O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.48K subscribers
6.68K photos
2.56K videos
9 files
5.69K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
#huquqiy_targibot

❗️Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko‘p undiriladi

✔️ Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

🕯 Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:

➡️ moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
➡️daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

🚫 Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.

📁 Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.

📣 Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (330 ming so‘m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

❗️Qonunchilikda tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹Konstitutsiya: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlar davlat mulki ijara to‘lovidan ozod etiladi BATAFSIL

🔹“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlar ishchilarining daromad solig‘i qaytarib beriladi BATAFSIL

🔹Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi BATAFSIL

🔹YATTlar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni yiliga BHMning bir baravarida to‘laydi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL

🔹Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi BATAFSIL

🔹Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig‘i 1 foiz etib belgilanadi BATAFSIL

🔹Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi BATAFSIL

🔹“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan BATAFSIL

🔹Mo‘ynoqdagi tadbirkorlar foyda solig‘ini 1 foiz to‘laydi BATAFSIL

🔹Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar bir qator soliqlardan ozod qilingan BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanish xarajatlarida imtiyoz beriladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlar sudlarda davlat bojidan ozod qilinadi BATAFSIL

🔹Orolbo‘yi mintaqasidagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi BATAFSIL

🔹Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarga kreditlari uchun kafillik beriladi BATAFSIL
#huquqiy_targibot

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining oʻsimlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

🌱 oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

🌱oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

🌱oʻsimliklarning tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshiradi;

🌱oʻsimlik dunyosida karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

🌱oʻsimlik dunyosida karantindagi zararli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshiradi;

🌱oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning samarali va ilgʻor usullari amalga oshirilishini oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatli organlar bilan birgalikda taʼminlaydi, ularning qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

🌱iqtisodiyot tarmoqlariga katta zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarning, oʻsimliklar kasalliklarining va begona oʻtlarning xorijiy mamlakatlardan kirib kelishidan Oʻzbekiston Respublikasi hududini muhofaza qiladi;

🌱kelib chiqishi oʻsimlikka mansub boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va oʻsimliklar karantinini joriy etadi;

🌱oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan fumigatsiya boʻlinmalarini tuzadi, tomorqa, fermer va dehqon xoʻjaliklariga, oʻrmon xoʻjaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishda xizmatlar koʻrsatadi;

🌱eksport qilinayotgan va xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarni va oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilarni karantin tekshiruvidan hamda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi.

🌱Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

💬 @uzdavkarantinuz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

❗️Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga olib kirish yoki oʻtkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming soʻmdan 6 mln 800 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

⚠️ Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning oʻq-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
#huquqiy_targibot

♻️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

➡️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🌳Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

🟢BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (51 mln soʻmdan 68 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
🟢 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🟢2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🟢1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🟢3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

📌 Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.

‼️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🔰 Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida

🟢 respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga qonunchilikda belgilangan tartibda kirish;

🟢oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari aniqlangan taqdirda, kimyolashtirish vositalari va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari mavjud boʻlgan yuklarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini taqiqlash;
biologik himoya vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibiga muvofiq hujjatlarni talab qilish;

🟢oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha ijro etilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

🟢kimyolashtirish vositalarini roʻyxatga olganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiqligini aniqlash maqsadida ulardan laboratoriya tekshiruvlari hamda tegishli ekspertiza uchun namunalar olish;

🟢zararli organizmlar rivojlanishi va tarqalishining oldini olish maqsadida fitosanitariya monitoringi hamda prognozini, shuningdek oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot #2024_yil_1_martdan

🖊 Qonunchilikka koʻra, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va moʻljal olish imkoniyati cheklangan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining “soatbay” asosda haftaning barcha kunlari xizmat koʻrsatishi uchun qonunchilikka muvofiq moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot #2024_yil_1_martdan

Qonunchilikka koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

📔 Qonunchilikka koʻra, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida tomorqa yer egalariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar berilishi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratilishi belgilangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

🔹 BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔹3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

🔻 Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

✔️ Agar davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

🔺 BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;

🔺360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

🔺3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻzlari import qilgan oʻsimlik yogʻlari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urugʻlarini qayta ishlashdan olingan oʻsimlik yogʻlarini belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat berilgan.

🔍 Shuningdek, kungaboqar va paxta yogʻi (TIF TN kodi 1512) hamda aralash yogʻlardan (TIF TN kodi 1517 90 910 0) tashqari boshqa oʻsimlik va meva urugʻlari yogʻlarini bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) boʻyicha cheklovlar bekor qilingan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

#2024_yil_1_maydan

✔️Qonunchilikka muvofiq:

🔹protez moslamalari va reabilitasiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar miqdorini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib o'rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi;

🔹nogironligi bo'lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitasiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida belgilanadi;

🔹nogironlik guruhiga ega bo'lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitasiya vositalariga muhtojligi to'g'risidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.
#huquqiy_targibot
#2024_yil_1_maydan

📢 Qonunchilikka muvofiq:

🔵Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;

🔵Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;

🔵daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallari qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi;

🔵daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallari qazib olishni taqiqlash va togʻli yoki togʻoldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlari tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, 2026-yil 1-yanvargacha tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan hajmda subsidiya berilishi belgilangan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🔔 Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni koʻknor yoki moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

🔺BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
🔺360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔺3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔺1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔺3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament rolini kuchaytirish belgilangan.

👫 Bunda, 2025-yildan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) biri sifatida ularning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaxshilashga qaratilgan faoliyati belgilanadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini hisobga olish asbobiga, shu jumladan uning plombasiga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asbobining koʻrsatkichini oʻzgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish oʻgʻrilik hisoblanadi.

➡️ Mazkur jinoyat uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🖊 Qonunchilikka koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam boʻlmagan yirik oʻlchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) koʻchatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish boʻyicha qoʻshimcha majburiyat yuklatiladi.

Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimni toʻlaganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

⚡️ Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima mavjud.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM