Oʻzbekcha Vikipediya
437 subscribers
314 photos
29 videos
12 files
300 links
Oʻzbekcha Vikipediya Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Oʻzbekcha Vikipediyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
• Facebook: fb.com/uzbek.wikipedia
• YouTube: youtube.com/uzwiki
• X (Twitter): x.com/uzwiki

Muhokama guruhi: @uzwikichat
Download Telegram
#Xushxabar

Avvalgi postlar orqali #Wikimania2024 haqida biroz ma’lumot bergan edik.

🏆 Hozir yetib kelgan xabarlarga koʻra, Caner Özyayıkçı Vikimaniyada „Media Contributor Of The Year“ (yilning eng yaxshi media hissa qoʻshuvchisi) deya e’tirof etilibdi.

📋 Kurmanbek foydalanuvchi nomi ostida hissa qoʻshib kelayotgan Caner oʻzbekcha Vikipediyaning mediasi uchun ham muhim ishlarni amalga oshirishda hissa qo‘shgan.

💫 Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi nomidan Canerni bu yutuq bilan qutlab, yangi marralarda omad tilaymiz!

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
#WikiTabrik

🎖️Sitora Oblakulova „Yugurayotgan ayol vikipediyachi“ ordeni bilan taqdirlandi!

🤼‍♀️ Foydalanuvchiga orden hozirda aktual mavzu boʻlib turgan sport sohasini yoritayotganligi sababli topshirildi.

💫 Sitora Oblakulova oʻzbekcha Vikipediyaga faol hissa qoʻshib kelayotgan tajribali foydalanuvchilardan biri. U, shuningdek, WikiAyollar marafonining gʻolibi hamdir.

➡️ Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi nomidan Sitorani chin koʻngildan tabriklab, kelajak faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz.

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
“Вики Ерни севади—2024”: Ижодкорлар дунёга Ўзбекистон табиатини тараннум этади

Табиатни, атроф-муҳитнинг бетакрор гўзаллиги ва хилма-хиллигини тараннум этувчи "Вики Ерни севади—2024" халқаро танловининг Ўзбекистон бўйича натижалари эълон қилинди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/625205

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Forwarded from WikiStipendiya
Teranlik o‘ttizga chiqdi!

O‘zbekcha Vikipediyadagi tahrirlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Bu orqali Vikipediyamizning teranlik darajasi 30 dan oshdi.

Shuningdek, o‘zbekcha Vikipediya gruzincha Vikipediyani tahrirlar soni bo‘yicha ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Vikipediyada teranlik (inglizcha: Depth) tushunchasi biron-bir tildagi boʻlimning qay darajada rivojlanganini bildiradi.

Do‘stlar, bizni kuzatishda davom eting, loyihaga doir eng qaynoq yangiliklar hali oldinda!

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#WikiStipendiya_kashf_qilgan_vikimediachi

🪄 Qariyb ikki yildan ortiq vaqt davomida WikiStipendiya loyihasi ko‘plab yangi vikimediyachilarni kashf qilgani ko‘pchilikka maʼlum. Ana shunday faol foydalanuvchilardan biri — Alpasli (Asliddin Yunusov).

🌟 Alpaslining o‘zbekcha Vikipediyadagi tahrirlar soni 18 000 ga yaqin. Bundan tashqari, qardosh tillardagi Vikipediyalarga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🌏 Alpasli „Turkiy Vikimedia anjumani – 2023“ (Istanbul, Turkiya) hamda „Yoshlar bilan Vikipediyani oʻrganaylik, oʻrgataylik va ulashaylik“ oromgohida (Shaki, Ozarbayjon) ishtirok etgan. WikiStipendiya marafonining I va II mavsumlarida hakamlik qilib, Vikipediya administratorlariga faol yordam bergan. Shuningdek, yangi foydalanuvchilarga ham Vikipediya haqidagi bilimlarini beminnat ulashib kelmoqda. 2024-yil 24-aprel kuni oʻzbekcha Vikipediyada administrator huquqini olgan.

💫 Alpasliga kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar va yoqimli tahrirlar tilaymiz!

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
#VikiQutlov

🏆 Bugun oʻzbekcha Vikipediyaning jonkuyarlaridan biri boʻlgan Nodir Atayevning tugʻilgan kunidir.

💫 U 1988-yil 17-avgust kuni Qirgʻizistonning Sulukta shahrida tavallud topgan.

📋 Nataev nomi ostida faoliyat olib borayotgan Nodir Atayev Oʻzbekcha Vikipediyaga deyarli 15 yildan buyon hissa qoʻshib keladi.

➡️ Nodir Atayev Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining tashkil etilishidagi tashabbuskorlardan biri.

📽 Shuningdek, Nodir Atayev ilk bor oʻzbek internet segmentida Vikipediyaning tanilishi hamda targʻibotida faol boʻlib kelgan. Xususan, u 2014-yilda yoʻlga qoʻyilgan OzodWiki ruknining ta’sischi. Bundan tashqari, turli yillarda Ozodlik, Amerika ovozi, Daryo.uz kabi yirik saytlarga bergan intervyusi orqali Vikipediya faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlarni berib borgan.

Nodir Atayevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi a’zolari chin koʻngildan qutlaydi!

Telegram | YouTube | X (Twitter) |Facebook
#WikiStipendiya_kashf_qilgan_vikimediachi

🧩WikiStipendiya loyihasida kashf qilingan foydalanuvchilardan yana biri — bu Umid Baqoyev (Foydalanuvchi:Umid1108). U umumiy hisobda 6 500 ga yaqin, o‘zbekcha Vikipediyada esa 5 000 dan ortiq tahrir qilgan.

⚡️Umid Baqoyev WikiStipendiyaning birinchi mavsumi gʻoliblari safida kuchli 10 talikka kirgan. WikiStipendiyaning ikkinchi mavsumida tashkillashtirilgan Zarafshon oyligida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Buxoro davlat universitetida Buxoro Vikiklubi koʻngilli koordinatori sifatida bir nechta Vikitargʻibotlar uyushtirgan. 1 ta maqolani yaxshi va 3 ta maqolani xushsifat statusiga olib chiqqan. Koʻplab maqolalarni nufuzli manbalarga asoslanib mustaqil yaratgan.

🎖Bundan tashqari Umid Baqoyev bir necha kun oldin Vikipediyada sifatli kontent yaratib kelayotgani uchun „Gʻayratli ishtirokchi“ ordeni bilan taqdirlandi. Umidni bu yutuq bilan tabriklagan holda kelajakdagi ishlari va Vikipediyadagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
#Wikimania2024

Yilning eng yaxshi vikimediachisi mukofoti sovrindorlari bilan tanishing! ⭐️

Ushbu mukofot nomzodlari Vikimedia loyihalarini rivojlantirishga yordam beradigan koʻngilli hissa qoʻshuvchilar orasidan tanlab olinadi. 2024-yilda gʻolib deb topilgan yetti nafar taqdirlanuvchi roʻyxati bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin:
➡️ https://w.wiki/Arip

🎉 Demak:
🏆 Yilning eng yaxshi vikimediachisi: Hannah Clover (Foydalanuvchi:Clovermoss)
🌱 Yilning yangi foydalanuvchisi: Leonardi Fernández tomonidan taqdim etilgan Wayuu hamjamiyati (Foydalanuvchi:Leonfd1992)
🎖 Wikimedia laureati: (Foydalanuvchi:DerHexer)
🏅 Faxriy mukofot: Gu Eun-Ae (Foydalanuvchi:Motoko C. K.)
🎬 Yilning eng yaxshi mediachisi: Yılmaz Caner Özyayıkçı (Foydalanuvchi:Kurmanbek)
💻 Yilning texnologi: Siddharth VP (Foydalanuvchi:SD0001)
⚙️ Yil funksiyasichisi: Vira Motorko (Foydalanuvchi:Ата)

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Forwarded from WikiStipendiya
Kogondan chiqqan til jonkuyari

Bugun o’zbekcha Vikipediyaning eng jonkuyar, pozitiv administratorlaridan biri Azizjon Sharipov (foydalanuvchi: Kagansky)ning tug’ilgan kuni.

UzWikida administrator, rasmiyatchi bo’lsa, RuWikida patrullovchi va eski holiga qaytaruvchi maqomiga ega. U 5 yildan oldin Vikipediyada ro’yxatdan o’tgan va shu kunga qadar 51,000 dan ortiq tahrirlar qilgan, bu esa uning bilim va tajribasining qanchalik chuqurligini ko‘rsatadi.

Azizjon Sharipovning bibliofilligi, yoshligidan tarix va oʻlkashunoslikni juda xush koʻrishi uni Vikipediyaga boʻlgan qiziqishiga turtki boʻlgan va keyinchalik turizm sohasiga qiziqib, gidlik sertifikatini qoʻlga kiritishiga sababchi boʻlgan. U hozirda 2000 dan ortiq ilmiy va badiiy kitoblarga ega boʻlgan shaxsiy kutubxonaning sohibi hamdir.

Til jonkuyarining asli kasbini bilasizmi, izohlarda yozib qoldiring. 💬

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏 Markaziy va Sharqiy Yevropa Vikimedia Anjumani — 2024

Shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida Markaziy va Sharqiy Yevropa Vikimedia Anjumani (Wikimedia CEE Meeting) bo‘lib o‘tmoqda. 20-sentyabr kuni boshlangan anjumanda turli tillardagi Vikimediya Foydalanuvchi guruhlaridan 150 ga yaqin qatnashchi, shu jumladan, o‘zbekcha Vikipediya nomidan Nodir Atayev (Nataev) va Qamarniso (Casual), qoraqalpoqcha Vikipediyadan esa Inobat Allanova (Inosham) ishtirok etmoqda.

💫 Anjumanning ikkinchi kuni, yaʼni 21-sentyabrda o‘zbekcha Vikipediya vakillari WikiStipendiya loyihasi haqida taqdimot qilib berishdi.

⚡️ Shu bilan birga, Istanbulda ilk bora o‘zbekcha, qoraqalpoqcha, qirg‘izcha, qozoqcha va tojikcha Vikipediya loyihalariga hissa qo‘shuvchi faollarning alohida yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘inni Markaziy Osiyo xalqlari tillaridagi Vikipediyalar va ularning faol foydalanuvchilarining kelajakdagi hamkorligi uchun ilk qadam desak mubolagʻa bo‘lmaydi.

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook