QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.98K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI STIPENDIYASI TANLOVIGA START BERILDI

👨‍🎓O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasining joriy etilishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent davlat agrar universitetining 6 538 nafar nomzodi orasidan 12 nafari, Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetining 156 nafar nomzodidan 3 nafari tanlovning yakuniy bosqichida o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi.

👉Batafsil

#stipendiya #yoshlar #tanlov #talaba

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda agrar soha oliy ta’lim muassasalarining talaba va magistrlari uchun ilk bor Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasi ta’sis etildi.

Mazkur stipendiya uchun nomzodlarni saralash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidan 116 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ulardan 16 nafari yakuniy bosqichda g‘olib bo‘ldilar.

Mazkur oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunda, jami 29 032 nafar talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Ulardan 27 730 nafari bakalavr va 1 302 nafari esa magistratura bosqichlarida o‘qimoqda.

2021-2022-o‘quv yillarida iqtidorli talaba-yoshlarimizning 15 nafari turli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat stipendiyasi sohiblari bo‘lgan bo‘lsa, 2022-2023-o‘quv yillarida ularning soni 5 nafarga oshib, jami 20 nafarni tashkil etdi.

#yoshlar #Qishloq_xojaligi_vazirligi #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA “KARYERA KUNI” O‘TKAZILDI

🧑‍🎓Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022/2023-o‘quv yilida bakalavriat va magistratura bitiruvchilari bo‘yicha «Karyera kuni» —mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

#yarmarka #yoshlar #talaba #TDAU
*****
В ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ АГРАРНОМ УНИВЕРСИТЕТЕ ПРОШЕЛ «ДЕНЬ КАРЬЕРЫ»

🧑‍🎓В Ташкентском государственном аграрном университете совместно с Министерством сельского хозяйства, Министерством высшего образования, науки и инноваций и заинтересованными министерствами и ведомствами была организована ярмарка вакансий для выпускников бакалавриата и магистратуры.

#ярмарка #молодежь #студенты #ТГАУ

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #yoshlar

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirilgani aytib o‘tilib, shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan ayrim tumanlarda yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi qayd etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi.

Bunda - yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;
- davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3052
YOSHLARNING START-UP G’OYA VA TASHABBUSLARINI QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID KELISHUV

🤝Bugun 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD),Yoshlar — kelajagimiz” Jamg‘armasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida uch tononlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

#hamkorlik #kelishuv #yoshlar #ISСAD #Ozbekiston_savdo_sanoat_palatasi #memorandum
*****
СОГЛАШЕНИЕ О ПОДДЕРЖКЕ МОЛОДЕЖНЫХ СТАРТАП-ИДЕЙ И ИНИЦИАТИВ

🤝Сегодня, 14 апреля, Международный центр стратегических разработок и исследований в агропродовольственной сфере (ISCAD) при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, Фонд «Молодежь – наше будущее» и Торгово-промышленная палата Узбекистана подписали трехсторонний меморандум о сотрудничестве.

#сотрудничество #соглашение #молодежь #ISCAD #торгово_промышленная_палата #меморандум

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLARNING NAZARIY VA AMALIY BILIMLARINI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA

🎓Yurtimizda «Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasining navbatdagi dasturiga start berildi.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar faolligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Qolaversa, bu loyiha mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlariga kelgusida istiqbolli kadrlar zaxirasi uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.

«Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasi bir necha bosqichdan iborat: dastlab qatnashchilarning nazariy bilimlari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi test sinovlari orqali baholanadi. So‘ngra, ochiq muloqot davomida talabalarning iqtidori, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad-rejalari o‘rganiladi.

#Yoshlar #talabalar #agrar_soha #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR HAR DOIM VAZIRLIK E’TIBORIDA

🔰Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusida yoshlar bilan ishlashda yangicha tizim joriy etilgan bo‘lib, unda barcha vazirlik va tashkilotlar uchun bir qator topshiriq va vazifalar belgilangan. Xususan, Qishloq xo‘jaligi variligida ham yoshlar bilan ishlashning “mahalladan vazirlikkacha” tizimi joriy qilingan.

Toshkent viloyati Angren shahrida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Axadbek Xaydarov va Qahramon Yuldashevning yoshlar bilan uchrashuvida Angren shahridagi MFYlar bilan hamkorlikda yoshlar yetakchilari, “qizil” toifaga kiritilgan bir guruh yoshlar qatnashdi.

#Yoshlar #mahalladan_vazirlikkacha #Angren
*****
МОЛОДЕЖЬ ВСЕГДА В ЦЕНТРЕ ВНИМАНИЯ МИНИСТЕРСТВА

🔰Известно, что по инициативе руководителя страны была внедрена совершенно новая система работы с молодежью, в рамках которой определен перечень задач к исполнению в разрезе каждого министерства и ведомства. В частности, Минсельхоз инициировал комплекс мероприятий по работе с молодежью по принципу «от махалли до министерства».

На встрече, организованной в городе Ангрене, заместители министра сельского хозяйства А. Хайдаров и К. Юлдашев вместе с молодежными лидерами махаллей встретились с группой молодых людей, входящих в так называемую «красную» категорию.

#Молодежь #от_махалли_до_министерства #Ангрен

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Yoshlar telekanalining informatsion dasturida “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi” hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agronomlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda o‘quv kursi tinlovchilari poytaxtimizdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘lishgani va xorijlik professor o‘qituvchilar tomonida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etiishgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Yoshlar #fermer_xojaligi #dehqon_xojaligi #agronom #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" dasturida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida eksport salohiyatining jadal ortayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda gilosning ko‘plab navlari yetishtiriladigan Farg‘ona viloyati va uning eksport imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Viloyatdagi adirliklarning dehqon xo‘jaliklari tomonidan o‘zlashtirilishi va bog‘larga aylantirilayotgani eksport salohiyatining yanada oshishiga o‘z hissasini qo‘shayotgani ham keltirilgan.

Lavhadan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat miqyosida qiymati 4 mln dollarga yaqin miqdordagi qariyb 5 ming tonna gilos mahsuloti qo‘shni davlatlarga hamda Belorussiya va Saudiya Arabistoniga eksport qilinayotgani va bu ko‘rsatkich yanada oshishi haqida bilib olishingiz mumkin.

#repost #Yoshlar #yangi_davr #gilos #hosil #eksport #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YOSHLAR VA INNOVATSION QISHLOQ-XO‘JALIGI” KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

🔰Toshkent davlat agrar universiteti faollar zalida O‘zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi, Agrar soha ayollari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar o‘rtasida Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi.

#TDAU #korik_tanlov #Yoshlar #innovatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR — QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI EʼTIBORIDA

👥O‘zbekiston bejiz yoshlar mamlakati deyilmaydi. Davlatimiz aholisining deyarli 60 foizi yoshlardan iborat bo‘lgani bois, bugun jamiyat hayotining barcha sohasida ularning alohida o‘rnini va ular ishtirokidagi jarayonlarni ko‘rish mumkin.

“Mahalladan vazirlikkacha” tamoyiliga asoslangan holda, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov va vazirlik xodimlari angrenlik yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandilar.

#uchrashuv #yoshlar #mahalladan_vazirlikkacha
*****
МОЛОДЕЖЬ - В ЦЕНТРЕ ВНИМАНИЯ МИНИСТЕРСТВА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

👥Узбекистан неслучайно называют страной молодежи. Это связано с тем, что почти 60 процентов населения нашей страны составляют молодые люди, которые сегодня активно принимают участие во всех процессах функционирования государства и общества.

Министерство сельского хозяйства Республики
Узбекистан внедрило новую систему по принципу «От махалли к министерству». Логическим продолжением начатой работы стала встреча заместителя министра сельского хозяйства Умида Мамадаминова, а также сотрудников министерства с молодежью Ангрена, чтобы поговорить и узнать, какие проблемы не дают возможности полноценно развиваться и совершенствоваться.

#встреча #молодёжь #от_махалли_к_министерству

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSH OLIMLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

📚Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Yoshlar kuniga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda iqtidorli yosh doktorantlardan tashkil topgan 5 ta guruh o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan taqdim etilgan savollarga belgilangan vaqt ichida aniq javoblar berishga harakat qildilar.

Bellashuv yakuni bo‘yicha Abdurahmon Rasuljonov sardorligidagi 1-guruh jamoasi 1-o’rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #zakovat #yoshlar_kuni #agrar_soha_yoshlari
*****
СРЕДИ ЮНЫХ УЧЁНЫХ ПРОШЛА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ ИГРА «ЗАКОВАТ»

📚В научно-исследовательском институте механизации сельского хозяйства прошла интеллектуальная игра «Заковат».

В находчивости и интеллектуальном развитии соревновались пять групп талантливых молодых докторантов. Участники старались давать точные ответы на поставленные жюри вопросы в отведенное время.

По итогам соревнований команда 1-й группы под руководством Абдурахмана Расулджанова заняла 1-е место и была награждена грамотой и призами от организаторов.

#НИИ #заковат #день_молодёжи #молодежь_аграрной_сферы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ YOSHLARI SURXONDARYODA JAM BO‘LISHDI

👥Boysun. Temir yo‘l vokzali. Bir tomonda karnay surnay sadosi, bir tomonda chanqovuzning kishini bepoyon kengliklar sari chorlovchi mayin ovozi yangramoqda. Milliy kiyinib olgan jajji bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan raqs kishi ko‘zini quvnatadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari hozirgina kelib to‘xtagan poezddan tushib kelmoqda.

Viqorli tog‘lar, daraga tarovati taralgan gullar, pishqirib oqayotgan daryo. Forum ishtirokchilari Darband darasi tomon avtobuslarda borarkan yurtimizning betakror go‘zalligi o‘z nashidasini kuylayotgandek bo‘ladi. Forum ishtirokchilarining navbatdagi manzili so‘lim maskan “Xo‘jaimayxon ota” bo‘ldi.

Ushbu ziyoratgoh o‘zining bulog‘i bilan mashhur. Buloqdan bir soniyada bir necha kub metr suv yer ostidan qaynab chiqadi. Muzdek, tanga rohat beruvchi suv Boysun hamda Sherobod tumanlarini chuchuk suv bilan ta’minlaydi.

#Yoshlar_forumi #Yoshlar_kuni #forum #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚Joriy yilning 24-iyun kuni “Zakovat Arena” intellektual o‘yinlar saroyida Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari, vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agentlik va qo‘mitalarning yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirokida “Zakovat” intellektual bahslari o‘tkazilganligi to‘g‘risida klubning rasmiy telegram kanalida xabar berildi.

Unda 30 iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab tashkillashtirilgan ushbu o‘yinga g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni taqdirlash uchun qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tashrif buyurgani bayon etilgan.

Shuningdek, bahslarda qaysi jamoalar g‘olib bo‘lgani va ularga topshirilgan kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #yoshlar_kuni #zakovat

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanaliga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK” shiori ostida “III Yoshlar forumi” haqida videorolik joylashtirildi.

Unda Surxondaryo viloyatida “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari tantanali kutib olingani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yoshlar viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishgani, forum doirasida tashkil etilgan turli tadbirlar aks ettirilgan.

#Ozdavyerloyiha #yoshlar_kuni #yoshlar_forumi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mamlakatimizda 2017-yildan buyon 30-iyun — “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Barcha sohadagi kabi qishloq xo‘jaligi vazirligining yoshlari ham ilm-fan, intellektual salohiyat, vatanparvarlik va tashabbuskorlik bo‘yicha dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan darajada bilimli, kuchli, uddaburondirlar.

O'tayotgan haftada 30-iyun — "Yoshlar kuni" respublikamizda keng miqyosda nishonlandi. Ushbu bayram yoshlar uchun alohida sana bayram sifatida belgilanishining o‘ziyoq  davlatimiz rahbari tomonidan o‘sib kelayotgan avlod taqdiri masalasiga qaratilgan alohida e’tiborning yaqqol namunasidir.

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, qishloq xo‘jaligi tizimidagi xodimlarning 40 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yaʼni vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparatlarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan 3 152 nafar yoshlardan iborat.

Ularning 110 nafari vazirlik markaziy apparati, 1 441 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy boshqarmalarda, 1 081 nafari tizim tashkilotlari hamda 520 nafari oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritishmoqda.

Mana shunday katta va kuchli jamoa orasidan o‘z mehnati va iqtidori bilan eʼtiborga tushgan va eʼtirofga sazovor bo‘lgan yoshlar bizning filmimiz qahramonlariga aylanishdi.

Maroqli tomosha tilaymiz!

#yoshlar_kuni #yoshlar_forumi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

🗣“Mahalladan vazirlikkacha” tizimida vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalariga 5 toifadagi tarbiyasi og‘ir bo‘lgan jami 18908 nafar yoshlar biriktirilgan. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligiyordami bilan ularning 40 nafari hayotda o‘z yo‘llarini topishga harakat qilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Ikki buloq” dam olish maskanida vazirlikka biriktirilgan yoshlarning 30 nafari bilan uchrashdi.

Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarning navbatdagisi samimiy muloqot tarzida kechdi.

Amaliy muloqotlarning yakunida yoshlarning Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan samimiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlar ularga berilayotgan e’tibordan mamnun ekanligi, o‘z hayot yo‘lini topishi, biznes-rejalarini amalga oshirishdagi ko‘makdan xursand ekanliklarini e’tirof etishdi.

#uchrashuv #vazir #yoshlar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥Yoshlar telekanalining “Yangi davr” informatsion dasturida “Vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri yordami bilan hayotda o‘z yo‘lini topishga urinayotgan Toshkent viloyatilik 30 nafar tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida hikoya qilinadi.

Dam olish maskanida tashkillashtirilgan uchrashuv vazir va yoshlarning muloqotidan so‘ng savol-javob mashqlari, ko‘ngilochar o‘yinlar, sport musobaqalariga ulanib ketdi.

Tadbir tafsilotlarini lavhada tomosha qilishingiz mumkin.

#repost #vazir #yoshlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Yoshlarning muammolari o‘rganildi

Jamiyatning eng katta taʼsirchan kuchi sifatida bugun yurtimiz yoshlari davlatimizda olib borilayotgan keng islohotlar jarayonida faol ishtirok eshitmoqda, vatanimiz taraqqiyotini taʼminlash yo‘lida o‘z g‘oya va takliflari bilan maydonga chiqmoqda.

🖥Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ham yoshlar bandligi va bu orqali ularning daromad topishlarini ta’minlash borasida bir qator amaliy choralar olib borilmoqda.

📝Jumladan, joriy yilning 18-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashish maqsadida Toshkent viloyatining Angren shahriga tashrif buyurdi.

Shu maʼnoda ularning orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, mustahkam qanot bo‘lish bugungi kundagi katta va hayotiy maqsadga aylanmog‘i lozim.

#Angren #yoshlar #muammo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикаси Кегейли туманидаги Жузимбағ маҳалласида бўлди ва ёшлар билан учрашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Жузимбог Кегейлийского района Республики Каракалпакстан и встретился с молодежью.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #yoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X