Taekwondo WT🇺🇿
2.94K subscribers
6.49K photos
654 videos
69 files
2.27K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
Shuhrat Salayevning jangi boshlanmoqda!

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/fFchSTgeR5U?si=NAvYfZXsmYkTArfG
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

-80 kg vazn toifasida terma jamoamiz a’zosi Shuhrat Salayev musobaqada nimchorak final jangini o’tkazdi. Quvonarlisi, Tunis vakili Firas Katusiga qarshi kechgan bahs 2:1 hisobida hamyurtimiz foydasiga yakunlandi.

Ushbu g’alaba orqali Shuhrat chorak finalga yo’l oldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

Shuhrat Salayevning chorak finaldagi raqibi Tokio 2020 Olimpiadasi finalchisi, iordaniyalik Solih Elsharabati bo’ladi.

Yarim final yo’lidagi ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 dan so’ng boshlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

-80 kg vazn toifasida terma jamoamiz a’zosi Shuhrat Salayev chorak final doirasida dayanga ko'tarildi. Tokio 2020 Olimpiadasi finalchisi, iordaniyalik tajribali Solih Elsharabatiga qarshi kechgan dramatik bahsda Salayev, afsuski, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Keyingi musobaqalarda omad, Shuhrat🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧🥋Bugun Manchester Final Gran-prisi yakunlanadi

🔥Musobaqaning ikkinchi, so'nggi kuni doirasida uch nafar sportchimiz — Nikita Rafalovich, Feruza Sodiqova hamda Svetlana Osipova dayanga ko'tariladi.

🇺🇿Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:

-67 kg: nimchorak final. 🇺🇿Feruza Sodiqova - 🇨🇮Rut Gbagbi (Kot-d’Ivuar) (Bahs 15:25 dan so'ng boshlanadi)
+67 kg: nimchorak final. 🇺🇿Svetlana Osipova - 🇰🇿Kansel Deniz (Qozog'iston) (Bahs 15:35 dan so'ng boshlanadi)
+80 kg: nimchorak final. 🇺🇿Nikita Rafalovich - 🇪🇸Ivan Garsiya Martinez (Ispaniya) (Bahs 16:00 dan so'ng boshlanadi)

⚡️Janglar vaqti taxminan hisoblangan.

📹Musobaqani YouTube platformasidagi World Taekwondo kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:

1-kort: https://www.youtube.com/watch?v=6_wuaTbSyFY

2-kort: https://www.youtube.com/watch?v=nUHro-v9nOc

3-kort: https://www.youtube.com/watch?v=acvf6jmFkRM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹Feruza Sodiqovaning jangi boshlanmoqda!

Jonli efir: https://www.youtube.com/watch?v=6_wuaTbSyFY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹Svetlana Osipovaning jangi boshlanmoqda!

Jonli efir: https://www.youtube.com/watch?v=acvf6jmFkRM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

+67 kg vazn toifasida terma jamoamiz a'zosi Svetlana Osipova keyingi bosqich masalasini qiyinchiliksiz hal etdi. Nimchorak final doirasida qozog'istonlik Kansel Denizga qarshi kechgan bahsda Svetlana 2:0 (12:1, 16:4) hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

Bu g'alaba orqali Svetlana musobaqaning chorak final bosqichiga yo'l oldi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

-67 kg vazn toifasida terma jamoamiz a'zosi Feruza Sodiqova nimchorak final jangini o'tkazdi. Kot-d'Ivuar vakilasi Rut Gbagbiga qarshi kechgan jangda hamyurtimiz, afsuski, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Keyingi musobaqalarda omad, Feruza🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

Svetlana Osipovaning chorak finaldagi raqibi Tokio 2020 Olimpiadasi finalchisi, Koreya Respublikasi vakilasi Li Dabin bo’ladi.

Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:45 dan so’ng boshlanadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹Nikita Rafalovichning jangi boshlanmoqda!

Jonli efir: https://www.youtube.com/watch?v=nUHro-v9nOc
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisidan yangiliklar:

+80 kg vazn toifasida terma jamoamiz a'zosi Nikita Rafalovich musobaqada nimchorak final jangini o'tkazdi. Ispaniyalik Ivan Garsiya Martinezga qarshi kechgan bahsda Nikita, afsuski, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Keyingi musobaqalarda omad, Nikita🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳Pavel Xanni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, assosiatsiyamiz raisi o’rinbosari Pavel Xan o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Xan Pavel Afanasyevich 1984-yil Toshkentda tavallud topgan. Bir necha yildan beri murabbiylik faoliyatida samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning zamonaviy metodikalar asosida beradigan ta’limidan xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan koʻplab tayekvondochilarimiz yetishib chiqmoqda. Jumladan, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari chempioni Ulugʻbek Rashitov aynan ushbu mutaxassis qoʻl ostida shugʻullanadi. Koʻrsatgan xizmatlari evaziga oʻtgan yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Pavel Xanni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolamiz.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan (Olympic Version London 2012)
🇺🇿10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Madhiyamiz yangrashi bilan beixtiyor boshingiz yuqoriga ko‘tariladi. Tanish va qadrdon so‘zlar birdan yodingizga tushganidan qaddingizni g‘oz tutib, qo‘shiqqa jo‘r bo‘lganingizni sezmay qolasiz. Vujudingizda uyg‘ongan hayajondan yuragingiz to‘lqinlanib ketadi.

O‘lkamiz serquyoshligining ta’kidi bilan boshlangan qo‘shiq mutlaq haqiqat ekanini o‘ylaysiz. Quyosh hammaga teng nur sochgani kabi inson qadri har narsadan ulug‘ligini o‘ziga shior qilib olgan davlatimiz har bir fuqarosini baxtiyor qilish uchun tinimsiz islohotlar olib borayotgani, ulkan bunyodkorlik ishlari tufayli shahar va qishloqlarimiz kundan-kunga obod bo‘lib borayotgani ko‘z o‘ngingizdan o‘tadi.

Vatanimiz madhiyasi Olimpiada, Jahon va Osiyo chempionatlarida yangrayversin!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🏆Milliy terma jamoamiz "Usi Katta dubulg'a" turnirida ishtirok etish maqsadida Xitoyga yo'l oldi!

🇨🇳Joriy yilning 13-17-dekabr kunlari Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida yilning so'nggi va hal qiuvchi turniri — "Usi Katta dubulg'a" musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqa dasturiga ko'ra, 13-14-dekabr kunlari turnirning saralash bahslari o'tkaziladi. 16-17-dekabr kunlari esa hal qiluchi bellashuvlar tashkil etiladi.

👍Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenziyalar o'ynaladigan ushbu turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi:

-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Amirbek To‘rayev
-80 kg: Shuhrat Salayev
-80 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Najmiddin Qosimxojiyev
+80 kg: Nikita Rafalovich
-57 kg: Madina Mirabzalova
-57 kg: Charos Qayumova
-67 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova.

⚡️Ma'lumot o'rnida, terma jamoamiz a'zolari Ulug'bek Rashitov hamda Svetlana Osipova ushbu musobaqani kichik jarohat sabab o'tkazib yuboradi.

Turnir tafsilotlarini kanalimizda kuzatib boring.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳Usi Katta dubulg'a turniridan yangiliklar (saralash):

Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida yilning so'nggi va hal qiluvchi turniri - "Usi Katta dubulg'a" musobaqasi uchun saralash bahslari start oldi.

Kun davomida erkaklar -68 kg, +80 kg vazn toifalarida, ayollar esa -49 hamda -67 kg vazn toifalarida bahs olib bormoqda.

Avval, ma'lum qilganimizdek, -67 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharafini Feruza Sodiqova hamda Ozoda Sobirjonova himoya qildi. Sodiqova o'zining ilk jangida Xalqaro neytral sportchi Valeriya Skaprovskani, Sobirjonova esa xitoylik Xuan Dangni mag'lub etdi. Nimchorak final bosqichida esa, qur'a tufayli sportchilarimiz o'zaro to'qnash kelishdi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, Sobirjonova keyingi bosqichga yo'l oldi. Chorak finalda Ozoda britaniyalik Aliya Povellga imkoniyatni boy berganiga qaramay, "Usi Katta dubulg'a" turniri final bosqichiga yo'l oldi.

Ma'lumot o'rnida, Feruza Sodiqova hamda +80 kg vazn toifasida terma jamoamiz a'zosi Nikita Rafalovich musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga to'gridan-to'gri yo'llanma olgan.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳Usi Katta dubulg'a turniridan yangiliklar (saralash):

Kecha Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida yilning so'nggi va hal qiluvchi turniri - "Usi Katta dubulg'a" musobaqasi uchun saralash bahslari yakunlandi.

Kun davomida erkaklar -58 kg, -80 kg vazn toifalarida, ayollar esa -57 hamda +67 kg vazn toifalarida bahs olib bordi.

Kechagi kun terma jamoamiz uchun -80 kg vazn toifasida omadli o’tdi, deyish mumkin. Unda ishtirok etgan uch nafar sportchimizdan ikki nafari sovrinli o’rinlardan joy oldi:

🥇Jasurbek Jaysunov🇺🇿
🥈Maksim Xromsov (Xalqaro neytral sportchi)
🥉Shuhrat Salayev🇺🇿


Musobaqa doirasida -57 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan Charos Qayumova hamda Madina Mirabzalova o’z ishtirokini nimchorak finalda yakunladi. Erkaklar o’rtasida -58 kg vazn toifasidagi vakillarimiz Amirbek To’rayev 1/16 final jangida g’alaba qozonganiga qaramay, nimchorak finalda raqibiga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Omonjon Otajonov ham afsuski, chorak final yo’lida xitoylik raqibiga mag’lub bo’ldi.

🔝Ertaga turnirning hal qiluvchi, final bosqichi start oladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳Usi Katta dubulg'a turniridan yangiliklar:

Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida yilning so'nggi va hal qiluvchi turniri - "Usi Katta dubulg'a" musobaqasining hal qiluvchi bosqichi start oldi.

Kun davomida erkaklar -68 kg, +80 kg vazn toifalarida, ayollar esa -49 hamda -67 kg vazn toifalarida bahs olib bordi.

Bugungi kun doirasida -67 kg vazn toifasida terma jamoamiz a'zolari Ozoda Sobirjonova hamda Feruza Sodiqova nimchorak finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

+80 kg vazn toifasidagi vakilimiz Nikita Rafalovich esa chorak finalga qadar yetib borib, musobaqada beshinchi natijani qayd etdi.

Turnirning ertangi kuni doirasida terma jamoamiz a'zolari Jasurbek Jaysunov hamda Shuhrat Salayev dayanga ko'tariladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM