✅ Agentlikda EU Ask Facility vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 💬 Tomonlar fitosanitariya yo‘nalishiga qaratilgan loyiha bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama etishdi.
✍️ O‘zbekistonda kambag‘allikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samarali olib borilayotgani ta’kidlandi. Biroq pandemiya sabab oziq-ovqkat xavfsizligi masalasi e’tibordan chetda qolayotgani va bu borada zaruriy choralarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.
🛡 Loyiha rahbari Andrian Nil oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan xalqaro maydonda olib borilayotgan tadqiqotlar, tahlillar bilan o‘rtoqlashdi.
📌 Qayd etish lozim, mamlakatimizning 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Mazkur yo‘nalishdagi choralarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kulay agrar-iqlim va qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirish imkonini beradi. Qolaversa, eksport hajmi va nomenklaturasini oshirishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun masala dolzarb.
#xalqaro_hamkorlik #karantin #Ask_Facility🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter