QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“UZFOOD 2023” XALQARO KO‘RGAZMASI START OLDI

🔰Bugun 2023-yilning 28-mart kuni Toshkent shahrida navbatdagi “UzFood 2023” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

#UzFood_2023 #korgazma #xalqaro_korgazma

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UZFOOD-2023: TURFA MAHSULOTLAR VA YANGI IMKONIYATLAR

🔰Qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash hamda sifatli va xavfsiz ko‘rinishda xaridorga yetkazib berish eng muhim omil hisoblanadi. Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida bo‘lib o‘tayotgan “UzFood-2023” xalqaro ko‘rgazmasi aynan ushbu maqsadda tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimiga xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, ekspertlar va xalqaro kompaniyalarning rahbar va mutaxassislari tashrif buyurishdi.

#UzFood_2023 #xalqaro_korgazma #Ozekspomarkaz
*****
«UZFOOD-2023»: РАЗНООБРАЗИЕ ПРОДУКЦИИ И НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ

🔰Обеспечение продовольственной безопасности во многом зависит от производства, переработки, хранения и доставки качественной сельхозпродукции. Цели и задачи международной выставки «UzFood-2023», которая проходит в выставочном комплексе «Узэкспоцентр», как раз в этом и заключаются.

В церемонии открытия мероприятия приняли участие представители дипломатических миссий, аккредитованных в Узбекистане, а также эксперты, руководители и специалисты международных компаний.

#международная_выставка #Узэкспоцентр

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🔰 YIRIK XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI KO‘RGAZMASIGA TAYYORGARLIK AVJIDA
 
Joriy yilning 24-26 oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Mazkur ko‘rgazma sokin kuz faslining eng yirik sanoat tadbiridir. Unda dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, ozuqabop ekinlar va g‘alla yetishtirish qayta ishlash uchun innovatsion yechim taklif etuvchi korxonalar ishtirok etishadi.

Ko‘rgazmada qishloq xo'jaligi texnikasi, urug‘lar va ko‘chatlar; issiqxonalarni loyihalash va qurish, issiqxonalar uchun materiallar; sug‘orish tizimi va aksessuarlar; nasos stansiyalarini jihozlash; torf va maysazor aralashmalarini ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda eng so‘nggi mahsulotlar namoyish etiladi.  

Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 24-oktyabr, soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” MKM, 3-pavilonda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun siz onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #innovatsion_yechimlar #texnika

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro maydondagi eksport salohiyati namoyish qilinmoqda

Joriy yilning 5-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida “China international import Expo-2023” VI xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi.

🖋O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Mamlakatimiz iqtisodiy quvvatini namoyish etuvchi stenddan qishloq xo‘jaligi sohasi yutuqlari ham joy oldi.

🏠Pavilonimiz boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Ochilish marosimi va ilk kun tafsilotlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.

📌Tashrif buyuruvchi mutaxassis va xaridorlar diqqatiga mikroko‘katdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli o‘simliklar, sabzavot va ekinlar, Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etilgan.

🌍Dunyo bozorlariga eksport hajmini yana-da oshirish maqsadida ko‘rgazmada “O‘zbek brendi” nomi ostidagi zaminimiz neʼmatlari namoyish etilmoqda.

🔊Ilk natija yomon emas: 2024-2025 yillarda 30 mln. dollarlik eksportni amalga oshirish bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishildi.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #Xitoy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KO‘RGAZMALAR SAMARALI ISHBILARMONLIK PLATFORMASI

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “AgroExpo Uzbekistan – 2023” hamda “O‘zbekiston Agrotechmash Expo–2023” ko’rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish turlarini yanada kengaytirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat bozorini to‘ldirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarning amalga oshirilishida bu kabi xalqaro tadbirlar qishloq xo‘jaligi vakillari uchun samarali ishbilarmonlik platformasi bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.

E’tiborlisi, joriy yil ko‘rgazmada Germaniya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Italiya, Fransiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 170 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuining zamonaviy texnologiyalari, mahsulotlari, uskunalari va yangiliklarini namoyish etishmoqda.

Ko‘rgazmalar joriy yil 1-dekabr kunigacha o‘z ishini davom ettiradi.

#xalqaro_korgazma #samarali_platforma

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM