Taekwondo WT🇺🇿
3.7K subscribers
7.3K photos
772 videos
73 files
2.64K links
O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali

Официальный телеграм-канал Ассоциации таэквондо ВТ Узбекистана
Download Telegram
Forwarded from OlympicUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥋 Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Antalyaning togʻli hududida oʻtayotgan yigʻinga 19 nafar sportchi jalb qilingan.

Mashgʻulotlarda atletlarning jismoniy holatini yaxshilashga ahamiyat qaratilmoqda. Shu bois murabbiylar shtabi tomonidan koʻproq yuklamalar berilyapti. Rejaga koʻra, yigʻin 2-fevralga qadar davom etadi. Shundan soʻng jamoa joriy yil hisobidan eng birinchi turnir – “Fujairah Open” musobaqasida ishtirok etish uchun BAAga yoʻl oladi.

🥋 В эти дни сборная Узбекистана по таэквондо WT проводит учебно-тренировочные сборы в Турции. Тренировки проходят в горном районе Анталии и к ним привлечены 19 спортсменов.

УТС направлены на улучшение физического состояния спортсменов. Поэтому тренеры дают больше нагрузок. По плану, сборы продлятся до 2 февраля. После этого команда отправится в ОАЭ для участия на первом турнире этого года — "Fujairah Open".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤️ MOQ 32 yoshda!

Bugun 21-yanvar, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilganiga roppa-rosa 32 yil to‘ldi. MOQ ortda qolgan davr mobaynida mamlakatimizda olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston MOQ 1993-yil Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 101-Sessiyasida rasman tan olingach, mamlakatimiz delegatsiyasi 7 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi. Ayni damda Qo‘mitamizning butun e’tibori davlatimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan sportchilarimizni joriy yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorlash va ularning munosib ishtiroklarini ta’minlashga qaratilgan.

O’zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi bugungi sana munosabati bilan yurtimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari, sport federatsiya va assosiatsiyalarini, atletlarimiz va ularning murabbiylarini, sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarini, shuningdek Milliy Olimpiya qo’mitasi hodimlarini samimiy qutlaydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🔥Milliy terma jamoamiz mashg'ulotlari ko'tarinki ruhda davom etmoqda!

🇹🇷Xabar berganimizdek, taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Mashg'ulotlarning ilk bosqichi yakunlandi. Unda murabbiylar shtabi sportchilarimizga asosan jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgan yuklamalarni berdi.

Terma jamoa yetakchilari hamda yoshlar ishtirokida o'tayotgan yig'in 2-fevralga qadar daom etadi. Mazkur mashg'ulotlar BAAning Fujayra shahrida tashkil etiladigan "Fujayrah Open" turniri uchun yakuniy tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

📹Yuqoridagi video orqali Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inining ilk haftasi qanday o'tganini ko'rishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OlympicUz
Ishchi guruh Namangan viloyatidagi sport maktablarini koʻzdan kechirmoqda

Ayni kunlarda Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining rahbariyati Respublika boʻylab sohadagi oʻzgarishlar va muammolarni oʻrganish boʻyicha xizmat safarida boʻlib turibdi. MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov va boqsha mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruh Namangan viloyatidagi holatni oʻrganmoqda.

Mutasaddilar Pop, Kosonsoy va Yangiqoʻrgʻon tumanlarining chekka hududlaridagi sport maktablariga tashrif buyurishdi. Unda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, yoʻlga qoʻyilgan boʻlimlar va mashgʻulotlar jadvali, maktablarning moddiy-texnik bazalarini oʻrganishdi. Shuningdek, Namangan shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda velotrek bazasi ham eʼtibor markazida boʻldi. Ishchi guruh safar davomida har bir obyektdagi xonalar, zallarni koʻzdan kechirib, yakuniy xulosalar boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berib oʻtdi.
___
Рабочая группа изучает спортивные школы Наманганской области

В настоящее время руководство Министерства спорта и Национального Олимпийского комитета Узбекистана изучает и анализирует изменения и проблемы в сфере. Рабочая группа, в составе заместителя председателя НОК Шерзода Ташматова и других специалистов, рассматривает обстановку в Наманганской области.

Ответственные лица посетили спортивные школы, которые расположены в отдаленных районах Попа, Касансая и Янгикургана. Там они тщательно рассмотрели условия, созданные для молодежи, отделения и график занятий, а также, материально-техническую базу. Помимо этого, рабочая группа побывала в Центре подготовки к Олимпийским и Паралимпийским видам спорта и на базе велотрека в городе Наманган. В рамках своей поездки, руководители внимательно изучили каждый объект, включая тренировочные залы и другие помещения и дали дополнительные поручения по повышению эффективности работы.
🇺🇿🏆Milliy terma jamoamizning "Fujairah Open" turniri uchun yakuniy tarkibi bilan tanishing

🇦🇪Joriy yilning 4-7-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo'yicha 11-"Fujairah Open" turniri o'tkaziladi.

Musobaqaning ilk kunida kattalar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etiladi. G2 tasnifidagi musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.

Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini davom ettirmoqda.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM