O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.6K subscribers
7.07K photos
2.67K videos
9 files
5.94K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#repost

🌱Nega dehqonlar tuproq tahlilini amalga oshirishlari kerak?

🔬Tuproq tahlili - bu fermerlar uchun zarur bo'lgan eng muhim jarayonlardan biridir. U yer maydonlarining samaradorligini oshirishda kalit rol o'ynaydi. Tuproq tahlili orqali, fermerlar tuproqdagi ozuqa moddalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladilar va shu asosda hosildorlikni yaxshilash uchun zarur choralarni ko'radilar.

🌿O'simliklar o'sishi va rivojlanishi uchun 17 ta muhim ozuqa moddalarga muhtoj. Bular orasida, azot (N), fosfor (P), kaliy (K) kabi moddalar juda muhim hisoblanadi. Bu elementlar tuproqdan olinadi va har bir o'simlik turiga ko'ra ularning talabi farq qiladi.

👨‍🔬Nemis olimi Yustus fon Libig 19-asrda “Minimum qonuni”ni taklif qildi. Unda oʻsimlik uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalaridan biri yetishmasa, boshqa barcha muhim oziq moddalar koʻp boʻlsa ham oʻsimlik oʻsishiga taʼsir qilishi taʼkidlangan. Bu qonun tuproq tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi, chunki u fermerlarga o'simliklarning to'liq o'sishiga zarur bo'lgan ozuqa moddalarini ta'minlashga yordam beradi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘lar va uzumzorlardagi begona o‘tlarga qarshi kurashda raps yog‘i, kraxmal va suvdan foydalanishish mumkin

🇩🇪 Germaniya tadqiqotchilari begona o‘tlarni samarali yo‘qotadigan purkash uchun mulch materialini ishlab chiqdilar.

Ma’lumot uchun: mulchalash – bu tuproq yuzasini maxsus ozuqa moddalari bilan to‘yintirish jarayoni. Bu o‘z navbatida hosildorlikni oshirishda hamda tuproq va o‘simliklar ildizlarini himoya qilishda yordamchi vazifasini bajaradi.

💧 Yovvoyi va begona o‘tlarga qarshi effektiv kurashishdan tashqari, mulchalash materiali yer osti va sug‘orish suvlarini bug‘lanishdan himoya qilish kabi ijobiy ta'sirga ham ega. Bu, ayniqsa, suv tanqis bo‘lgan hududlarda foydali bo‘lishi mumkin.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–903-son, 02.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi.

🏢 Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o‘ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega.

📌 Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.

☑️ Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi.

➡️ Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o‘rni mahalliy budjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag‘laridan qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi.

⚠️ Tuproqni o‘rganish Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

🔖Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

#repost
🟦🟦🟦🟦Britaniya O'zbekistondan mosh sotib olishga tayyor

🗣O‘zbekiston elchixonasida "AGT Poortman" kompaniyasi bosh konsultanti Jeyms Xalford bilan mosh mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

⚙️ Uchrashuv davomida Jeyms Xalford O‘zbekiston agrar sohasida olib borilayotgan islohotlar – innovatsion texnologiyalarni jalb etish natijasida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni yanada rivojlanayotganini alohida qayd etdi.

🔝 Uning so‘zlariga ko‘ra, "AGT Poortman" kompaniyasi o‘tkazgan marketing tadqiqotlari natijasida O‘zbekistonda yetishtiriladigan dukkakli mahsulotning sifati Britaniya bozorida raqobatbardosh ekanligi aniqlangan.

🤝 Suhbat yakunida Jeyms Xalford O‘zbekistondan 10 ming tonna mosh eksportini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur masalani O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi bilan ishlab chiqishga kelishib olindi.

#repost #mosh #export #B_Britaniya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash

❄️ Yurtimizga sovuq havo oqimlari kirib kelishi va shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va betalafot o’tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar:

1. O‘rab qo‘yish: Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;

2. Ozuqa moddalari bilan sug‘orish: Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq;

3. Mulchalash: Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;

4. Shikastlangan shoxlarni kesib tashlash: Qor og‘irligi ostida ba'zi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;

5. Shamoldan himoya qilish: Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.

#repost #tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sabzavotlarni qisqa muddatli sovuqdan saqlashning eng samarali usullari

🥕Sabzavot ekinlari va ertagi muddatlarda ekilgan kartoshka nihollarini qisqa muddatli sovuqdan himoya qilishning eng yaxshi usuli bu egat ustiga yarim oy "duga" shaklida simbag‘az qadab, plyonka, mato yoki spanbond yopish hisoblanadi.

❗️Bunda,
- shaffof plyonka yoki spanbond yopishning iloji bo‘lmagan maydonlarda kechki suv qo‘yish tashkil etish;
- sholi qipig‘i yoki chirigan mahalliy o‘g‘it bilan mulchalash;
- isitilmaydigan ko‘chatxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbirlaridan biri dugalar o‘rnatish, ustini polietilen plyonkasi yoki spanbond bilan yopish, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish;
- mavjud zamonaviy turdagi va yengil konstruksiyali issiqxonalardagi yetishtirilayotgan sabzavot va limonlarni sovuq urishining oldini olish uchun isitish tizimlarining uzluksiz ishlatish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

#repost #tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yanvarda 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

📊Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

📈 Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga ko‘paygan.

✈️ Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
🇷🇺Rossiya - 27,2%;
🇵🇰Pokiston - 21,2%;
🇨🇳Xitoy - 13,4%;
🇰🇿Qozog‘iston - 9,2%.

2024-yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8% ini tashkil etgan.

#repost #export #statistika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌲 Tuproq aeratsiyasi

O‘simliklar ildiz tizimi atrofida kislorod va karbonat angidrid miqdori muntazam o‘zgarib turadi.

🔴 Anaerob sharoitda hujayralarning kislorod bilan taʼminlanishi yomonlashadi va karbonat angidrid miqdori oshadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ildiz tizimi aeratsiya yetarli bo‘lgan sharoitlarda meʼyorida faoliyat ko‘rsatadi.

🫥 Tuproq aeratsiyasi mikroorganizmlar soni va ular tomonidan ozuqa moddalarning parchalanishiga kuchli taʼsir ko‘rsatadi.

#repost #tuproq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’simliklar duch kelishi mumkin bo’lgan kasallik turlari. Ularga davo bormi?

🌱Oʻsimliklar kasalliklari — noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlardir. Bular organizm funksiyasining buzilishiga, fotosintez, nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati, oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.

🦠Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplariga ko’ra yuqumsiz yoki yuqumli bo’lishi mumkin.

🟢Yuqumsiz kasalliklar mineral oziqlanish tartibining buzilishi, makroelementlarazot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi, noqulay suv rejimi, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi.

🔴Yuqumli kasalliklarga aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar kiradi. Oʻsimliklarning kasallanishiga parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.

Ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlarni dorilash natijasida ushbu kasalliklardan o’simliklarni asrab qolish mumkin. Davolashda turli kimyoviy preparatlar, insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlardan foydalanilanish tavsiya etiladi.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oq dog‘lanish kasalligi: Qulupnayni bunday kasallikdan qanday omon saqlash mumkin?

🦠Ushbu kasallik asosan o‘simlik bargida mayda qizg‘ish jigar rangdagi dumaloq, ochiq chegarali, markazi oqish, chetlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir hoshiyali dog‘lar hosil qiladi. Kasallangan barglar sekin-asta quriydi va meva bandlari ham qurib qoladi.

✍️ Kasallikni takomillashmagan zamburug‘larning ba’zi turlari keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘ konidiyali va sklerosiyli, xaltachali bosqichlarida rivojlanadi. Bu kasallik shamol, suv tomchilari vositasida tarqalish xususiyatiga ega.

Kasallikning kuchli zarar yetkazishi uchun noqulay ekologik sharoit, yog‘ingarchilik va yuqori nisbiy namlik asosiy rol o‘ynaydi.

🍓Natijada, qulupnay hosildorligi keskin kamayib, mevaning sifati yomonlashadi. Kasallikka qarshi kurashish uchun kasallangan o‘simlik a’zolarini yig‘ishtirib olib, yoqib tashlash kerak. Bu tadbirlar erta bahorda, o‘simlik gullashidan oldin o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

🫥 Vegetatsiya davomida qulupnayzorlarga 1% li bodra suyuqligi bilan 3 marta ishlov berish kerak. Ko‘chatlarni ekishda ko‘chat oralig‘iga alohida e’tibor berish kerak. Kasallikka chidamli navlari ekish ham kasallik zararini kamayishiga olib keladi.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklarda kuzatiladigan bakterial rak va uni davolash yo‘llari

🦠Bakterial rak – asosan urug‘li va danakli meva daraxtlarini zararlaydi. Daraxtlarning gullari, novdalari va mevalari qorayib, yosh ko‘chatlar va novdalar qurib qoladi, yirik daraxtlarda hosildorlik 50% gacha kamayadi.

Kasallik bahorda to‘satdan novda uchlaridagi gul va yosh barglarning qorayib, so‘lib, qurib qolishi bilan boshlanadi.

📌Kasallangan gul va barglar uzoq muddat, baʼzan kuzgacha tushib ketmay, novdalarda osilib qoladi. Bakteriyalar bargdan o‘tkazuvchi tomirlar orqali novdalarga o‘tadi. Zararlangan novdalar o‘sishdan to‘xtaydi, qiyshayib qorayadi va quriydi.

Kasallikning inkubatsion davri 5-6 oydan bir yilgacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik yosh daraxtlarda tez rivojlanib, 1-3 yil ichida quritib qo‘yadi.

Qarshi kurash choralari:

– kuzda kasallangan mevalarni terib yo‘qotish;
– kuzda va bahorda kuchli zararlangan shox va novdalarni kesib yo‘qotish;
– hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kurashish;
– kesish paytida bog‘ asboblarini 0,5% li xloramin yoki 2% li formalin eritmasida tez-tez zararsizlantirib turish;
– kuzda barg to‘kilishidan so‘ng va bahorda kurtak yozishdan oldin 3% li, o‘sshi davrida esa (gullashdan 10-12 kun keyin) 1% li "Bordo" suyuqligini purkash.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Oqqanot zararkunandasiga qarshi tadbirlar

✍️ Oqqanotning zarari oqibatida paxta, sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari hosilining 30-40% dan ko‘proq qismi nobud bo‘ladi hamda mahsulotlar sifati pasayadi.

⚡️ Agrotexnik tadbirlar:
– Oqqanotning asosiy ko‘payish manbai bo‘lgan issiqxonalardan tarqalishini oldini olish;
– Yelimlangan sariq rangli maxsus qog‘ozlardan foydalanish;
– O‘simlikning  chidamliligini oshirishini ta'minlaydigan tadbirlar (organik va minerallar bilan oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish, sug‘orish va x.k.) tadbirlarini qo‘llash.

🦗🦗 Biologik usullar:
– Enkarziya entomofagini zararkunandaning soniga qarab 1:20, 1:30 nisbatlarda 10x10 m sxemada tarqatish.
– Oltinko‘z entomofagining 3-4 kunlik tuxumlaridan 1,0:1,20 nisbatlarida 10 kun oralatib 2 marta chiqariladi.

🌿 Kimyoviy usullar:
Zararkunandaning xavfi bolgan maydonlarda "Asetamiprid 20%" n.k. – 0,15 l/ga; "Imidoklaprid 20%" em.k. – 0,3-0,4 l/ga va boshqa ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

#repost
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#repost

Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

🌲Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

🚜Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir:
🟢 yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi,
🟢 maydalanadi,
🟢 qumoqlashtiriladi;
🟢 plug yordamida aralashtiriladi.

Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

🥬 Yer haydalishi qator afzallikka ega: yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi; kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi; tuproq eroziyasining oldi olinadi; begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi; yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi.

‼️ Yog‘ingarchilik vaqtida yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida yerni haydamagan ma'qul.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Organik o’g’itlarning yashirin xavflari: sog’lom hosil uchun zaruriy choralar

🧬Organik o’g’itlarni qo’llash, ularning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatiga qaramay, to’g’ri tayyorlanmasa yoki ishlatilmasa, ba’zi xavflarni keltirib chiqarishi mumkin.

💬Hayvonlarning go’ngi, oziq-ovqat chiqindilari, va shunga o’xshash organik qo’shimchalar kompostlash yoki sterilizatsiyadan o’tkazilmagan taqdirda, tuproqda zararli bakteriyalar, jumladan salmonella va ichak tayoqchasi kabi patogenlarning ko’payishiga sabab bo’lishi mumkin.

▶️Ayniqsa, bu kasalliklar sabzavot ekinlari orqali osonlik bilan tarqalishi mumkinligi bilan xavfli hisoblanadi. Bunday patogenlar insonga yuqqanda jiddiy sog’liq muammolariga olib keladi: oshqozon-ichak kasalliklari, suvsizlanish va hattoki uzoq muddatli asoratlarga olib kelishi mumkin.

🌲Shuning uchun ham organik o’g’itlarni qo’llashda xavfsizlikka rioya qilish, kompostlash jarayonini to’liq amalga oshirish va tuproqni davriy tekshirish orqali xavflarni kamaytirish muhimdir. Shu bilan birga, tuproqni muntazam ravishda to’g’ri parvarish qilish, ekinlarni ham himoya qilishda samarali chora hisoblanadi.

🔘O’g’it sifatida ishlatiladigan organik materiallar, agar to’liq kompostlangan yoki kerakli darajada sterilizatsiya qilingan bo’lsa, sog’lom va barqaror ekotizim yaratishga yordam beradi. Shu bilan birga, tuproqdagi foydali mikroorganizmlarning rivojlanishi va tuproq strukturasi yaxshilanadi.

📌Shu sababli, organik o’g’itlardan foydalanishda to’g’ri texnologiyalarga rioya qilish atrof-muhit va inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Qolaversa, to’g’ri yondashuv orqali ekin sifati va hosildorligi bo’yicha yuqori samaradorlikka erish imkoni oshadi.

#repost #agro_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pomidor mevalarining yorilish sabablari va oldini olish choralari

🍅 Meva yorilishining asosiy sababi sug‘orish rejimining buzilishidir. Pomidor suvga talabchan ekin bo‘lib, muntazam va o‘lchovli sug‘orishni talab qiladi. Sug‘orish tartibi o‘zgarishi yoki kutilmagan miqdorda suv berilishi mevaning ichki bosimini oshiradi va bu yorilishga olib keladi. Shuningdek, agar pishib qolgan mevalar vaqtida terib olinmasa, ular suvni ko‘p yutib, yorilish ehtimoli ortadi.

💧Suv harorati ham pomidor mevalariga ta’sir qiladi. Haddan tashqari issiq yoki sovuq suv quyilishi o‘simlik stressini oshiradi va bu ham yorilish xavfini kuchaytiradi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida sovuq suv ishlatishdan saqlanish lozim, bu o‘simlikka zarar yetkazishi mumkin. Umumiy sabablar natijasida pomidor mevalari dum qismida yoriqlar hosil bo‘ladi, bu esa mahsulot sifatiga ta’sir qiladi va uni tez buzilishiga olib keladi.

Oldini olish choralari va tavsiyalar

🍅Pomidorlarni har doim bir xil miqdorda va muntazam sug‘orish muhim. Sug‘orish rejimini meva o‘sishi bosqichlariga moslashtirish kerak, chunki pishish davrida suvga bo‘lgan talab oshadi. Shunday vaziyatda sifatli va tajribaga asoslangan uslublarni qo’llab, doimiy kuzatuvni amalga oshirish lozim bo’ladi.

🔘 Sug‘orish uchun ishlatiladigan suv tuproq harorati bilan mos bo‘lishi lozim. Saharda sug‘orish tavsiya etiladi, bu o‘simlikka qulay sharoit yaratadi va stressni kamaytiradi. Pishgan mevalarni imkon qadar tez yig‘ib olish lozim. Bu nafaqat yorilishdan saqlaydi, balki hosilning sifatini saqlashga yordam beradi.

😖Kaltsiy va kaliy kabi mineral moddalarning etarli darajada berilishi pomidor qobig‘ining mustahkamligini oshiradi va yorilish xavfini kamaytiradi. Ushbu tavsiyalar pomidor mevalarining yorilishining oldini olishga va hosilning sifati va saqlanish muddatini yaxshilashga yordam beradi.

#repost

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM