O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.62K subscribers
7.1K photos
2.68K videos
9 files
5.96K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴   #diqqat_yangilik   #mobil_ilova

🔰 Endi siz zarurat bo‘lganda birgina telefon orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining o‘zi yetarli.

📱 Mobil ilovada

zararli organizmlar, begona o‘tlar haqida batafsil ma’lumot;
ularga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar;
sinov va ro‘yxatdan o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlar;
eksport uchun ochilgan bozorlar;
hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
tuproqni agrokimyoviy tahlilini o‘tkazuvchi laboratoriyalar;
o‘simlik klinikalari;
qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali ma’lumotlar jamlangan.

📍 Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirishingiz va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirishingiz mumkin.

📱  "Agroko'makchi" ilovasini  📱 Play market va 
📱 App store platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_yangilik

2023-yilning noyabr oyida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “BMB-NRC Agrologistics”markazining ochilishi mamlakatimiz agrar sektorida eng katta voqeliklardan biri bo‘lgani shubhasiz.

📈 O‘zbekistonning eksporti ko‘rsatgichlariga nazar soladigan bo‘lsak, eksport geografiyasi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lamiz. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati qariyb $1,1 mlrd.ga teng bo‘lgan 1,6 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Jahon bozoriga chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 37,6% fitosanitar sertifikat asosida Rossiya Federatsiyasiga jo‘natilgan.

🌐 Raqamlardan ma’lum Rossiya O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun katta bozor. Shunday ekan to‘siqlarsiz eksport koridorlarini ochilishi alohida ahamiyatga ega va bu jarayonda karantin xizmatining roli muhim. Sababi zararli organizmlardan xoli meva-sabzavot muvaffaqiyatli eksport garovi.

✍️ Shu nuqtayi nazardan Butunrossiya o‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot instituti federal davlat budjet tashkiloti (FGBU “VNIIKR”)  bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 15-19-yanvar kunlari hamkorlikda o‘rganishlar olib borish rejalashtirilgan.

🛡 Olimlar dastlab sista hosil qiluvchi zararli organizmlarni aniqlash, laboratoriya sharoitida mazkur organizmlarni avtomat ravishda ajratuvchi uskuna bilan ishlash metodikasi, qarshi kurash choralarini belgilash borasida fikr almashdilar. Shuningdek, PSR usulida real vaqt rejimida bakterial va virusologik kasalliklarni aniqlash borasida Rossiya tajribasi o‘rganildi.

🌿 E’tibor markazida bo‘lgan masalalardan yana biri – Rossiyaga eksport qilinadigan mahsulotlarning fumigatsiya jarayonlari bo‘ldi. Bunda fumkameralarning joylashuvi, foydalaniladigan preparatlar ko‘rib chiqilib, qo‘shma dasturlar asosida inspektorlarning bilim va malakasini oshirish masalasi muhokama etildi.

🔬 Agrologistika markazida zamonaviy laboratoriya tahlillarini olib borish uchun zaruriy uskunalar ta’minoti bo‘yicha ham fikr almashildi. Hozircha O‘zbekistondagi eng yirik va yagona agrologistik kompleks hisoblangan mazkur obyektda eksportga chiqarilayotgan mahsulotlar 6 yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi. 40 gektar hududni o‘z ichiga olgan markazda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saralanadi, kalibrlanadi, qayta ishlanib, qadoqlanadi. Shuningdek, saqlash imkoniyati ham mavjud. Ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon standartlari asosida yetkazilishiga imkoniyat yaratilgan.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining (FGBU “VNIIKR”) Butunrossiya o‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan. Unga asosan ikki tashkilot o‘rtasida fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya ilmiy-tadqiqot doiralarining tajriba almashinuvini rivojlantirishni ham nazarda tutadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🟢Rossiyalik mutaxassislar Jizzax viloyatidagi eng yirik agrologistika markazida bo’lishdi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitterx
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

🍀 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda karam mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
#repost

Begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar

🌱Begona o‘tlar g‘allaga berilgan mineral ozuqaning 65-70 foizi va suvning 55-60 foizini o‘zlashtirishi hisobiga g‘alla hosildorligi bilan birga don sifatini keskin pasayib ketishiga olib keladi. Begona o‘tlarga qarshi g‘allaning tuplash fazasida gerbitsidlarni to‘g‘ri qo‘llash yuqori hosil garovi hisoblanadi.

🌡Shuning uchun, gerbitsidlarni havo harorati +15 +20 C bo‘lganda, tuproq namligi esa 50-60 foizni tashkil qilganda qo‘llash eng qulay davr hisoblanadi.

– bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi gektariga gerbitsidlar “Vinstar” 75% s.d.g. 15-20 gr, “Tayfun” 75% q.o.sus 20 gr, “Granstar Pro” 75% q.o.sus. 15-20 gr, “Entostar” 75% s.d.g. 15-20 gr;

bir yillik boshoqli begona o‘tlarga qarshi “Atlantis” 3,6% s.d.g. 0,25-0,3 kg, “Gramin” 8% em.k 0,3-0,4 kg, “Klodi Star” 24% n.kuk 0,15 kg, “Starlantis” 3,6% s.e.g. 0,3 kg;

– ko‘p yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi “Entostar plyus” 75% s.e.g 30 g, “Azanstar plyus” 75% s.d.g. 30 gr me’yorida kuzgi bug‘doyning tuplash davrida purkalganda yuqori samaradorlikka erishiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilishidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM