Taekwondo WT🇺🇿
3.7K subscribers
7.3K photos
772 videos
73 files
2.64K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
🇺🇿🔥Milliy terma jamoamiz navbatdagi xalqaro musobaqaga yo'l oldi!

🇯🇴Avval xabar berganimizdek, 9-10-noyabr kunlari Iordaniyada taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G2 tasnifiga kiruvchi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" o'tkaziladi.

🏆Ushbu musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar a'zosi g'oliblik uchun bahs olib boradi.

Musobaqada quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi:

-74 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova.

Murabbiylar shtabi:

Pavel Xan
Maksim Rafalovich
Paxlavon Sobirov

Shifokor:

Aleksey Chernyov.

Shuningdek, hamyurtimiz Dmitriy Kim musobaqada hakamlik vazifasini bajaradi.

✈️Delegatsiyamiz bugun erta tongda Iordaniyaga yo'l oldi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Musobaqaning ilk kunida uch nafar hamyurtimiz dayanga chiqadi!

🇯🇴Bugun Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan "Prince Hamzah Hall" majmuasida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifiga kiruvchi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi turniri start oladi.

Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar a'zosi bahslarda ishtirok etadi:

-74 kg, nimchorak final. 🇺🇿Jasurbek Jaysunov — 🇯🇴Layt Aldarabseh/🇯🇴Ahmad Al Bavaya (Har ikkisi Iordaniya) bahsi g'olibiga qarshi
-87 kg, chorak final. 🇺🇿Nikita Rafalovich — 🇯🇴Bani Hani Sameer (Iordaniya)
-62 kg, chorak final. 🇺🇿Feruza Sodiqova — 🇨🇳Gu Venjing (Xitoy)/🇸🇦Abdulfatah Elvishi (Saudiya Arabistoni) bahsi g'olibiga qarshi.

Ma'lumot uchun, bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 11:00 da start oladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11-noyabr, shanba kuni soat 21:25 dan boshlab, 📺📺"Sport TV" telekanalida taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'ulot jarayonlari, ularni oldinda kutib turgan muhim musobaqalar hamda boshqa mavzular haqida suratga olingan "Parij 2024" ko'rsatuvi efirga uzatiladi

😉Feruza Sodiqova hamda Svetlana Osipova ta'kidlaganidek, "Parij 2024" ko'rsatuvini o'tkazib yubormang!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Musobaqaning birinchi kunida ishtirok etgan uch nafar vakilimizning barchasi shohsupaga ko'tarildi!

🇯🇴Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G2 tasnifidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi start oldi.

🇺🇿Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar a'zosi Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich hamda Feruza Sodiqova ishtirok etdi va quvonarlisi, barcha sportchilarimiz kun yakunida g'oliblar qatoridan joy oldi.

🥈Kumush:

Jasurbek Jaysunov
Nikita Rafalovich

🥉Bronza:

Feruza Sodiqova

⚡️Ertaga turnirning so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkaziladi. Unda terma jamoamiz a'zolari Shuhrat Salayev hamda Svetlana Osipova ishtirok etadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Bugun Shuhrat Salayev va Svetlana Osipova g'oliblik uchun bahs olib boradi!

🇯🇴Bugun Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan "Prince Hamzah Hall" majmuasida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifiga kiruvchi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun bag'ishlangan turniri yakunlanadi.

Musobaqaning so'nggi, ikkinchi kunida O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a'zosi bahslarda ishtirok etadi:

-80 kg, chorak final. 🇺🇿Shuhrat Salayev — 🇮🇶Saif Alrammahi (Iroq)
+73 kg, yarim final. 🇺🇿Svetlana Osipova — 🇮🇷Anahita Tavakoli (Eron)/🇨🇳Mu Venze (Xitoy) bahsi g'olibiga qarshi.

Ma'lumot uchun, bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 11:00 da start oladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Kechagi kun qahramonlari — Nikita Rafalovich, Jasurbek Jaysunov hamda Feruza Sodiqovaning taqdirlash marosimidan suratlar🤩

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆"WT President's cup". Musobaqada ishtirok etgan barcha sportchilarimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi!

🇯🇴9-10-noyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifidagi V "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

🇺🇿Xabar berganimizdek, musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar sportchisi ishtirok etdi. Sportchilarimiz yakunda 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega bo'lishdi.

🥈Kumush:

Jasurbek Jaysunov (-74 kg)
Nikita Rafalovich (-87 kg)

🥉Bronza:

Feruza Sodiqova (-62 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg)
Shuhrat Salayev (-80 kg).

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋Ko'xna Buxoro yosh taekvondo ustalarini kashf etmoqda!

⚡️14-noyabr kuni qadimiy va ko'xna Buxoro shahrida taekvondo WT bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida navbatdagi O'zbekiston chempionati bellashuvlari start oldi.

Hozirgacha musobaqa doirasida bir qancha vaznlarda g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi.

Turnirda bellashuvlar yana uch kun davom etadi.

Kanalimiz orqali barcha vaznlarda qayd etilayotgan natijalar haqida xabar berib boramiz.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bayrogʻimiz – faxru gʻururimiz!

Bugun davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganligiga 31-yil toʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrogʻi – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil Oʻzbekiston davlati borligini anglatadi va oʻzida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro maydonda, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chogʻida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon koʻrgazmalarida, sport musobaqalarida Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻladi.

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʻ sanaladi. Chunki u xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🥋Milliy terma jamoamiz yilning final Gran-prisida ishtirok etish maqsadida Manchesterga jo'nab ketdi!

🇬🇧Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan "Manchester Regional Arena" majmuasida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida "G10" tasnifidagi final Gran-pri o'tkaziladi.

🔥Musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz vakillari bugun Manchesterga jo'nab ketdi.

Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:

-68 kg: Ulug'bek Rashitov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova.

Murabbiylar shtabi:

Bosh murabbiy: Pavel Xan
Murabbiy: Maksim Rafalovich
Murabbiy: Paxlavon Sobirov.

Musobaqa tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧🥋Bugun Manchester Final Gran-prisi start oladi

🔥Musobaqaning ilk kuni doirasida Shuhrat Salayev dayanga ko'tariladi.

-80 kg: nimchorak final. 🇺🇿Shuhrat Salayev - 🇹🇳Firas Katusi (Tunis).

⚡️Bahs Toshkent vaqti bilan 17:35 dan so'ng start oladi.

❗️Shuningdek, -68 kg vazn toifasida bugungi bahslarda ishtirok etishi kerak bo'lgan Ulug'bek Rashitov kechagi mashg'ulotlarda jarohat olgani bois, musobaqani o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

📹Musobaqani YouTube platformasidagi World Taekwondo kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧Manchester Final Gran-prisini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:

1-kort: https://www.youtube.com/live/R3bEX6c6Ggo?si=PeWLGzQ0CXiKztFK

2-kort: https://www.youtube.com/live/SjcqLMruLMI?si=D7-QszbeCPkv6_I8

3-kort: https://www.youtube.com/live/fFchSTgeR5U?si=OcSYUimi6v1T_tav

Ma’lumot uchun, 🇺🇿Shuhrat Salayev ishtirokidagi bahs taxminan 17:35 da start oladi. Jang 3-kortda o’tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM