Taekwondo WT🇺🇿
2.96K subscribers
6.41K photos
644 videos
69 files
2.25K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
🇺🇿🥋Bugun mamlakat birinchiligi yakuniga yetadi!

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning yakuniy kunida erkaklar - 54, -74, -80, -87, +87 kg vazn toifalarida, ayollar esa - 53, -62 va -67 kg vaznlarda bahs olib boradi.

Janglar 9:00 da start oladi.

Taekvondo muxlislarini Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida kutib qolamiz!😉

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Kattalar o'rtasidagi mamlakat birinchiligi o'z nihoyasiga yetdi, so'nggi kunning g'olib va sovrindorlari bilan tanishing

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Alpomish" sport saroyida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida uch kun davom etgan O'zbekiston chempionati bugun o'z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning yakuniy kunida erkaklar - 54, -74, -80, -87, +87 kg vazn toifalarida, ayollar esa - 53, -62 va -67 kg vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Kun davomida O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar bilan tanishing (erkaklar):

-54 kg:

🥇Jahongir Xudoyberdiyev (Surxondaryo)
🥈Samandar Tovasharov (Toshkent viloyati)
🥉Rahmonjon Sharofjonov (Farg'ona)
🥉Temur Xasanov (Samarqand).

-74 kg:

🥇Najmiddin Qosimxojiyev (MTJ)
🥈Shaxboz Tusmatov (MTJ)
🥉Javlon Hakimov (O'zDJTSU)
🥉Mironshoxmirzo Muzaffarov (Buxoro).

-80 kg:

🥇Mavlonbek To'xtasinboyev (MTJ)
🥈Sherzodjon Xasanov (O'zDJTSU)
🥉Akmaljon Muxtorov (Farg'ona)
🥉Soxibkamol No'monjonov (Andijon).

-87 kg:

🥇Abbos Cho'ponqulov (MTJ)
🥈Botir Zokirov (MTJ)
🥉Rasul Turdimurotov (Toshkent viloyati)
🥉Ilnur Nagimov (Toshkent viloyati).

+87 kg:

🥇Marat Mavlonov (MTJ)
🥈Amalbek Xalilov (Toshkent)
🥉Yodgorbek Jo'raboyev (ROZK)
🥉Jobirxon G'aybullayev (Namangan).

Ayollar:

-53 kg:

🥇Charos Qayumova (MTJ)
🥈Marjona Primova (Toshkent)
🥉Xalimabonnu Sobirjonova (Farg'ona)
🥉Sevinch Mamirova (Jizzax).

-62 kg:

🥇Ozoda Sobirjonova (Jizzax)
🥈Omina Botirova (Toshkent viloyati)
🥉Ziyoda Quramboyeva (Xorazm)
🥉Diyora Azizova (Toshkent).

-67 kg:

🥇Feruza Sodiqova (MTJ)
🥈Shahloxon Munavvarova (Farg'ona)
🥉O'g'iloy Ibragimova (Buxoro)
🥉Zebo Aslonova (Buxoro).

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩Quvonchli yangiliklar davom etadi!

Ayni damda poytaxtimizdagi "Renassans Holl" majmuasida "Milliy sport mukofoti-2023" taqdirlash marosimi o'tkazilmoqda.

Ahamiyatlisi, tadbirda "yilning eng yaxshi hakami" nominatsiyasida taekvondo WT bo'yicha xalqaro toifadai hakamimiz Dmitriy Kim g'olib deb topildi.

Dmitriy Konstantinovichni ushbu ajoyib e'tirof bilan tabriklaymiz!🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳Dmitriy Konstantinovichni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo bo‘yicha xalqaro toifadagi o'zbekistonlik hakam Dmitriy Konstantinovich Kimning tavallud ayyomi. 2023-yilda O'zbekistonning eng yaxshi sport hakami deb topilgan tajribali referi bugun 50 yoshga qadam qo'ymoqda.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi Dmitriy Konstantinovichni bugungi quvonchli kun bilan tabriklaydi va kelajakdagi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺O'zbekiston 24 telekanali taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati haqida reportaj tayyorladi

E'tibor uchun tashakkur🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Taekvondo olamida 2023-yil qanday o'tdi?

2023-yil ham o'z yakuniga yetib bormoqda. Yakunlanib borayotgan yilda taekvondo WT bo'yicha milliy terma jamoamiz bir qancha nufuzli musobaqalarda ishtirok etdi va g'olib hamda sovrindorlar qatoridan joy oldi.

YouTube platformasidagi WorldTaekwondo kanali oxirlab borayotgan yil yakunlariga bag'ishlab, sarhisob videosini joyladi.

Videoda siz kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatida porlagan sportchilarimiz, ketma-ket ikki Gran-prida g'oliblikni qo'lga kiritib, tarixiy natija qayd etgan Ulug'bek Rashitov kabi taekvondochilarimizni ko'rishingiz va ularning joriy yilda qayd etgan natijalarini eslashingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=CiqypWlXb0w

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳Doniyor Safarovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi yordamchisi Doniyor Safarov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Fursatdan foydalanib, qadrli hamkasbimizni ushbu quvonchli kun munosabati bilan tabriklaymiz. Tajribali mutaxassisimiz bugun 37 yoshga qadam qo‘ydi.

O‘z ishining ustasi hisoblanuvchi Doniyor Toxirovichga assotsiatsiyamizning barcha xodimlari nomidan baxt-saodat, sihat-salomatlik va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tug‘ilgan kun muborak!🤝

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳Yangi yil bayrami muborak bo’lsin!

🎄 Yangi, 2024-yil Sizga va yaqinlaringizga faqat yaxshiliklar keltirsin. Omad, muvaffaqiyat va baxt yor bo‘lsin! Barchaga mustahkam sog‘lik, haqiqiy oilaviy baxt hamda yaxshi kayfiyat tilaymiz.

2024-yilda barcha o‘zbek sportchilari, xususan taekvondochilarimizga omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Yangi yil yangi g‘alabalarga boy bo‘lsin!

🇺🇿🥋 O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵⚡️Yaponiyaning Nagoya shahrida o'tadigan "Aichi-Nagoya-2026" XX yozgi Osiyo o’yinlari startiga roppa-rosa 1000 kun qoldi!

Ma'lumot o'rnida, o'yinlar 2026-yilning 19-sentyabridan 4-oktyabriga qadar o'tkaziladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🇺🇿Taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida navbatdagi Jahon chempionati mezboni ma'lum bo'ldi!

🇨🇳Xabaringiz bor, taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida navbatdagi Jahon chempionati 2025-yilda tashkillashtiriladi. Butunjahon taekvondo assosiatsiyasi mundial mezbonligini Xitoyning Usi shahriga topshirdi.

Aslida, 2021-yilgi Jahon chempionati Usi shahrida o'tkazilishi kerak edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli ushbu musobaqa bekor qilingan edi va 2022-yilda Meksikada tashkil etilgan edi. Endilikda taekvondo olamidagi ushbu yirik shahar 2025-yilgi mundialni o'zida qabul qiladigan bo'ldi.

🇦🇿Eslatib o'tamiz, kattalar o'rtasidagi so'nggi Jahon chempionati 2023-yilning 29-may-6-iyun kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida o'tkazilgan edi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
Sarhisob: 2023-yil oʻzbek taekvondosida (WT) qayd etilgan eng muhim natijalar
___
Итоги: Самые важные результаты узбекского таэквондо (WT), которые были установлены в 2023 году
⚽️ Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o’yinlari startiga 200 kun qoldi!

👍 Осталось ровно 200 дней до старта XXXIII летних Олимпийских игр Париж-2024!

@olympicuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Marat Qurbonovni tabriklaymiz!

Bugun o'zbek boksi olamining eng taniqli vakillaridan biri, boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Marat Qurbonov o'zining yubiley — 70 yoshini qarshi olmoqda.

O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi jamoasi "Mehnat shuhrati" ordeni va "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibi Marat Galiyevichni tavallud ayyomi bilan tabriklagan holda unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥋 Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun terma jamoamiz safar oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Rejaga ko‘ra, ertaga sportchilarimiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antalya shahriga yo‘l olishadi. Turkiya yig‘ini 2-fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng jamoa xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun BAAning Fujayra shahriga yo‘l oladi.

🥋 Сборная Узбекистана по таэквондо WT продолжает подготовку к новому сезону. Сегодня наши таэквондисты провели последнее занятие перед поездкой.

По плану, завтра спортсмены отбудут в Анталью (Турция) для проведения очередных учебно-тренировочных сборов. УТС в Турции продлится до 2 февраля. После, наши таэквондисты направятся в Фуджейру (ОАЭ) для участия в международном соревновании.
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🫡Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatanimiz himoyachilari!

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan barchani chin dildan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan Sizni va oila a’zolaringizni yana chin yurakdan tabriklaymiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

🇺🇿O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bobur Akbarovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar bo‘limi rahbari Bobur Akbarov o'zining 34 yoshini nishonlamoqda.

Fursatdan foydalanib, yurtimizda taekvondo sport turini yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo‘shayotgan hamkasbimiz Bobur Akbarovni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz va unga sog‘lik, omad va oilaviy baxt tilab qolamiz.

Tug‘ilgan kun muborak!🤝

🇺🇿O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤩Milliy terma jamoamizning Turkiyadagi yig'ini yuqori ruhda davom etmoqda!

🇹🇷12-yanvar kuni taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan edi. Ulug'bek Rashitov, Nikita Rafalovich, Shuhrat Salayev kabi yetakchilar bilan bir qatorda terma jamoamizning yosh vakillari ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

⚡️Mazkur yig'in 2-fevralga qadar davom etadi.

Yig'inda ishtirok etayotgan sportchilar ro'yxati bilan tanishing.

Erkaklar:

-54 kg: Jaxongir Xudoberdiyev
-58 kg: Omonjon Otajonov
-63 kg: Amirbek To'rayev
-68 kg: Ulug'bek Rashitov
-68 kg: Diyor To'xliboyev
-74 kg: Najmiddin Qosimxojiyev
-80 kg: Jasurbek Jaysuonov
-80 kg: Mavlonbek To'xtasinboyev
-87 kg: Abbos Cho'ponqulov
-87 kg: Shuhrat Salayev
+87 kg: Nikita Rafalovich
+87
kg: Marat Mavlonov.

Ayollar:

-46 kg: Dilnoza Tangirova
-49 kg: Zarnigor Xusniddinova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Ozoda Sobirjonova
-67 kg: Feruza Sodiqova
-73 kg: Gulsanam Alijonova
+73 kg: Iroda Mirtojiyeva.


🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🔥Kadetlar va o'smirlar terma jamoamiz ham mashg'ulotlarga kirishdi!

Kecha, 16-yanvar kuni taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston kadetlar va o'smirlar terma jamoalari assosiatsiyamiz qarorgohida yilning ilk o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

To'liq tarkiblarda kechayotgan mashg'ulotlar jarayoni 28-yanvar sanasiga qadar davom etadi. Yig'in murabbiylar — Konstantin Li va Abubakir Rasulov boshchiligida olib borilmoqda.

Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini joriy yilning 9-14-fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladigan "Turkish Open-2024" musobaqasi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM