UzASBO ДМ бўйича янгиликлар ва маълумотлар
9.46K subscribers
7 photos
6 videos
38 files
213 links
- "UzASBO" ДМ бўйича маълумотлар бериш;
- дастурга киритилаётган янгилик, қўшимчаларни тезкор равишда етказиш
Мурожаатлар учун: @uzasbouzbot
Гуруҳ: @uzasbo_official
Иш ҳақи тўғрисида маълумот олиш: @oylikbot
Рус тилидаги канал: @uzasboru
Download Telegram
VC21218234_1.jpg
830.6 KB
Barcha byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan UzASBO DMga ishlovchi xodimlarning mobil telefon raqamini kiritilganligini xatlovdan o'tkazishlari kerakligi va kelgusida telefon raqami kiritilmagan xodimlar bo'lgan taqdirda ish haqi hisoblashga cheklov qo'yilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 28-sentyabrdagi VC21218234-sonli xati

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
Xodimning UzASBO DMga notoʻgʻri kiritilgan STIR (INN) yoki SHJBPH (INPS)ni toʻgʻrilash

Savol: Xodimning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR yoki SHJBPH yoki INPS) yoki STIR dasturga notoʻgʻri kiritilgan ekan. Endi shuni Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida oʻzgartirishda Bir marta «His. mehnatga haq toʻlash tarzidagi dar-dlar, JSHDS va SHJBPHga toʻl. badallar toʻgʻ. maʼlumot» hisoboti tuzilgan xodimning INPS raqamini oʻzgartirib boʻlmaydi (Bir marta „Har bir jismoniy shaxs kesimida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida maʼlumot“ hisoboti tuzilgan xodimning STIRini oʻzgartirib boʻlmaydi) deb ogohlantirish chiqyapti. Buni qanday toʻgʻrilanadi?

Javob: Buni toʻgʻrilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Xodim ishga qabul qilingan va ish haqi hisoblangan dastlabki oy aniqlab olinadi.
2. zp.uzasbo.uz ning Hujjatlar-Elektron hisobot-His. mehnatga haq toʻlash tarzidagi dar-dlar, JSHDS va SHJBPHga toʻl. badallar toʻgʻ. maʼlumot qismiga kiriladi va shu xodim qatnashgan hujjatlar bekor qilinadi. Agar yuqoridagi ogohlantirish xodimning STIRni o'zgartirishda chiqayotgan va bu xodimga 2019-yildan avval ham ish haqi hisoblangan bo'lsa, unda zp.mdm.uz ning Dokumenti-Elektronnie otcheti-Informatsiya o summax nachislennix straxovix vznosax grajdan qismiga ham kiriladi va xodimga oylik hisoblangan oygacha boʻlgan barcha hisobotlar Otmenit provodku qilib chiqiladi. Yaʼni shu xodimning maʼlumoti tegishli hisobotga tushgan dastlabki oygacha boʻlgan davrdagi barcha hisobotlar bekor qilinadi. Bunda yuqoridan pastga qoidasi asosida ish koʻriladi, yaʼni dastlab 2018-yil aprel, soʻngra 2018-yil mart, 2018-yil fevral, 2018-yil yanvar, 2017-yil dekabr va h.
3. So'ngra zp.uzasbo.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismiga qaytadan kiriladi va xodimning JSHSHIR (SHJBPH yoki INPS) yoki STIR oʻzgartiriladi.
4. Qaytadan yuqorida bekor qilingan tegishli hisobotlar Provesti qilib chiqiladi. Endi esa pastdan yuqoriga qoidasi asosida ish koʻriladi, yaʼni dastlab 2017-yil dekabr, soʻngra 2018-yil yanvar, fevral, mart va h.
5. Mazkur davrlar uchun tegishli soliq hisobotlariga qayta hisobot (Pereraschet) topshiriladi. Chunki avval shu xodimning JSHSHIR (SHJBPH yoki INPS) yoki STIR notoʻgʻri koʻrsatilib hisobot topshirilgan va bu kelgusida xodimning pensiyaga chiqishida, ish haqisi to'g'risida ma'lumotlar elektron olinadigan holatlarda muammoga sabab boʻlishi mumkin.

#Tushuntirishlar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
UzASBO DMga xodimlarning telefon raqamlarini kiritib chiqish zarurligi bo'yicha dasturga kirganda ogohlantirish chiqyapti, shuningdek mazkur xatning o'zi ham kanalga qo'yildi. Bunda quyidagilarga e'tibor berish kerak:

1. Faqat ishlaydigan xodimlarning telefon raqamlari kirtilishi zarur, ishdan ketganlarniki shart emas. Telefon raqami zp.uzasbo.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida xodimning ma'lumotidagi SMS-xabarnoma joyiga kiritilishi zarur. Telefon raqami kiritilmagan xodimlarni zp.mdm.uz'ning Otchyoti-Uchet kadrov-Reyestr sotrudnikov qismiga kirib aniqlash mumkin. Bu yerga kirilganda Ne pokazat uvol. sotr. ya'ni ishdan ketgan xodimlarni ko'rsatma tugmasiga bayroqcha qo'yiladi va Obnovit tugmasi bosiladi. Shundan so'ng chiqqan ma'lumotning eng so'nggida Tel. ustuni bor, shu yerda kimlarga kiritilmaganini aniqlash mumkin. Agar bu yerda ishdan ketgan xodimlar ham chiqayotgan bo'lsa, ularni Dokumenti-Uchet kadrov-Uvolneniye sotrudnika qismiga kirib, ishdan bo'shatish kerak bo'ladi.

2. Xodimlarning haqiqatda ishlatadigan telefon raqamlarini kiritish kerak. Chunki Farmonda byudjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to'g'risida SMS xabarnoma yuborish tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Agar xodimning telefon raqami xato kiritilgan yoki umuman kiritilmagan bo'lsa va natijada xodimning ish haqisi to'g'risida SMS xabarnoma boshqa shaxslarga borsa yoki umuman bormasa, buxgalteriya va xodimlar orasida tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Hisobchi esa SMS xabarnomani qayta yuborish imkoniga ega emas.

3. Bir telefon raqamni faqat bitta xodimga ko'rsatish mumkin. Agar xodim turli tashkilotlarda ishlasa va ularning barchasida uning ma'lumotida bitta jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami - JSHSHIR kiritilgan bo'lsa, unda ularning barchasida bitta telefon raqamni ko'rsatsa bo'ladi. Ya'ni dastur telefon raqami takror kiritilmasligini JSHSHIR orqali nazorat qiladi. Shu sababli agar xodimning telefon raqamini kiritishda mazkur raqam boshqa tashkilotdagi xodimda ham ko'rsatilganligi bo'yicha ogohlantirish chiqsa, yoki bu telefon raqami haqiqatda boshqa xodimda ham ko'rsatilgan bo'ladi yoki mazkur xodimning JSHSHIR boshqa tashkilotda xato kiritilgan bo'ladi. Bunda o'sha tashkilot bilan bog'lanib holat to'g'rilanadi.

4. Xodimlarga hisoblangan ish haqi to'g'risida ularga ma'lumot berish tashkilotning majburiyati hisoblanadi. Bu bo'yicha avval ham ma'lumot berilgandi. Shu sababli mazkur jarayonning zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilishiga e'tibor bilan yondoshing, chunki Farmonda SMS xabarnoma jo'natish xarajatlari O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

#Tushuntirishlar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
2021-yildan boshlab debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'umot hisobotini shaxsiy g'azna hisobvaraqlar kesimida tuzish joriy qilindi. Endilikda moliyaviy hisobotni qabul qiluvchilar E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot (Qabul qilish) qismida hisobotlarini qabul qilishsa, tashkilotlarning E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot (SHG'H kesimida) tuzgan hisobotlari ham Otchyot prinyat holatga o'tadigan qilindi, agar bekor qilinsa tegishli hisobotlar Ne prinyato bo'lib qaytib keladigan qilindi. Mazkur holatda quyidagilarga e'tibor qilish kerak:

1. Hisobot qabul qiluvchilar tashkilotlarning hisobotlarini qabul qilishsa yoki bekor qilishsa, tegishli hujjat ma'lum muddat Ojidaniye holatda qoladi. Chunki SHG'H kesimida tuzilgan hisobot DMBAT DMga jo'natiladi. Hisobot qabul qilinganda yoki bekor qilinganda uning holatini o'zgartirish bo'yicha so'rov DMBAT DMga jo'natiladi va unga javob kelguncha vaqt ketadi.

2. SHG'H kesimida tuzilgan hisobotda summalar xato kiritilgan holatda jo'natilgan bo'lsa, E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismidagi hisobotni ham tuzish va jo'natish kerak bo'ladi. Shundan so'ng yuqori turuvchi tashkilot mazkur hisobotni qaytarsa, yuqorida aytilganidek SHG'H kesimida tuzilgan hisobot ham qaytib keladi (DMBAT DMda SHG'H kesimida tuzilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hisobotini qaytarish vakolati olib tashlanganligi, shuningdek byudjet darajasi respublika bo'lgan SHG'Hlar bo'yicha tuzilgan hisobotlarni qaytarishga mas'ullarni topishda muammolar bo'layotgani uchun mazkur tartibdan foydalansa bo'ladi.)

3. E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismidagi hisobotni jo'natishda tegishli davr uchun balans moliyaviy hisoboti tasdiqlangan bo'lishini tekshiradigan cheklov mavjud edi, 2-banddagi tartib ishlashi uchun mazkur cheklov olib tashlandi.
Avval aytilganidek, tashkilotlarga qulaylik bo'lishi uchun Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hisobotida To'ldirish tugmasi bosilsa, Provedeno holatdagi SHG'H kesimida tuzilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hujjatlari asosida ham ma'lumot chiqadigan qilingan (Yuborilgan Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) hisobotining g'azna holati Odobren yoki Prinyatga o'zgargandan so'ng Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotini tasdiqlash mumkin. Chunki hisobotni tasdiqlashda faqatgina Odobren va Prinyat holatdagi hujjatlargina inobatga olinadi. Aks holda hisobotda summalar chiqmaydi). Shu orqali tashkilot Balansdagi va Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotidagi summalar o'zaro mos kelishini tekshirib ko'rishi, qarzdorlik summalari qanchalik to'g'riligini analiz tugmasi bosilganda chiqadigan ma'lumot orqali tahlil qilishlari mumkin (balans hisobotini tasdiqlashda qanday cheklovlar mavjudligi bilan bu yerda to'liq tanishib chiqish mumkin.) Aks holda hisobotlarni qayta-qayta qaytartirib to'g'rilashga to'g'ri kelib qolishi mumkin.

#Dasturdagi_yangiliklar #Tushuntirishlar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentyabdrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari ekanligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1 foiz miqdorda hisoblanishi belgilab qo'yildi. Qonunchilikdagi mazkur o'zgarishni amaliyotda qo'llash uchun dasturga quyidagi qo'shimchalar kiritildi:

- salary.mdm.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida ma'lumot kiritish oynasiga Daromad solig'idan imtiyoz tugmasi va ma'lumotlar ro'yxatiga shu nomli ustun qo'shildi. Bu tugma faqat yuqorida ko'rsatilgan hududlardagi byudjet tashkilotlaridagina ko'rinadi. Shu tugmaga bayroqcha qo'yilgan xodimlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi. Tashkilotning o'zi boshqa hududda joylashgan bo'lib, alohida hududda ishlaydigan xodimlari bo'lsa, unda faqat mazkur xodimlarda ushbu tugmaga bayroqcha qo'yiladi.

- Xodimning FIO, STIR, Daromad solig'idan imtiyoz, JSHSHIR, plastik karta hisobraqami va bankdagi FIO kabi ma'lumotlariga kiritilgan o'zgarishlar dastur xotirasida saqlanib boradi. Endi mazkur o'zgarishlar tarixida uni amalga oshirgan foydalanuvchining FIO ham ko'rinadigan qilindi. Bu dastur foydalanuvchilari o'zlariga berilgan loginlardan to'g'ri foydalanishini ta'minlashga ham xizmat qiladi.

Qonunda mazkur o'zgarishning 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etilishi ko'rsatilgan. Bu shu vaqtgacha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining xodimlarga qaytarib berilishi kerakligini bildiradi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi 414-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 11-bandida Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtiradi (to‘laydi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari), deb belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 22-dekabrda 2850-son bilan ro'yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarining 11-bandida ham Buyurtmachilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari), deb ko'rsatilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, endilikda dasturda I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma (so'rovnoma)ga nisbatan to'lov hujjatlarini elektron jo'natishda, agar unda ijtimoiy soliq summasi ham bo'lsa, dastlab uning to'lov topshiriqnomasi jo'natilgan va oplachen holatda bo'lishini tekshiriladigan qilindi. Aks holda, tegishli ogohlantirish chiqadi va to'lov hujjatlarini tasdiqlab bo'lmaydi.

#Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yilga mo'ljallangan ish vaqti me'yorining davomiyligi tasdiqlandi.

2022-yilda 6 kunlik ish haftasida 294 ish kuni bo'lib, ish vaqtining o'rtacha oylik balansi 294/12=24.5 ish kunini tashkil etyapti (Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo'riqnomaning 18-bandi). Mazkur miqdor 2022-yil 1-yanvardan keyin mehnat ta'tiliga chiqish bo'yicha chiqarilgan buyruqlarga nisbatan qo'llanadi. Shu sababli dasturda Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Raschyot otpusknix qismida mehnat ta'tilini, Dokumenti-Uchet kadrov-Uvolneniye sotrudnika qismida foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiyani hisobashda hujjat sanasining to'g'ri qo'yilishiga e'tibor qaratish kerak bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 161-moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi, haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanishi kerakligi belgilangan. 2021-yilda 1-5-sentyabr kunlari dam olish kunlari bo'lgan bo'lsa, 2022-yilda 1-4-sentyabr kunlari dam olish kunlari bo'lyapti. Xarajatlar smetasini tuzishda shu kabi holatlarni ham hisobga olish kerak.

#Tushuntirishlar #Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
https://telegra.ph/Oylikbot-takomillashtirildi-03-14

UzASBO oylik boti (@oylikbot) takomillashtirildi.

2017-yilning aprel oyida Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan @oylikbot bugungi kunga kelib to‘liq takomillashtirildi. Endilikda maosh ma'lumotnomasida (raschyotniy listok) aks etadigan barcha ma'lumotlarni bot orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
UzASBO DMdan foydalanish bo'yicha ma'lumot beruvchi maxsus bot - @uzasbo_qollanma_bot ishga tushirildi. Botda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

- dasturning har bir qismi bo'yicha matn va video shaklda ma'lumotlar mavjud;

- tushuntirishlar o'zbek va rus tillarida berilgan;

- hozirda main.uzasbo.uz'ning barcha bo'limlari bo'yicha tushuntirishlar qo'yilgan. Dasturning zp.uzasbo.uz qismini takomillashtirish bo'yicha ishlar olib borilyapti, ushbu jarayonlar yakuniga yetishi bilan bu qism bo'yicha ham ma'lumotlar qo'yiladi.

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmonida Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanishi ko'rsatilgan. Mos ravishda har yili kelgusi yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida prezident Farmoni qabul qilinyapti. Lekin qaysi kunlar dam olish kuni, qaysilari ish kuni ekanligi, bunda haftasiga besh yoki olti kun ishlaydiganlarda vaziyat qanday bo'lishi haqida ko'plab tushunmovchiliklar yuzaga kelyapti. Natijada bu bo'yicha OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlar chiqarilyapti. Endilikda UzASBO DM foydalanuvchilariga bunday ma'lumotlar mutlaqo kerak emas, chunki zp.uzasbo.uz dasturiga kirganda dasturda mavjud ish vaqti grafiklari bo'yicha ish vaqti me'yorining davomiyligi qanchani tashkil etishi yuzasidan ma'lumot chiqadigan qilindi. Mazkur yangilikning quyidagi qulayliklari mavjud:

- 2018-2022 yillardagi istalgan oydagi ish vaqti me'yorining davomiyligi qanchaligini bilish mumkin. Bunda dasturga kirganda avtomatik tarzda 6 kun 40 soatlik ish vaqti grafigining tegishli oydagi soatlari chiqadi. Bu yerda ish vaqti grafigi, oy va yilni o'zgartish orqali boshqa grafiklardagi ish vaqti me'yorining davomiyligini ham ko'rish mumkin;

- Tanlangan yil, oy va ish vaqti grafigi bo'yicha bir oydagi jami ish kunlari va soatlari bo'yicha ham ma'lumot chiqadi. Shuningdek, dam olish kuni bo'lgan kunlar qizil rangda chiqadi;

- Ish vaqti grafiklari ro'yxatining eng pastida Mehnat ta'tili kunlari uchun nomli grafik ham bo'lib, bunda mehnat ta'tili hisoblashda qaysi kunlar hisobga olinishi bo'yicha ma'lumot chiqadi, undagi soatlarga e'tibor qilinmaydi. Mehnat ta'tili hisoblashda ham bir qancha tushunmovchiliklar bo'lib, bu bo'yicha avval ma'lumot bergandik;

- Kadrlar bo'limiga tabel to'ldirishda, navbatchilik asosida ishlaydiganlarga nima uchun ish soati bir xil bo'lsa-da, ish haqi miqdori oylar bo'yicha turlicha ekanligini tushuntirish kabi turli boshqa holatlardayam mazkur yangilik katta yordam beradi.

#Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yana oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi Qarorining 2-bandida 2022-yil 1-martdan boshlab Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, zp.mdm.uz'ning Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Litsa osvobojdenniye ot uplati NDFL v razmere 4-x MRZP qismida 5) bolalikdan nogiron boʻlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari. 5) invalidi s detstva, a takje invalidi I i II grupp (5) Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi) imtiyoz turi tanlanib kiritilgan xodimlar ish haqisining 2022-yil mart oyidan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravarigacha qismiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i hisoblab chiqarilmaydi.

Yuqoridagilarni hisobga olib, dasturning mazkur qismiga hujjat kiritishda imtiyoz turini to'g'ri tanlash kerak bo'ladi. Aks holda kerakli xodimlarga imtiyoz berilmay qolishi yoki tegishli bo'lmagan xodimlarga imtiyoz berilib qolishi mumkin.

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonining 4-bandida 2022-yil 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangandi.

O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O'RQ-785-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to'ldirilishi belgilandi:
"farzandlariga nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko'rsatadigan ta'limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to'lanadigan oyiga 3 million so'mgacha bo'lgan to'lovlar".

Dasturda mazkur ushlanmani ushlab, xodimlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha imtiyoz qo'llanishi uchun nodavlat MTT va maktabga qatnaydigan farzand uchun ota-ona to'lovi nomli ushlanma turi qo'shildi. Uni Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Vidi raschetov qismiga kirib, Poluchit iz shablona tugmasini bosgan holda qoʻshib olish mumkin.

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
📱UzASBO DMning mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Android operatsion tizimidagi telefonlar uchun mobil ilovani yuklab olish manzili: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.moliya.uz_asbo

iOS operatsion tizimidagi telefonlar uchun mobil ilovani yuklab olish manzili: https://apps.apple.com/uz/app/uzasbo/id1627229003

Mobil ilovani takomillashtirish yuzasidan takliflar bermoqchi bo'lsangiz, quyidagi guruhda o'z fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin: https://t.me/uzasbo

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
“UzASBO” dasturiy majmuasining E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismiga kirib tuziladigan debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida maʼlumot moliyaviy hisobotining qanchalik toʻgʻri tuzilganligini tekshirish maqsadida undagi Pechat tugmasiga Analiz qismi qoʻshilgan. Unda qachon farq chiqishi, chiqayotgan farqlarni qachon to'g'rilash kerak, qachon farq bo'lsa-da hisobot to'g'ri tuzilgan bo'lishi bo'yicha quyidagi havolada ma'lumot berilgan:
👉 https://telegra.ph/Analizda-farq-bormi-10-18

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi. Shu sababli yangi 072 - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkiliy tasnif kodi qo'shildi va tizimdagi tashkilotlarga ham shu tashkiliy tasnif kodi bilan yangi SHG'Hlar ochildi. Mazkur holatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar hisobini dasturda toʻgʻri amalga oshirishda quyidagilarga eʼtibor qaratish kerak:

1. Yangi ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni main.uzasbo.uz orqali qoʻshib olinadi. SHGʻH maʼlumoti moliya boʻlimidan aniqlanadi va bu yerda koʻrsatilgan tartibda dasturga kiritiladi.

2. Yangi SHGʻHqa kassa va haqiqiy xarajat subschyotlari bu yerdagi maʼlumotning 2-bandida aytilgan tartibda biriktiriladi. Yaʼni Eski SHG"Hqa avvalgi 100010 lik SHG'H ko'rsatiladi va Ochilgan sana qismi ham toʻldiriladi.

3. DMBAT DMda qo'lda kiritilgan xarajatlar smetasini oplachen holatga o'tkazish bu yerda (matn, video) aytilgan tartibda amalga oshiriladi.

4. Quyi tashkilotda mart oyi ish haqini hisoblash tartibi bu yerda keltirilgan videodagidek boʻladi. zp.mdm.uz'ning Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Izmeneniye L/S qismida hujjat 30.04.2023 sana bilan kiritiladi, so'rovnomalarni esa sanasi aprel oyi ko'rsatilgan holda jo'natiladi va g'aznachilik organlariga so'rovnoma summasi borishida mart oyi avansi ayrilib borganligi nazorat qilinadi. Faqatgina yuqori tashkilotda soʻrovnoma, plastik vedomost va SHJBPHga badallar reyestrini jamlash uchun dastlab tashkiliy tasnif kodi 075 bo'lgan SHGʻH tanlanadi. Maʼlumotlar toʻliq shakllanganidan soʻng hujjatdagi SHG'H yangi ochilgan tashkiliy tasnif kodi 072 bo'lgan SHGʻHqa oʻzgartiriladi.

5. Quyi tashkilotda mart oyi ish haqisi uchun toʻlov hujjatlari yangi SHGʻH tanlangan holda tuziladi va bunda soʻrovnoma, plastik vedomost, SHJBPHga badallar reyestri IDsi avtomatik tarzda chiqmaydi. Shu sababli uning ID raqami qoʻlda yozilib, qidiruv berib topiladi.

6. 2023-yil aprel oyi avansi va ish haqisi bilan bogʻliq barcha hujjatlar quyi tashkilotda ham, yuqori tashkilotda ham toʻliq yangi SHGʻH tanlangan holda tuziladi. Bunda xodimlarni Peremesheniye sotrudnika qismiga kiritish talab etilmaydi, 4-bandda keltirilgan videodagi kabi Izmeneniye L/S hujjati kiritilishi natijasida barcha xodimlar avtomatik tarzda yangi SHGʻHqa oʻtgan hisoblanadi.
Yangi SHGʻHdan birinchi marta ish haqi hisoblanayotganda buxgalteriya provodkalari zp.mdm.uz'ning Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Provodki ZP qismidan koʻrsatib qoʻyiladi. Aks holda Dokumentы-Raschet zarplati-Raschet zarplati qismida tuzilgan hujjatni tasdiqlashda provodkasi koʻrsatilmagan har bir toʻlov turi boʻyicha quyidagicha xatolik chiqadi: Oshibka: Provodka ne nayden: Vid raschet Oklad po dnyam Provodka Nachisleniye ZP. Bunda provodkalar Redaktirovat tugma yordamida ochiladi va mavjud provodkalarning pastidan Dobavit tugma orqali yangi SHGʻHqa tegishli provodkalar qoʻshib chiqiladi. Quyidagi buxgalteriya provodkalari uchun Debet subschyotni tanlashda esa haqiqiy xarajat subchyotining tegishlisini (main.uzasbo.uz'da Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Tashkilot hisobraqami qismida tegishli SHGʻHqa biriktirilgan) koʻrsatishga ahamiyat berish kerak:
Ijtimoiy soliq (YESP 25%)
Ish haqi (Nachisleniye ZP)
Direktor jamgʻarmasi (Nachisleniye Direk fond)
Kasallik varaqasi (Nachisleniye B/L)
Homiladorlik va tugʻish taʼtili nafaqasi (Nachisleniye dekret) va h.

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz
🛗 UzASBO-2'dagi qulayliklaridan biri xodimlarni ishga qabul qilishda, avvalgidek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga badallar, ijtimoiy soliq va kasaba uyushmasi uchun ushlanma kabi to'lov turlarini ko'rsatish shart emasligidir. Shuningdek, xodimlar turli sabablarga ko'ra kasaba uyushmasi a'zoligidan chiqib ketishlari mumkin:

- Kasaba uyushmalari to'g'risidagi Qonunga ko'ra kasaba uyushmalariga a'zo bo'lish va a'zolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanishi, unga a'zo bo'lish yoki a'zolikdan chiqishga majburlashga yo'l qo'yilmasligini bilishi;

- Kasaba uyushmalari to'g'risidagi Qonunga ko'ra kasaba uyushmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning qonunchilikda kafolatlanadigan mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini biror-bir tarzda cheklashga sabab bo'lmasligidan xabardorligi;

- o'z haq-huquqlarini mustaqil himoya qila olishiga ishonishi va bunda prokuratura, adliya va sud organlari kabi tashkilotlar yetarli deb hisoblashi;

- turli sanatoriylarga beriladigan yo'llanmalar berish jarayonida shaffof tizim yaratilmagan deb xulosa qilishi;

- to'layotgan a'zolik badalining kichik bir bo'lagi hisobiga bo'lsa-da bayramlar arafasida sovg'alar ulashmasligi;

- faqat to‘langan pul hisobotini talab qilib, mehnat qonunchiligi buzilishi holatlariga e‘tiborsiz qaraydi yoki bu bo'yicha yetarli ishlar olib bormaydi deb hisoblashi;

- to'layotgan a'zolik badallari hisobidan qilinayotgan xarajatlarni nomaqbul deb hisoblashi, buning uchun ham o'zini javobgar deb hisoblashi va boshqa turli sabablar bo'lishi mumkin.

Endilikda tegishli xodimlarda kasaba uyushmasi uchun a'zolik badali ushlab qolinmasligi uchun eski dasturda bo'lganidek Otmenit planoviye vidi rascheta kabi qismga kirilmaydi. UzASBO-2'ning Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Majburiy ushlanma chegirilmaydigan xodimlar qismiga kiritib qo'yilishining o'zi yetarli. Dastur bu yerda kiritilgan va tasdiqlangan hujjatda turgan xodimlarning oylik ish haqidan mazkur ushlanmani chegirib qolmaydi.

Kanalga ulanish: 👇
@uzasbouz