✅ ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA XORIJ TAJRIBASI
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarni oshirish dasturi (ASK) eksperti Mark Devis bilan Barqaror qishloq xo‘jaligi sharoitida zararkunandalarga qarshi kurash mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Yevropa Ittifoqining ASK Facility dasturi vakillari ishtirok etdi.
🔰 Tadbirda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 20 yildan ortiq ilmiy tajribaga ega xorijlik mutaxassis tomonidan jahon tajribasida zararkunandalarga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ilmiy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro ekspert qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda pestitsidlarni qo‘llash bo‘yicha yangi usul va texnologiyalarni joriy etish hamda zararkunandalarga qarshi kurashning iqlim o‘zgarishiga ta’siri borasida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.
ASK Facility dasturi doirasida tashkil etilgan davra suhbati davomida ishtirokchilar pestitsidlarning respublika hududiga olib kirilishi, saqlanishi va ularni qo‘llash bo‘yicha fikr almashishdi.
#qishloq_xojaligi #pestitsidlar #xorij_tajribasi
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM