QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
JANUBIY KOREYA QISHLOQ XO‘JALIGINI DRONLAR BILAN TA'MINLASH NIYATIDA

🕹Toshkentda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning KOTRA agentligi vakillari o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish istagida bo‘lgan koreyalik yetakchi korxonalarning uchuvchisiz parvoz apparatlari taqdim etildi.

Jumladan Janubiy Koreyaning “Geospatial Information”, “HUINS”, “PRENEU”, “Samsung drone”, “Meissa” va “SEESAW D&U” kompaniyalari ishlab chiqargan va aynan qishloq xo‘jaligida qo‘llash mumkin bo‘lgan dronlar – uchuvchisiz parvoz apparatlari (UPA) bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar tanishtirildi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #uchuvchisiz_parvoz_apparatlari #Geoaxborot #O‘zdaverloyiha #O'zbekiston #Janubiy_Koreya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram