O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.4K subscribers
6.52K photos
2.51K videos
9 files
5.6K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
Chigit ekish muddatlarini bilasizmi?

🌲 Mamlakatimizning turli hududlarida iqlim turlicha ekanligini inobatga olgan holda tuproq haroratini inobatga olish muhim.

Chigit ekishga tuproqning 0-10 sm chuqurlikdagi oʻrtacha haroratini inobatga olib
✍️ tukli chigitlarni ekishda oʻrtacha harorat 12-14°S
✍️ tuksizlantirilgan chigit ekishda oʻrtacha harorat 14-16°S daraja boʻlgani maqsadga muvofiq.

🗓 Koʻp yillik maʼlumotlarga asoslangan holda chigit ekish mavsumi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
janubiy tumanlarida 10-25-aprel, shimoliy tumanlarda 15-30-aprel

Xorazm viloyatida 10-25-aprel

Toshkent va Fargʻona viloyatlarida 5-15-aprel

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 1-15-aprel

Namangan va Andijon viloyatlarida 1-15-aprel (plyonka ostiga 20-mart-1-aprel)

Samarqand viloyatida 5-20-aprel

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 1-15-aprel

Qashqadaryo viloyatining janubiy tumanlarida 25-martdan-15-aprelgacha, shimoliy tumanlarida 1-15-aprel

Surxondaryo viloyati janubiy tumanlarida 25-mart-10-aprel, shimoliy tumanlarida 1-15-aprel kunlariga toʻgʻri keladi.

🌱 Chigit ekishni birinchi navbatda tez yetilib qiziydigan yengil, oʻrtacha qumoq maydonlarda, keyin esa ogʻir tuproqlarda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Tuproq harorati past boʻlganda ekilgan chigitning bir qismi chirib ketadi va nihollar siyrak oʻsib chiqadi, buni ham inobatga olish zarur.

✔️ Chigit mexanik tarkibi ogʻir, sekin qiziydigan tuproqlarda 3-4 sm, boshqa barcha tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.

👍 Chigit ekishda uning meʼyoriga alohida ahamiyat berish darkor. Tukli chigit gektariga 45-55 kg ekilsa, tuksiz chigitlar 25-30 kg miqdorda ekiladi. Chigit qoʻshqator usulida ekilganda yakka qatorlarga nisbatan 20-25 kg koʻproq urugʻlik sarflanadi. Shu meʼyorlarda ekilgan chigitlar dalada maqbul koʻchat qalinligi hosil qilishni taʼminlaydi.

👉 Paxta va gʻalla haqida koʻproq maʼlumotlarni ferer xoʻjaliklari vakillari uchun Agentlikning maxsus tashkil etilgan “Paxta va gʻalla tavsiya” telegram guruhidan bilib olishingiz, o'zingizni qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javob olishingiz mumkin!

#tavsiya #chigit #ekish_mavsumi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumanida chigit ekish boʻyicha seminar oʻtkazildi

📍 Beruniy tumanidagi “Reimbay Yuldashev” fermer xoʻjaligida joriy yilning hosili uchun chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

👫 Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, respublikaning janubiy tumanlari hokimlari, sohaga masʼul tashkilotlar, paxta klasterlari korxonalarining rahbarlari, tegishli vakillar qatnashdi.

💬 Seminarda asosiy eʼtibor kelgusida barakalari hosil olish uchun bugun amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga qaratildi. Shigit ekishni belgilangan muddatlarda optimal usulda olib borish lozimligi taʻkidlandi. Shu bilan birgalikda chigit ekishda dehqon va fermerlar ahamiyat berishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar boʻyicha tavsiyalar berildi.

🌲 Ta'kidlash lozim, Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlarida chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.

#chigit #ekish_mavsumi #seminar #agrotexnik_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM