Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.1K subscribers
20.2K photos
5.85K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.

❗️Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.

Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan amaldagi direktorlar esa bepul o‘qiydi va o’quvlarga ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.

2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli
menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:

maktab direktorlariga — 50 %;
direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida
qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o‘quv kurslarining dastlabki mashg‘ulotlariga start berildi

Bugun poytaxtimizda umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun "Menejerlik o'quv kurslari" ni boshlash munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivojidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘z tavsiyalarini ulashdi.

🔗 Ma’lumot uchun: o‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitiladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1463

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o'quv kurslarida sertifikat uchun yakuniy imtihonlar qanday tartibda bo'ladi va nomzodlar qay tarzda baholanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga muvofiq, Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan nomzodlar manager.uzedu.uz onlayn platformasi orqali ro’yxatdan o’tib, o‘quv kurslarda 1 oy davomida o‘qishi va yakunda imtihon topshirishi talab etiladi.

❗️ Yakuniy test sinovlari 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat
tarzda shakllantiriladi. Test va keys topshiriqlarini bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.

Amaliy topshiriqlar esa taqdimot qilinadi va mas'ullar tomonidan baholanadi.

70 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qoʻyilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.

Ushbu sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Menejerlik_sertifikati

Shu yilning fevral oyida menejerlik o'quv kursida o'qish uchun ariza topshirgandim, lekin kvota to‘lganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadim. Keyingi oy o‘qishim uchun qayta ariza topshirishim kerakmi?

Avval xabar qilinganidek, menejerlik o’quv kursiga har oyning 1-5-kunlari manager.uzedu.uz sayti orqali ariza topshiriladi.

Bunda nomzodlar tomonidan yuborilgan barcha arizalar onlayn platformada saqlanadi va kelib tushgan sanasi bo’yicha ketma-ketlikda ko’rib chiqiladi.

❗️Shu sababli sizdan keyingi oyga qabul uchun qayta ariza topshirishingiz talab etilmaydi.

Arizangiz mutaxassislar tomonidan o'rganib, qabul qilinganligi yoki rad etilganligi haqida xabar platforma orqali yuboriladi.

Ma'lumot o'rnida: hududlar kesimida topshirilgan arizalar haqidagi ma'lumotlarni manager.uzedu.uz platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM