🟦🟦🟦🟦 —
Britaniya O'zbekistondan mosh sotib olishga tayyor🗣O‘zbekiston elchixonasida
"AGT Poortman" kompaniyasi bosh konsultanti Jeyms Xalford bilan mosh mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo‘yicha
muzokaralar o‘tkazildi.
⚙️ Uchrashuv davomida Jeyms Xalford O‘zbekiston agrar sohasida olib borilayotgan islohotlar –
innovatsion texnologiyalarni jalb etish natijasida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni yanada rivojlanayotganini alohida qayd etdi.
🔝 Uning so‘zlariga ko‘ra,
"AGT Poortman" kompaniyasi o‘tkazgan marketing tadqiqotlari natijasida O‘zbekistonda yetishtiriladigan dukkakli mahsulotning sifati
Britaniya bozorida
raqobatbardosh ekanligi aniqlangan.
🤝 Suhbat yakunida Jeyms Xalford O‘zbekistondan
10 ming tonna mosh eksportini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur masalani O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi bilan ishlab chiqishga kelishib olindi.
#repost #mosh #export #B_Britaniya