O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.55K subscribers
6.88K photos
2.62K videos
9 files
5.83K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра промышленности и торговли Российской Федерации Дениса Мантурова.

Рассмотрены вопросы дальнейшего расширения узбекско-российского практического сотрудничества в контексте реализации договоренностей на высшем уровне.
Особое внимание уделено осуществлению совместных проектов
в области машиностроения, металлургии, сельском хозяйстве, лёгкой промышленности, химической и фармацевтической отраслях.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik
8️⃣ Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatida “Zararli chigirtkalar” bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda. Unda Agentlik direktori o‘rinbosari Bobir Xamrayev ham ishtirok etmoqda.

✍️ Ma’lumot uchun, mazkur trening BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalishi xafsizligi tashkiloti ko‘magida amalga oshirilib, zararli chigirtka keng tarqalgan MDH davlatlarida xavfli hasharotga qarshi samarali kurash choralarini ommalashtirishga qaratilgan.

🦗 Qayd etish lozim, xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston hududida ham zararli chigirtkaga qarshi mikrobiologik sinovlar amalga oshirilgan edi. Jizzax viloyatining Forish tumanida o‘tkazilgan bir necha oylik tadqiqotlar mikrobiologik preparatlarning samarali ekanligini ko‘rsatdi. Trening doirasida mazkur tajriba xususida ham ma’lumot berildi.

💬 Trening 3 kun davom etib, tomonlar zararli chigirtkaga qarshi kurash choralarini muhokama qilishadi. Shuningdek, xavfli hasharot mamlakatdan mamlakatga o‘tishini oldini olish maqsadida axborot almashinuvining ahamiyati va usullari ko‘rib chiqiladi.

#live #chigirtka #Rossiya #trening #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Eksportchilar uyushmasi vakillaridan iborat ishchi guruh Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.

🖋 Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovar almashinuvi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini hajmini oshirish, mavjud muammolarni hal qilish va ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida qulay ishbilarmonlik sharoitini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

🗺 Dastlabki manzil – Novosibirsk viloyatidagi Osiyo-Sibir ulgurji-saralash markazi. Bu yerda Markaziy Osiyo, hususan O‘zbekiston Respublikasidan eksport bo‘ladigan mahsulotlar kelib tushadi. 127 gektar maydonda muzlatgich, vaqtinchalik saqlash omborlari mavjud.

✔️ Yangiliklardan biri – o‘zbek milliy oshxonasining shox taomi – konservalangan osh Federatsiya bozorlariga chiqarilmoqda. Shuningdek, do‘lma va qiymali karam ham tayyorlanib, Rossiya talablariga rioya etilgan holda rastalarga yetkazilyapti.

#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥

🍅 Nima sababdan o‘zbek mahsulotlariga Rossiya bozorlarida talab yuqori?

📍 Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrif doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev hududdagi eng yirik ulgurji markazi — Xilok bozorida bo‘lib, mazkur bozordagi sharoit bilan tanishdi, mahsulotlarning rasmiylashtirilishida yo‘lga qo‘yilayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘rgandi.

‼️ Shuningdek, tashkilot rahbari meva-sabzavotlarning realizatsiyasiga to’siq bo’layotgan masalalarni o’rgandi, Xilok bozori hududida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning fikr- mulohazalari va takliflari bilan qiziqdi, mavjud muammolar yechimi yuzasidan fikr almashildi.

#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Tashrif doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari “Torgoviy sentr Xelokskiy” MCHJ direktori bilan uchrashdi.

✍️ Ma'lum bo'lishicha, Novosibirsk shahrida joylashgan Xelok bozori 30 yil oldin barpo etilgan bo‘lib, aynan shu yerga Markaziy Osiyoda yetishtirilgan asosiy turdagi meva-sabzavotlar yetkazilgan.

📍 Asfalt bilan qoplangan katta maydonda mahsulotlar furalarda olib kelinadi va ulgurji shaklida sotiladi. Bozor hududiga kichik omborlar bo‘lib, mahsulotlarni saqlash uchun sharoit mavjud. Furalar perimetr bo‘ylab joylashtiriladi va savdo “g‘ildiraklarda” amalga oshiriladi. Meva-sabzavot, quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar va bir necha turdagi yong‘oqlar yirik savdo tarmoqlari va kichik savdo do‘konlari tomonidan ulgurji xarid qilinadi.

🚛 Bozor hududiga asosan O‘zbekistan, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkiya, Eronda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kelinadi.

Uchrashuv doirasida hamyurtlarimizning qulayligi uchun infratuzilmani yaxshilash masalasi muhokama etildi. Bu borada tomonlar hamkorlikda ikki mamlakatning manfaati uchun xizmat qiladigan loyihani amalga oshirishga kelishib olishdi, bozor ma’muriyati yuk mashinalarni qabul qilish uchun qo‘shimcha maydon ochilishi, zamonaviy omborxona va muzlatgichlar qurilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Shu kunning o‘zida O‘zbekistondan mahsulot olib keladigan yuk haydovchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotning maqsadi – eksport/import jarayonlarida haydovchilar duch kelayotgan muammolarning yechimiga ko‘maklashishdan iborat. Rossiya Federatsiyasiga tonnalab mahsulot olib keladigan fura haydovchilari mamlakatlararo chegara maskanlarida transport birligining belgilangan muddatdan ortiq ushlanib qolishi, meva-sabzavotlarning yuklanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar, elektron platforma orqali e-navbat tizimining ishga tushirilishi afzalliklari muhokama etildi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan eksport\import jarayonlarini raqamlashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, tizimni isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilishiga qaramasdan qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti hajmida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmagani aytib o‘tildi.

📝 Bundan asosiy muammolardan biri yuklangan mahsulotning barchasi hujjatda aks etmaydi, natijada haqiqiy eksport ko‘rsatgichlari yashirin bo‘lib qolmoqda. Shu sababli mahsulotni yuklashda e’tiborli bo‘lib, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo‘ymaslik asosiy talablardan ekanligi eslatib o‘tildi.

🔰 Bunda karantin inspektori ham jalb etilib, yuklanish jarayonlarida qonunbuzilish holatlari yuz bermasligiga ko‘maklashadi.

💬 Shuningdek, haydovchilarga yuk ortayotganda fitosanitar xavfsizlik choralariga rioya etish ahamiyati tushuntirib berildi. Xususan, yuqori fitosanitar xavf guruhiga kiruvchi mahsulotlarni (ko‘chat, piyozbosh, turli xonaki va manzalari gullar, urug‘ va hokazolar) zaruriy hujjatlarsiz yuklash noqonuniy bo‘lib, ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM