Taekwondo WT🇺🇿
2.97K subscribers
6.37K photos
640 videos
69 files
2.22K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
Forwarded from OlympicUz
⚽️ Birinchi bor ikki nafar taekvondochimiz reyting orqali Olimpiadaga yo’l oldi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg’arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi. Quvonarlisi, O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Ulug’bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo’llanmalariga ega bo’lishdi.

Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz birinchi bor reyting orqali 2 ta yo’llanmaga ega bo’lishdi. Shuningdek, qizlarimiz ham ilk marotaba to’g’ridan to’g’ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni ushbu natija bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaydi.

👍 Впервые два узбекских таэквондиста попали на ОИ по рейтингу

Всемирная федерация таэквондо WT объявила об окончании периода накопления лицензионных рейтинговых очков на Олимпийские игры 2024 года в Париже и озвучила спортсменов, которые через него удостоились олимпийских путёвок. Стоит отметить, что лицензий Париж-2024 получили и представители сборной Узбекистана Улугбек Рашитов (-68 кг) и Светлана Осипова (+67 кг).

Путёвки по рейтингу впервые получили 2 наших соотечественника. Кроме того, первый раз в истории отечественного спорта узбекские таэквондистки напрямую попадают на главные старты четырёхлетия через накопление рейтинговых очков.

Национальный Олимпийский комитет Узбекистана поздравляет Ассоциацию таэквондо WT страны, спортсменов и тренеров с этим результатом, желает удачи в их дальнейшей карьере.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥈Jasurbek Jaysunov "Usi Katta dubulg'a" turniri vitse-chempioni!

🇨🇳Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida yilning so'nggi va hal qiluvchi turniri - "Usi Katta dubulg'a" musobaqasi o'z yakuniga yetdi.

Kun davomida erkaklar -58 kg, -80 kg vazn toifalarida, ayollar esa -57 hamda +67 kg vazn toifalarida bahs olib bordi.

Bugungi kun doirasida -80 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz - Jasurbek Jaysunov hamda Shuhrat Salayev dayanga ko'tarildi.

👏Ahamiyatlisi, Jasurbek Jaysunov turnirda finalga qadar yetib borib, vitse-chempionga aylandi. Hamyurtimiz chorak finalda Xalqaro neytral sportchi Maksim Xromsovni 2:1, yarim finalda esa eronlik Mirhashem Hosseynini 2:0 hisobida dog'da qoldirdi. Hal qiluvchi bahsda esa Jasurbek boshqa bir eronlik sportchi - Mehran Barhordariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Yana bir vakilimiz Shuhrat Salayev esa dastlab, nimchorak final bosqichida xitoylik Yang Chuyni 2:1 hisobida yengdi. Yarim final yo'lida esa hamyurtimiz Eron vakili Amir Muhammad Baxshiga mag'lub bo'ldi.

Bugungi natija orqali Jasurbek Jaysunov 600, Salayev esa 151 Katta dubulg'a ochkosini qo'lga kiritdi.

🔥Shunday qilib, terma jamoamiz "Usi Katta dubulg'a" turnirini kumush medal bilan yakunladi.

Barakalla, Jasurbek!🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🏆Bugun terma jamoamiz yilning so'nggi musobaqasida ishtirok etadi!

🇨🇳Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha terma jamoalar o'rtasidagi Jahon kubogi start oladi.

Jami 9 mamlakat terma jamoalari bahs olib boradigan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham g'oliblik uchun dayanga ko'tariladi.

Terma jamoamiz o'z ishtirokini chorak final bosqichidan boshlaydi. Hamyurtlarimizga dastlabki bellashuvda 🇲🇦Marokash terma jamoasi raqiblik qiladi.

⚡️Ayni damda musobaqadan o’rin olgan bellashuvlar start olgan. Janglarni You Tube'dagi World Taekwondo kanali orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Terma jamoalar o'rtasidagi Jahon kubogidan yangiliklar:

🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi chorak finalda Marokash to’sig’idan muvaffaqiyatli o’tdi.

⚡️Hamyurtlarimizning Koreya vakillari bo’lmish “Daejeon Metropolitan City” klubiga qarshi yarim final bahsi start olmoqda.

📹Jonli efir:

https://www.youtube.com/live/x3QbxEh2V9M?si=Yu89WBLbESYRBDxH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏G'alabaaa!

🏆Terma jamoalar o'rtasida davom etayotgan Jahon kubogining yarim final bosqichi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasining "Daejeon Metropolitan City" klubiga qarshi dayanga chiqdi va 3 ta bo'lim yakuniga ko'ra 48:32 hisobida zafar quchdi.

🔥Vakillarimiz bu g'alaba orqali nufuzli musobaqaning final bellashuviga yo'l oldi!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Musobaqada ikkinchi yarim final bahsi boshlanmoqda

Unda 🇧🇷Braziliya terma jamoasi mezbon 🇨🇳Xitoyga qarshi bellashadi. Ushbu bellashuv g’olibi finalda 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasiga qarshi dayanga chiqadi.

📹Jonli efir:

https://www.youtube.com/live/x3QbxEh2V9M?si=R7JM-2VofgzPpVTL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Terma jamoamiz finalda Xitoyga qarshi bahs olib boradi!

Chin yurti vakillari yarim final bosqichida Braziliyani 88:43 hisobida dog’da qoldirdi.

Ma’lumot o’rnida, 🇺🇿O’zbekiston - 🇨🇳Xitoy final bahsi Toshkent vaqti bilan 11:00 dan so’ng boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Terma jamoamizning 🇨🇳Xitoyga qarshi final bahsi start olmoqda!

📹Jonli efir:

https://www.youtube.com/live/x3QbxEh2V9M?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥈O’zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy dasturda Jahon kubogi vitse chempioniga aylandi!

Jasurbek Jaysunov, Shuhrat Salayev, Najmiddin Qosimxojiev va Feruza Sodiqova hamda Ozoda Sobirjonovadan iborat O’zbekiston taekvondo milliy terma jamoasi aralash jamoaviy dasturda o’tkazilgan Jahon kubogining final bellashuvida mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi dayanga chiqdi. Qizg’in o’tgan bahs, afsuski, 30:36 hisobida chin yurti vakillarining g’alabasi bilan yakunlandi.

Chorak finalda Marokash, yarim finalda esa Koreyaning “Daejeon Metropolitan City” klubini mag’lub etgan sportchilarimiz musobaqaning kumush medallariga ega chiqdi.

Musobaqadagi ajoyib ishtiroki uchun taekvondochilarimiz va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiramiz🤝🏻

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿👍Xushxabar! Taekvondochilarimiz Parij-2024 Olimpiadasining aralash jamoaviy dasturida ko‘rgazmali chiqishda ham qatnashishadi

Taekvondo WT bo‘yicha aralash jamoaviy yo‘nalishi yirik kompleks musobaqalar dasturiga kiritilmoqda. Ushbu yo‘nalish Parij-2024 ga ko‘rgazmali dastur sifatida kiritilgan bo‘lsa, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan boshlab medallar jamlanmasi o‘ynalishi kutilmoqda.

Bugun Xitoyda yakuniga yetgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasining qo‘lga kiritgan kumush medali katta ahamiyatga ega. Boisi, terma jamoa tarkibida Ulug‘bek Rashitov, Svetlana Osipova kabi yetakchilar ishtirok etishmagan bo‘lsa ham, bellashuvlar davomida ushbu sport vatani bo‘lmish Janubiy Koreya jamoasi mag‘lub etildi. Jangovar tarkibda qatnashgan Xitoy bilan tengma teng raqobat olib borildi.

Jahon kubogidagi natija sportchilarimizga Parij-2024 Olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali dasturda qatnashish imkoniyatini taqdim qildi. Unda faqatgina Fransiya, O‘zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasida bahs kechadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎂 Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov 55 yoshda!

Oʻzbekiston taekvondo assosiatsiyasi Yoshlar siyosati va sport vaziri, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Adham Ikramovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusidagi ishlarida ham rivoj tilab qoladi.

🎂 Поздравляем Министра молодёжной политики и спорта Адхама Икрамова!

Ассоциации таэквондо WT Узбекистана поздравляет Министра молодёжной политики и спорта, обладателя орденов "Фидокорона хизматлари учун" и "Мехнат шухрати" Адхама Икрамова с Днём рождения, желает ему крепкого здоровья, благополучия, удачи и успехов во всех начинаниях!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🔥Gulistonda kattalar o'rtasida navbatdagi O'zbekiston chempionati start oladi!

🥋21-24 dekabr kunlari Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT'ning pumse va kyorugi yo'nalishlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari o'tkaziladi.

⚡️Musobaqada erkaklar ham 8 ta (-54, -58, -63, -68, -74, -80, -87, +87) vazn toifasida, ayollar ham 8 ta vazn toifasida (-46, -49, -53, -57, -62, -67, -73, +73) bahs olib boradi.

🏆O'zbekiston birinchiligida 22-dekabr kuni pumse bellashuvlari o'tkazilsa, 23-24 dekabr kunlari kyorugi yo'nalishidaji janglar tashkillashtiriladi.

Barcha taekvondo ixlosmandlarini Guliston shahrida kutamiz!😎

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi, ilk kungi g'olib va sovrindorlar bilan tanishing

Xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.

Bugun mamlakat birinchiligida kyorugi yo'nalishidagi bellashuvlar start oldi. Kun davomida erkaklar -58, -63, -68, ayollar esa -46, -49, -57, -73 va +73 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Bugungi kun davomida O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar bilan tanishing (erkaklar):

-58 kg:

🥇Omonjon Otajonov (MTJ)
🥈Shamsiddin Qurbonov (O'zDJTSU)
🥉Shuhratbek Odilbekov (NUU)
🥉Azizbek Arziyev (Andijon).

-63 kg:

🥇Amirbek To'rayev (MTJ)
🥈Nazarali Naxarov (MTJ)
🥉Behruzbek Isayev (MTJ)
🥉Javohir Xolmurodov (MTJ).

-68 kg:

🥇Diyorbek To'xliboyev (MTJ)
🥈Sardor Obidjonov (MTJ)
🥉Rahmatulloh Ravshanov (Andijon)
🥉Islom Rajabov (MTJ).

Ayollar:

-46 kg:

🥇Dilnoza Tangirova (MTJ)
🥈Zebiniso Xoshimjonova (Andijon)
🥉Samira Adashaliyeva (Toshkent)
🥉Zuhraxon Tojimatova (MTJ).

-49 kg:

🥇Zarnigor Xusniddinova (MTJ)
🥈Durdona Abdug'aniyeva (O'zDJTSU)
🥉Damira Qodirqulova (Toshkent)
🥉Diyora Imomaliyeva (MTJ).

-57 kg:

🥇Madina Mirabzalova (MTJ)
🥈Laylo Zayniddinova (MTJ)
🥉Dinoraxon Mamadibragimova (MTJ)
🥉Marjona Yo'ldosheva (MTJ).

-73 kg:

🥇Gulsanam Alijonova (MTJ)
🥈Saodatbegim Aliyeva (MTJ)
🥉Umidaxon Mansurbekova (O'zDJTSU)
🥉Gulorom Azmetova (MTJ).

+73 kg:

🥇Iroda Mirtojiyeva (MTJ)
🥈Omina Ikromova (MTJ)
🥉Rayhona Yunusova (MTJ)
🥉Sevinch O'rozalieva (O'zDJTSU).

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM