QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_uchastkalari_ajratilishi

E-IJARA, E-AUKSION - shaffoflik va tenglikni ta’minlovchi mexanizmlar

🌱Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish, bunda ehtiyojmand fuqarolarga tanlovlarda ustuvorlik berish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔰2022-yil 17-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha tegishli avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida 89 794 gektardan ortiq 396 833 ta lotlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 73 804 ta lot bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlangan. Jumladan, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 84 244 nafar g‘olibga 19 676 gektar yer uchastkalari ajratilib, ular dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga yutib olganlar va dehqon xo‘jaligi sifatida faoliyatni boshlaganlar.

Batafsil
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILDI

📐O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-IJARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2021-yil 23-dekabrdan ishga tushirilgan. Mazkur tizim tegishli vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan bo‘lib, lotlarni ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish maqsadida “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish, shuningdek g‘oliblarning huquq va hujjatlarini tegishli idoralarda rasmiylashlashtirishga ko‘maklashish uchun foydalanilmoqda.

👉Batafsil

#yer_uchastkalari #E_IJARA #E_AUKSION

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM