O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.4K subscribers
6.52K photos
2.51K videos
9 files
5.6K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
#Yangilik #ilmiy_tadqiqot

O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Ombor zarakunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasiga qarashli tajriba maydonida may oyida ekilgan loviya va mosh hosili pishib yetildi.

🌱 Mahsulotlar laboratoriya sharoitida o'rganish maqsadida yig'ib olindi.

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Ilmiy_tadqiqot #karantin_zararkunandalari

🔬O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasida tajriba maydonidan yig'ib olingan loviya ekini hosili o'rganildi.

🔎 Kuzatuvlarda har bir dukkakda 2-10 dona zararkunanda aniqlandi. Ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan dukkakli ekinlarda (mosh, loviya, no’xat) uchraydigan ushbu zararli organizmlarning bioekologiyasi va ularga qarshi ilmiy asoslangan kurash choralari bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.

🐛Tuxum va lichinkalarga qarshi entomofag va boshqa turdagi preperatlar qo’llanilib, ularning samarasi aniqlanadi.

🔎 Keyingi bosqichda zararli organizmlarning g’umbak va imagosiga qarshi kurash choralari ham o’rganiladi.

Maqsad – zararli organizmlarga qarshi samarali, ekologik xavfsiz, zamonaviy kurash choralarini ilmiy asoslagan holda belgilash. Bu esa ekin maydoni egalariga pestitsidlardan xoli foydali mahsulot yetishtirishda asqotadi.

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Yangilik #ilmiy_tadqiqot

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali direktori J.Homidov, ilmiy xodimlar Sh.Abdulazizov, M.Abduraxmonov hamda Andijon agrotexnologiyalar instituti dotsenti M.Raximovlar bilan hamkorlikda manzarali daraxtlarga zarar yetkazuvchi zararli organizmilarni o'rganish maqsadida ko‘chat yetishtiruvchi issiqxona hamda ochiq maydonlardagi manzarali daraxtlarda kuzatuv ishlari olib borildi.

☑️ Kuzatuvlar natijasida aniqlangan shira, unsimon qurt, qalqondor, kasalliklardan un shudring va boshqalarga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

☑️ Andijon agrotexnologiyalar institutining O‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi magistr talabalariga ochiq dala sharoitida seminar tashkil etilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_tadqiqot #kolleksiya

🪲 Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida hasharotlarning mavjud kolleksiyalarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik #ilmiy_tadqiqot

0️⃣0️⃣0️⃣ O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalarining ilmiy ishlanmalari ko'rgazmasi tashkil etildi.

🔬Ko'rgazmada Institut olimlari, laboratoriya xodimlari tomonidan talabalar va tashrif buyuruvchilarga ilmiy ishlanmalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #ilmiy_tadqiqot

✔️ O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Qozog‘iston Respublikasi Jazken Jiyembayeva nomidagi Qozog‘iston O‘simliklar himoyasi va karantini ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining chegara oldi hududlarida joylashgan omborxonalarni fitosanitar nazoratdan o‘tkazish va karantin obyektlaridan zararsizlantirish usullari bo‘yicha tajriba va ma’lumot almashish tadbirlarini bajarish maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi "STHEP INSHEPNS" MCHJ omborxonasida saqlanayotgan bug‘doy fitosanitar nazoratdan o‘tkazildi.

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik #ilmiy_tadqiqot #foydali_nematoda

O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan foydali nematodalarni qo'llashga oid tavsiyalar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik #ilmiy_tadqiqot #foydali_nematoda

🟢 Foydali entomopatogen nematodalarning samarasi O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan laboratoriya sharoitida bir necha yil davomida tekshirildi. Tadqiqotlar ijobiy natija berganidan so'ng respublikamizning turli hududlaridagi ekin maydonlari, bog'lar, dalalarda qo'llanildi.

📈 2023-yil natijalariga ko'ra eng faollarni aniqlash rejalashtirilgan. Bunda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha peshqadamlar saralanadi:

✔️ "Eng tashabbuskor fermer"

✔️ "Eng faol inspektor"

✔️ "Eng yaxshi biolaboratoriya xodimi"

✔️ "Eng faol biolaboratoriya"

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik #xalqaro_hamkorlik #ilmiy_tadqiqot

🟢 O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari 14-15-dekabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Jazken Jyembaev nomidagi o'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etilgan "Fitosanitar xavfsizlik: tahdidlar, muammolar va yechimlari" xalqaro konferensiya hamda ushbu Institutning 65-yillik yubiley tadbirida ishtirok etishmoqda.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#karantin_yangilik
#ilmiy_tadqiqot

📢 O'simliklarning 200 turdagi zararli hasharotlariga qarshi qo'llash mumkin bo'lgan mikroorganizmlarni ko'paytirishning yangi texnologiyasi yaratildi

✔️ Ma'lumki, bugungi kunda butun dunyoda o'simliklarni himoya qilishda ekologik xavfsiz vositalarni keng joriy etishga e'tibor qaratilyapti. Ana shunday xavfsiz va samarali biologik vositalardan biri foydali nematodalar.

❗️Mazkur turdagi mikroorganizmlarni
100 turkumga kiruvchi 200 turdagi o'simliklarning zararli hasharotlariga qarshi qo'llash mumkin.

🔬Ilmiy-tadqiqot institutimizning olimlari tomonidan olib borilgan so'nggi tadqiqotlar natijasida foydali nematodalarni onalik materialisiz tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi.

🧪 Oldingi usulda mikroorganizmlar laboratoriya sharoitida ko'paytirilib, suvli suspenziyada 20-40 ml dan onalik materiali tarqatilar edi. Bunda saqlash vaqti va muhiti chegaralangan bo'lib, ba'zan onalik materialidagi foydali nematodalar manzilga yetkazilguniga qadar nobud bo'lardi.

Yangi texnologiya bo'yicha foydali nematodalarning onalik materiallarini yil davomida saqlash va ko'paytirish mumkin.

Batafsil ma'lumot 20 - dekabr kuni O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib o'tadigan seminarda taqdim etiladi. Tadbir gibrid formatda o'tkazilib, onlayn ishtirok itish imkoniyati mavjud. Zoom havolasi taqdim etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
#Karantin_yangilik O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga Qozog'iston Respublikasi Jazken Jyembaev nomidagi o'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari hamda mutaxassislari tashrif buyurishdi. 🔹 Tashrif davomida…
🇺🇿 🇰🇿 Joriy yilning 27-fevral kuni O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutiga Qozog'iston Respublikasi Jazken Jyembaev nomidagi O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari hamda mutaxassislari tashrif buyurishdi.

📝 2023-yilning 15-may kuni O'zbekiston va Qozog'iston ilmiy-tadqiqot institutlari o’rtasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolangan bo'lib, mazkur bitimga asosan ikki davlat Institutlari o'rtasida 2024-yil uchun mo'ljallangan “Yo’l xaritasi” loyihasi ishlab chiqilib, Institut rahbarlari tomonidan imzolandi.

#Karantin_yangilik #ilmiy_tadqiqot #bitim #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇨🇳 O'simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari va O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Xitoy Xalq Respublikasining Sinjian O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutida bo'lishdi

🌾 Mutaxassislar "Sinjian bug'doy kasalliklariga qarshi uyg‘unlashgan kurash texnologiyasini O’zbekistonda joriy etish va qo’llash" loyihasi doirasida olib borilayotgan laboratoriya tadqiqotlari bilan tanishdilar.

#xalqaro_hamkorlik #xalqaro_tajriba #ilmiy_tadqiqot

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_tadqiqot

📢 O’zbekistonda nematodalarning Steinernema kraussei va Steinernema riobrave turlari qayd etildi!

🔰 O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Rixsiniso Karimova Farg’ona viloyatining tuproq namunalarida Steinernema kraussei va Steinernema riobrave turlarini aniqladi.

🐛 Mazkur turdagi nematodalarning biologik xususiyatlari shundaki:

1) Steinernema kraussei
: sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi va sovuq iqlim sharoitlarida ham faol bo'ladi;

2) Steinernema riobrave tropik va subtropik sharoitlarda keng tarqalgan bo’lib, bizni mintaqamizda ham mavjudligi nematodalarning fiziologik va ekologik xususiyatlarini yanada chuqurroq tadqiq qilish lozimligini bildiradi, mazkur tur dunyo bo’ylab ko'plab zararkunandalarga qarshi kurashda qo'llaniladi. Bundan tashqari, S. riobrave yuqori haroratli sharoitlarga chidamli bo'lib, ko'plab ekin maydonlarida samarali himoya chorasi hisoblanadi.

🔍Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, Farg’ona viloyatidagi tuproq namunalari orasida ham bu turlar keng tarqalgani o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashda katta imkoniyatlarga ega ekanini tasdiqladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM