyo’lovchi”
“Toshkent — Volgograd” yo‘nalishi haqidagi savollarga javob

Ma’lumki, “Toshkent — Volgograd” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd Qozog‘istonning “Atirau” bekatida to‘xtab o‘tar edi. Chiptalar “Toshkent — Atirau” yo‘nalishiga rasmiylashtirilishi to‘xtatilgan.

Hozirgi kunda marketing tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Talab va takliflar o‘rganilib, natijalar va bu yo‘nalishdagi chiptalarning sotuvga qo‘yilishi haqida rasmiy sahifalarda xabar qilamiz.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati