QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Ko‘ptarmoqli tadbirkorlik rivoj topmoqda

🐓Tovuq – yetti xazinaning biri, deb bejizga aytishmaydi. Tovuq nafaqat tuxumi, balki go‘shti bilan ham oilalarga baraka olib kiradi. Shu bois ham hozirda davlatimizda parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxonalarning sonini yana-da ko‘paytirish, ularning rivojlanishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga harakat qilinmoqda.

🌍Xususan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Niyozov Abulqosim” x/k ham mana shunday imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib rivojlanayotgan korxonalardan biri. Ushbu korxonada 45 ming bosh parranda mavjud bo‘lib, yiliga 6 mln dona tuxum yetishtirilmoqda.

📍Vazirning navbatdagi ushbu tashrif obyekti aynan shu manzilga belgilandi.

📌Bugun mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilotlar yanada ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish va yuqori samaradorlikka erishish uchun xorijning eng so‘nggi texnologiyalarini olib kelib, ulardan foydalanishmoqda. Ushbu texnologiyalarning afzalligi shundaki, ular avtomatlashtirilgan bo‘lib, tovuqlarga beriladigan ozuqadan tortib, tuxumlar sifatli va foydalilik xususiyatini saqlagan holda yetishtirilgungacha barchasi kompyuter nazorati ostida amalga oshiriladi.

Navbatdagi lokatsiya mazkur korxonaga yondosh hududda joylashgan “Qumtex invest” Q/K MChJ bo‘ldi.

12 gektar yer maydonida barpo etilayotgan korxona tez fursatlarda ishga tushishi belgilangan. Tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilayotgan majmua ishga tushgach 1150 nafar surxonlik yigit-qizlarni ish ta’minlaydi.

Bu yerda vohaning ingichka tolali paxta navidan tayyorlangan eng sifatli kiyim-kechak mahsulotlari nafaqat milliy bozorni, balki Yevropaning eng nufuzli supermarketlar tarmog‘ini to‘ldirishi shubhasiz.

#agrar #vazir #qurilish #surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM