O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.6K subscribers
7.05K photos
2.66K videos
9 files
5.92K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
#Karantin_yangilik #Karantin_xamkorlik #ITEC

📍 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari Hindiston hukumati Tashqi ishlar vazirligining “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” (ITEC) doirasida 18-31-yanvar kunlari Hindiston Respublikasining o‘quv-seminarlarida qatnashmoqdalar.

O‘quv-seminarlarida ishtirok etayotgan 32 nafar mutaxassis zararkunandalar diagnostikasi, ularning xavfini tahlil qilish, zararkunandalar nazorati borasida Hindiston o‘simliklar salomatligini boshqarish milliy institutining (NIPHM) ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturi asosida tajriba almashadilar.

🤝 Ta'kidlash lozim, malaka oshirish kurslari Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan olib borilgan muzokaralari natijasida tashkil etildi.

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Live #Karantin_hamkorlik #ITEC

8️⃣ O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 32 nafar mutaxassisi 🇮🇳 Hindistonning Haydarobod shahrida “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” (ITEC) doirasida tashkil etilgan o‘quv-seminarlarida qatnashmoqda.

📝 Mutaxassislar o‘quv-seminarlari davomida zararkunandalar diagnostikasi, ularning xavfini tahlil qilish, zararkunandalar nazoratini olib borishda Hindiston o‘simliklar salomatligini boshqarish milliy institutining (NIPHM) ixtisoslashtirilgan oʻquv dasturi asosida tajriba almashadilar.

O'quv dasturi yakuniga ko'ra malaka oshirgan mutaxassislarga sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshiriladi.

📱 karantin.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyat boshqarmalari, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislaridan iborat guruh malaka oshirish maqsadida Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib turibdi.

🇮🇳 Ayni vaqtda Hindistonning Oʻsimliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (National Institute of Plant Health Management – NIPHM) O’zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan tanishuv tadbiri bo’lib o’tmoqda

🔬 Ushbu malaka oshirish dasturi ilmiy-tadqiqot faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab oladi:

🕷 Zararkunandalar diagnostikasi – zamonaviy texnologiyalar yordamida qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini aniqlash va ularga qarshi kurashish.

🛡 Fitosanitar xavf tahlili – xavfli zararkunandalar tarqalishini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro strategiyalar.

🔎 Dala nazorati – dala sharoitida zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash usullarini qo‘llash va monitoring qilish.

🗣️ Haydaroboddagi bu o‘quv dasturi zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi bilimlar olish imkoniyatini yaratib, Hindiston tajribasini o‘rganish orqali mahalliy amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan samarali usullarni taqdim etadi.

💬 Ma'lumot uchun o‘quv-seminarlari Hindiston hukumati Tashqi ishlar vazirligining “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” (ITEC) doirasida tashkil etilgan.

📑 O'quv dasturi yakuniga ko'ra malaka oshirgan mutaxassislarga sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshiriladi.

#Karantin_xamkorlik #Hindiston #ITEC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berib borayotganimizdek, “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” doirasida Hindistonning Haydarobod shahrida o‘quv-seminarlarida ishtirok etayotgan 29 nafar Agentlik mutaxassislari zararkunandalar diagnostikasi va ularni xavfini tahlil qilish bo'yicha amaliy tajriba oshirmoqdalar.

#Karantin_yangilik #Karantin_xamkorlik #ITEC

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fumigatsiya jarayoni bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

🇮🇳 Hindistonning O‘simliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (NIPHM) o‘tkazilayotgan malaka oshirish dasturi doirasida, O‘zbekistonlik soha xodimlari fumigatsiya jarayoni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

🧪 Amaliy mashg‘ulotlar davomida, ilmiy xodimlar fumigatsiya uskunalarining ishlash tizimi, xavfsizlik choralariga rioya qilish va jarayonni qanday qilib samarali boshqarish kerakligi, mahsulotlarni zararkunandalardan to‘liq himoya qilish uchun fumigatsiya jarayonini amalga oshirish mexanizmini o‘rgandilar.

🌿 Fumigatsiya jarayonida xavfsizlik – bu jarayonning eng muhim qismi. Uskunalarni to‘g‘ri ishlatish va fumigatsiya moddalarini xavfsiz qo‘llash orqali nafaqat mahsulotlar, balki insonlar salomatligi ham himoyalanadi. Ilmiy xodimlar fumigatsiya paytida maxsus himoya niqoblaridan foydalanish, havo almashinuvini to‘g‘ri tashkil qilish va jarayonni nazorat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

🔴 Ushbu mashg‘ulot orqali fumigatsiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini saqlashdagi o‘rni, xavfsiz va samarali fumigatsiya usullarini tatbiq etish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi. Bu kelgusida mahsulotlarni eksport qilish va ichki bozorda sifatni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

#Karantin_yangilik #Karantin_hamkorlik #ITEC

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM