QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOSH KADRLARNING MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA RAQAMLI XIZMATLAR

💻Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universtitetida o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh kadrlarning turli raqamli xizmatlar bo‘yicha ham bilimini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zarur muhitni yaratishdan iborat.

#raqamlashtirish #yosh_kadrlar #uchrashuv
*****
ЦИФРОВЫЕ УСЛУГИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ МОЛОДЫХ КАДРОВ

💻В Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада Аль-Хорезми состоялась встреча преподавателей со студентами, где были обсуждены вопросы по созданию среды для повышения знаний о цифровых услугах, а также для развития практических навыков молодых кадров.

#цифровизация #молодые_кадры #встреча

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Istiqbol umidlari” tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi

🔸 Mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi, ilm-fan yutuqlarini, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

📝 Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 214-sonli buyrug‘iga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Istiqbol umidlari” tanlovi tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat agrar universitetida ushbu tanlovning dastlabki bosqichiga start berildi.

🔰
Tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berar ekan, ishtirokchilarni 21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabriklab, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

Jamoalar 3 ta shart “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.

Musobaqaning 1-2-3-o’rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo’lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

#istiqlol_umidlari #qishloq_xojaligi #yosh_kadrlar #tanlov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM