Oʻzbekcha Vikipediya
406 subscribers
273 photos
29 videos
12 files
273 links
Oʻzbekcha Vikipediya Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Oʻzbekcha Vikipediyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
• Facebook: fb.com/uzbek.wikipedia
• YouTube: youtube.com/uzwiki
• X (Twitter): x.com/uzwiki

Muhokama guruhi: @uzwikichat
Download Telegram
​​Ajoyib yangilik!

Biz eng faol qatnashchilar uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi $350 boʻlgan „Markaziy Osiyo oyligi“ musobaqasi aprel oyida oʻtkazilishini maʼlum etishdan mamnunmiz!

Musobaqa ishtirokchilari Oʻzbekcha Vikipediyada Markaziy Osiyo mavzusiga doir maqola yaratishlari kerak boʻladi. Musobaqaning maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyada Markaziy Osiyo haqida keng qamrovli kontent yaratishdir.

Sizdan nima talab qilinadi?

💡 Vikipediyadan roʻyxatdan oʻtish.

💡 Markaziy Osiyo mavzusiga doir yangi maqolalar yaratish yoki mavjud maqolalarni yaxshilash.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

💡 Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan har bir foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa qatnashchilari qanday baholanishi, musobaqada qatnashish va boshqa tafsilotlar haqida quyida oʻqishingiz mumkin:
https://w.wiki/39K5

Musobaqa tugashi: 30-aprel 2021-yil

Oʻzbekcha Vikipediya havolasi: https://uz.wikipedia.org

#markaziyosiyooyligi2021