Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.1K subscribers
20.2K photos
5.85K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?

Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.

Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.

❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.

Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.

Ma'lumot o'rnida: hududlar kesimida topshirilgan arizalar haqidagi ma'lumotlarni manager.uzedu.uz platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko'ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

❗️Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Kasbiy_sertifikatlash

Men shu oy boshida tug‘ruq ta’tilidan ishga qaytdim. Maktab direktori o‘rinbosarining aytishicha, ma’lum muddat ish jarayonlaridan uzilib qolganligim sababli kasbiy sertifikatlashdan o‘tishim majburiy ekan, shu to‘g‘rimi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”da bu haqida batafsil keltirib o‘tilgan.

❗️Unga ko‘ra, quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#ommalashtirish

Men oʻz metodik ishlarimni ommalashtirish maqsadida maktab Pedagogik kengashiga topshirdim. Agar metodik ishlarim maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsa, ommalashtirish.uz platformasiga oʻz ishlarimni qanday joylashtiraman?

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish tartibi”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.

Unga koʻra, agar sizning metodik ishingiz Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtirishga loyiq deb topilsa, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.

🔹Bunda quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi zarur:

metodik ishingizga taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishingiz (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzingiz toʻgʻringizda maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligingiz boʻyicha diplom nusxasi.

👉 Shundan soʻng sizning metodik ishlaringiz vazirlikning hududiy boʻlinmalarida tegishli fanlar boʻyicha tashkil etilgan Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun joriy yilning fevral oyida oʻtkazilgan test jarayonlariga kelolmaganlar sinovlarga qayta qoʻyiladimi? Ular uchun boshqa test savollari beriladimi?


Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalalarni baholash agentligi tomonidan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar uchun 1-bosqich test sinovlari oʻtkazildi.

Tahlillarga koʻra, 144 nafar nomzod turli sabablar (noqulay ob-havo sharoiti, boshqa uzrli holatlar)ga koʻra test sinovlarida ishtirok etmaganligi aniqlandi hamda mazkur pedagoglar uchun 2024-yil 14-mart kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy)da test sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, nazorat savollarini ishlab chiqish, maxfiyligini ta’minlash va test sinovlarini oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

❗️2024-yil 14-mart kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida joriy yilning 19-fevral kungi test sinovlarida foydalanilgan variantlar ishlatilmasligi va nomzodlarga boshqa variantlar taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Янги_Ўзбекистон

Magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab beriladi, deb eshitdim. Men joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kirmoqchiman. Yuqorida keltirilgan imtiyoz ushbu oliygohga ham tatbiq etiladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 447-son qaroriga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Huquqni muhofaza qilish hamda Bank-moliya akademiyalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5158-son qarorida mazkur Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi ekanligi belgilab qoʻyilgan.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistratura bosqichiga qabul shartlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Eksternat_tartibidagi_imtihon

Yoshim 25 da. Baʼzi sabablarga koʻra, oʻz vaqtida maktabni tugatganligim toʻgʻrisidagi shahodatnoma ololmaganman. Yaqinda eksternat tartibida imtihondan oʻtib ushbu hujjatni olish mumkinligi haqida eshitdim. Bu imtihonlarda kimlar ishtirok eta oladi?

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻz vaqtida maktabni tugatganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomani olmagan fuqarolar uchun eksternat tartibida imtihon oʻtkazish orqali mazkur hujjatni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

Buning uchun fuqarolar har yili 1-martdan 1-mayga (shu kuni ham) qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali eksternat tartibida imtihonlarda ishtirok etish boʻyicha onlayn ariza topshirishlari lozim.

🔹 11-sinf doirasida 18 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar eksternat tartibida shahodatnoma olish uchun ariza topshiradi. Bu yosh chegarasi umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari yoshiga mos ravishda belgilangan.

👉 Maʼlumot uchun: 9-sinf doirasida tegishli yilda 16 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi fuqarolar ham 9-sinfni bitirganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida imtihonlarda qatnashishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Eksternat_tartibidagi_imtihon

Eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashmoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar kerak? Qayerga murojaat qilaman?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”da bu haqida aytib oʻtilgan.

Unga koʻra, fuqarolar eksternat tartibida imtihonlarga ishtirok etish uchun har yili 1-martdan 1-mayga (shu kuni ham) qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Mazkur davlat xizmati bepul.

🔹Fuqarolar roʻyxatdan oʻtish vaqtida soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlari va oʻqigan maktabi toʻgʻrisida (agar oʻqigan boʻlsa)gi tegishli maʼlumotlarni kiritadi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

9-sinf hajmida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun tasdiqlangan baholar (oʻzlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (pdf formatida) nusxasi;

11-sinf hajmida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun 9-sinfni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma (pdf formatida) nusxasi;

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan 9-sinfdan keyin majburiy oʻrta taʼlimni yakunlamaganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan maʼlumotnoma (pdf formatida) nusxasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Maktabni bitirganman, oliygohga kirish uchun bu yil yana qayta tayyorlanayapman. Menga 10-11-sinf tarix fani darsliklari zarur boʻlyapti, ushbu adabiyotlarni qayerda topsam boʻladi?

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi kitob.uz platformasida umumtaʼlim maktab darsliklari elektron formatda joylashtirilgan.

Mazkur platformada:

10-sinflar uchun — 238 ta;
11-sinflar uchun — 123 ta elektron darslik namunalari mavjud.

Shuningdek, kitob.uz platformasi orqali maktab darsliklarini audio formatda ham tanishishingiz mumkin.

👉 kitob.uz sayti siz uchun!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Malaka toifasi olish uchun ariza bergan pedagoglar ishtirokida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi haqida eshitdim. Bunda qatnashish kimlar uchun majburiy?


Albatta, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar ishtirokida joriy yilning mart-may oylarida boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayonlaridan oldin onlayn repetitsiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 Bundan maqsad, pedagoglarning test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda ularni namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishtirishdan iborat.

✔️ Onlayn repetitsiyalarga joriy yilgi attestatsiyada navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan hamda murojaatlari qabul qilingan pedagoglar ishtirok etishadi.

❗️Onlayn repetitsiyada ishtirok etish ixtiyoriy.

Quyidagi pedagoglar onlayn repetitsiyalarda ishtirok etolmaydi:


toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan pedagoglar;

navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar.


👉 Maʼlumot uchun: toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olishi mumkin boʻlgan pedagoglar guruhi bilan mazkur havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men С1 darajadagi milliy sertifikatga ega ingliz tili fani oʻqituvchisiman. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtyapman. Belgilangan tartibga koʻra, sertifikatga ega oʻqituvchilarga 80 ball qoʻshib berilar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

❗️MUHIM!

🔹 Bu oʻrinda eʼtibor berish kerakki, bu imtiyoz faqat navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan chet tili fani oʻqituvchilariga tegishli.

👉 Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashayotgan chet tili fani oʻqituvchilari umumiy talablar asosida, barcha test sinovlarini topshiradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Mening yashash manzilim qaysi maktab mikrohududiga kirishini qayerdan bilib olsam bo‘ladi?

Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz elektron portalida yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni kiritib, farzandingizni taʼlim olish tilini tanlaganingizdan so'ng "Qidirish tugmasi"ni bosasiz. Shundan so'ng, oynada yashash manzilingiz qaysi maktab mikrohududiga biriktirilganligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi.

Bundan tashqari har bir maktabda ota-onalarga qulay bo‘lgan, barchaga ko‘rinadigan joyda 1-sinfga qabul jarayonlariga oid, jumladan, mikrohudud haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladi
.

Farzandimni 1-sinfga topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn ariza berib bo‘lganimdan so‘ng, shaxsiy maʼlumotlarimda xatoliklar aniqlansa, ularni qay tartibda to‘g‘rilashim mumkin?

Bunda arizangiz maktabga yuborilgan bo‘lsa, maktab tomonidan arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab, qayta ariza berishingiz mumkin.

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanlarimni maktabga joylashtirish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?

  Ha, topshirish mumkin. Bunda elektron platformada shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirishingiz kerak bo'ladi.

Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi”- 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Farzandim 2018-yil 1-yanvarda 7 yoshga to‘ladi, davlat maktablariga qabul qilishmas ekan, nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi?

Yo‘q, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun ham taalluqlidir.

Bu yil 2017-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Agar mening yashash manzilimga biriktirilgan (mikrohudud) maktabda taʼlim tili rus tilidagi sinflar bo‘lmasa, farzandimni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, yashash manzilingiz bo‘yicha tanlagan taʼlim tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta taʼlim maktabi mikrohudud sifatida biriktirib beriladi.

Men farzandimni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga emas, ish joyimga yaqin bo‘lgan maktabga joylashtirsam bo‘ladimi?

Albatta. Buning uchun 1-avgustdan keyin Siz mikrohududdan tashqari hududlar bo‘yicha tanlagan maktabingizga farzandingizni joylashtirish uchun ariza bilan (elektron qabul amalga oshirilayotgan hududlarda elektron tizim orqali) murojaat etishingiz mumkin.

Bunda, tanlagan maktabingizda o‘quvchi o‘rni, malakali pedagoglar bilan taʼminlaganligi, sinf xonalarning o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, qabul jarayoni amalga oshiriladi.

O’quvchi o’rniga nisbatan taʼlim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarda mikrohududdan tashqari qabul amalga oshirilmasligi mumkin. Bunday holatlarda hududiy boshqaruv idoralari Sizga yaqin hududdagi boshqa maktablarni tavsiya etadi.

Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun Vazirlikda tashkil etilgan Call markaziga — 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?

Bunda Siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening maʼlumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlashingiz, songra "Saqlash" tugmasini bosib, qayta ariza yuborishingiz kerak boladi.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirish mumkinmi?


Yo‘q, Siz dastlab joriy yilning 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikrohududdagi bitta maktabga, 15-avgustga qadar esa mikrohududdan tashqaridagi ikkinchi maktabga ariza yuborishingiz mumkin.

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini qanday tartibda maktabga joylashtiradi?

Xorijiy davlat fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat xizmatlari portalining my.gov.uz platformasida “Сhet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga qabul qilish” xizmatidan foydalangan holda 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi” — 71-203-07-04 murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Call_center

Men farzandimni 1-sinfga qabul qilish uchun ariza topshirayotgan vaqtimda ta’lim tilini tanlashda xato qilibman. Arizamni qanday tahrirlashim mumkin?

Bunday holatda siz hujjat topshirgan maktabingizga borishingiz va ariza maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan keyin moderatorlar tomonidan ariza tizimdan ham o‘chiriladi. So‘ngra qaytadan mikro-hudud doirasida ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Men Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Ayni vaqtda Nukus shahrida istiqomat qilmoqdamiz.

Farzandimning hujjatlarini yashash joyimga yaqin maktabga topshirmoqchiman. Ammo, tizimda Nukus shahridagi maktabni belgilashni imkoni bo‘lmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?


my.maktab.uz tizimidagi ma’lumotlar IIV bazasi bilan bog‘langan va talabgorlar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joylariga biriktirilgan mikro-hudud doirasida ariza topshira oladilar. Shu bois, siz Nukusdagi yashash joyingiz bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra ariza topshirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, my.maktab.uz saytida yuzaga kelayotgan muammolarga oid savollar yuzaga kelsa @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali javob olish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar  farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?

Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilab yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara sharnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Nima uchun mikrohududdagi maktabga joylashtirishda ustuvorlik belgilangan?

Qonun hujjatlariga muvofiq, maktab ta’limi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim olish majburiy. Shu bilan birga ta’lim oluvchilarning yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish huquqi kafolatlangan.

Shu bois birinchi navbatda mikrohudud doirasida qabul jarayonlari amalga oshirilishiga ustuvorlik beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Bolaning hujjatlarini maktabga topshirganda, o‘qish boshqa tilda olib boriladigan tillar uchun suhbat o‘tkaziladimi?

Ota-onalar farzandini ta’lim boshqa tilda (jumladan rus tilida) o‘qitiladigan sinfga o‘qitish uchun ariza topshirgan bo‘lsa, bolaning shu tilda boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega ekanligi qabul komissiyasi tomonidan o‘rganiladi.

Namunaviy savollar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) "Ota-onalar" bo‘limida e’lon qilingan.

Bola tanlagan tilda boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, qabul komissiyasi bolani so‘zlashuv ko‘nikmasiga mos sinfga yoki boshqa maktabga joylashtirish bo‘yicha xulosa beradi.

Bolani maktabga qabul qilish rad etilishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq, Qabul komissiyasi 3 ta holatda arizani rad etishi mumkin:

bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktabida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
tanlagan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

❗️Arizasi rad etilgan fuqarolar avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta ariza berishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Sertifikatlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-son qoʻshma qarori izoh qismi 2-bandida majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladigan sertifikatlar roʻyxati belgilangan. Bunda faqat til bilish sertifikatlari qabul qilinadimi?

Mazkur imtiyoz qarorning 3-bobida keltirilgan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimiga mos keladigan xorijiy til bilish sertifikatlari uchun amal qiladi.

Matematika boʻyicha SAT (Digital Scholastic Assessment Test) sertifikatini topshirishda yoshning ahamiyati bormi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Collegeboard xalqaro tashkiloti o‘rtasida olib borilgan hamkorlik natijasida joriy yildan boshlab matematika bo'yicha SAT sertifikatini topshirishdagi yoshga doir cheklov bekor qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

TESOL, TEFL, TKT sertifikatlariga endilikda ustama toʻlanishda ayrim shartlar mavjud ekan. Shu haqida maʼlumot berib oʻtsangiz.


❗️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-sonli qoʻshma qaroriga koʻra:

umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi.

👉 Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari oʻqituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shugʻullanishi va kamida 40 soatlik oʻqituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

——-

Farzandim 2018-yil 5-yanvarda tugʻilganligi sababli maktabning 1-sinfiga qabul qilinmayapti. Oʻgʻlimni bu yil maktabga berishimning imkoni bormi?

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinishi belgilangan.

Shunga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilida respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat taʻlim tashkilotlarining 1-sinfiga ular 7 yoshga toʻladigan, yaʼni 2017-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.

👉 Maʼlumot uchun: 6 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bir yillik maktabga tayyorlov kurslariga jalb etilishi nazarda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM