Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.1K subscribers
18.3K photos
5.65K videos
138 files
11.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Press_tur
#Янги_Ўзбекистон_университети

"Yangi O'zbekiston" universitetining yangi o'quv binosiga press-tur

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

✔️Unda jurnalistlar universitet faoliyati, o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya xonalari hamda oliygoh hayotiga oid yangiliklar bilan tanishishdi.


❗️Ta'kidlash joiz, yangi o'quv yilidan e'tiboran "Yangi O'zbekiston" universitetida magistratura bosqichi ta’lim dasturi ochildi va ayni paytda ta'lim muassasasi yangi o'quv binosida o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ma'lumot o'rnida: hozirda universitetda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi,
Mexanika muhandisligi,
Dasturiy ta’minot muhandisligi,
Kiber xavfsizlik,
Sun’iy intellekt va robototexnika,
Amaliy matematika,
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili,
Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichida talabalar tahsil olishmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1459

#Fotoreportaj #New_Uzbekistan_University #26_January #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Янги_Ўзбекистон

Magistraturaga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab beriladi, deb eshitdim. Men joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kirmoqchiman. Yuqorida keltirilgan imtiyoz ushbu oliygohga ham tatbiq etiladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalari magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 447-son qaroriga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Huquqni muhofaza qilish hamda Bank-moliya akademiyalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi “Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5158-son qarorida mazkur Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi ekanligi belgilab qoʻyilgan.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistratura bosqichiga qabul shartlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt