#Seminar #aprobatsiya #paxtachilik
📍Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Namangan viloyatining Elita urug‘chilik xo‘jaligida urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
🔰Unda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari, aprobatsiya komissiyasi aʼzolari, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ekpertlar, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
🔸Seminar davomida urug‘lik uchun ajratilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish, urug‘lik paxtani terish, qabul qilish va saqlash masalalari muhokama etiladi.
Batafsil maʼlumotlarni kuzatib boring

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium
🔰 Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi fani va to‘qimachilik sanoatining yutuqlari, innovatsiyalari, texnologiyalari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium ish boshlaydi.
🗓 17-18-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu simpoziumda yurtimiz va 15 ga yaqin xorijiy davlatdan taklif etilgan qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
📌 Ushbu tadbir haqida keyingi xabarlarimizda yoritib boramiz. Kuzatishda davom eting.
Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM

A‘zam Ravshanov, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI (PSUYEAITI) direktori:
- Bugungi kunda PSUYEAITIda xalqaro aloqalar geografiyasi kengaytirilib, ilg‘or xorijiy tajribalarni respublikaga joriy etish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Natijada, AQSH, Xitoy, Pokiston, Turkiya, Gretsiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Belarus davlatlaridagi ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolanib, soha rivojida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Paxtaning rayonlashgan "Sulton", "Namangan-77", "Andijon-35", "Andijon-36" navlarining urug‘lari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikalariga eksport qilinmoqda. Jumladan, Pokiston Islom Respublikasida 5 ta, Ozarbayjonda 4 ta, Qirg‘izistonda 2 ta g‘o‘za navlari urug‘larini sinash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ravshan Mamutov, O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi bo‘yicha qo‘mitasi raisi:
- Bugun agrar sohada urug‘chilik yo‘nalishining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda o‘rni alohida. Shu sababdan respublikada urug‘chilikni takomillashtirish orqali yangi navlarni yaratish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun maxsus urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etildi. Bu yo‘nalishda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda. Qolaversa, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITIning qator tashkilotlar bilan hamkorlikdagi xizmatini alohida taʼkidlab o‘tmoqchi edim.

Shavkat Hamroyev, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri:
– Simpoziumda belgilangan masalalar juda muhim va ularni hal etishda, shubhasiz, kompleks yondashuv zarur. Olimlarning fikricha, iqlim o‘zgarishi havo haroratining ko‘tarilishiga olib keladi va bu suv ta’minoti uchun xavf tug‘diradi. Vazirligimiz tomonidan respublika hududlarida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, kompleks melioratsiya ishlab chiqilmoqda, mutaxassislar tuproqdagi sho‘rlarni yuvishmoqda va sho‘rlanganlik darajasini kamaytirish ishlari olib borilmoqda. Biz tomchilatib sug‘orishni mamlakatimiz hududlarida keng ko‘lamda joriy etish bo‘yicha o‘rganishni davom ettirmoqdamiz.

Akmal Shamsiyev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i:
- Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yillik ilmiy faoliyati davomida institut olimlari tomonidan g‘o‘zaning tezpishar, yuqori hosil va tola sifatiga ega, urug‘laridagi moy miqdori yuqori, kasalliklar va zararkunandalarga bardoshli, mashina terimiga mos bo‘lgan o‘rta va ingichka tolali navlarini yaratish bo‘yicha keng qamrovli izlanishlar olib borilmoqda. Institut nafaqat O‘zbekistonda, balki Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa ko‘plab xorijiy davlatlarda ham paxtachilik sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Акмал Шамсиев, начальник управления хлопководства Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан:
- За 100-летнюю научную деятельность учеными НИИССАВХ проведена широкомасштабная исследовательская работа по созданию скороспелых, высокоурожайных, средне- и тонковолокнистых сортов хлопчатника с качественными волокнами, с высоким содержанием масла в семенах, устойчивых к болезням и вредителям, пригодных для машинной уборки. Институт вносит свой вклад в развитие хлопковой отрасли не только Узбекистана, но и Туркменистана, Таджикистана, Кыргызстана, Казахстана, Азербайджана и многих других зарубежных стран.
https://t.me/uzagroministry/7111

Telegram
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium
Akmal Shamsiyev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i:
- Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yillik ilmiy faoliyati…
Akmal Shamsiyev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i:
- Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yillik ilmiy faoliyati…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium
🔸 Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumida qishloq xo‘jaligi ekinlari genofondi, molekulyar genetika, biotexnologiya, urug‘chilik, o‘simlikshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish, sug‘oriladigan dehqonchilik, paxtachilik va g‘allachilik, meliorativ va resurs tejovchi texnologiyalar, agrokimyo va tuproqshunoslik, shuningdek, to‘qimachilik sanoati kabi yo‘nalishdagi mavzular muhokama etilmoqda.
___________
🔹 На международном симпозиуме обсуждаются такие темы как: генофонд сельскохозяйственных культур, общая и молекулярная генетика, биотехнология, селекция, семеноводство, растениеводство и защита растений, общее и орошаемое земледелие, хлопководство и зерноводство, мелиорация и ресурсосберегающие технологии, агрохимия и почвоведение, а также текстильная промышленность.

🔸 Boris Borisovich Straumal, f.m.f.d., professor, Rossiya Fanlar Akademiyasi ilmiy markazi direktori:
- Simpozium tashkilotchilariga taklif uchun alohida minnatdorlik bildiraman. PSUYAITIni 100 yilligi bilan tabriklash bilan birga, uning bag‘rida ulg‘ayganimni alohida taʼkidlamoqchiman. Chunki otam ushbu institutda 60 yil davomida ish faoliyatini yuritgan. Uning hayot va kasb yo‘li haqida o‘zim tayyorlagan taqdimot orqali simpozium qatnashchilarini tanishtirib o‘tdim.
————
🔹 Борис Страумал, директор Научного центра РАН, Черноголовка (Россия):
- Благодарю организаторов симпозиума за приглашение и хочется искренние поздравить НИИССАВХ, на полях которого я практически вырос, благодаря деятельности моего отца, который проработал в этом институте 60 лет. О его жизненном пути и работе я и рассказал в своей презентации участникам симпозиума.

#qaror #paxtachilik #urugchilik #yanginav
PAXTA YETISHTIRISHDA YANGI TIZIM JORY ETILADI
Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilishga bag‘ishlanadi.
Unga ko‘ra, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilikda mahsulot eksporti hajmi va real daromadni oshirish bilan bog‘liq vazifalarning ijrosini taʼminlash belgilangan.
Prezident huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashining mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirishga doir vazifalariga eʼtibor qaratiladi.
Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida paxtachilik sohasida olib borilayotgan muhim masalalar haqida batafsil O‘zA saytida berilgan maqoladan o‘qishingiz mumkin.

Uza.uz
Президент қарори пахтачилик ривожида муҳим аҳамият касб этади
Дунё аҳли томонидан Ренессанс даврининг буюк алломалари сифатида эътироф этилган Беруний, Абу Али ибн Сино, Мирзо Улуғбе
#paxtachilik #xalqaro_standart
O‘ZBEKISTON PAXTA KLASTERLARI UCHUN XALQARO STANDARTLARNI JORIY ETISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI
🍀O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva “Better Cotton Initiative” (BCI) nodavlat notijorat tashkiloti menejeri Reychel Bekket bilan hamkorlikni kengaytirish masalasida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston paxtachilik klasterlari uchun xalqaro standartlarni joriy etish, jumladan, ularning litsenziyalash talablariga muvofiqligini tekshirish va mahalliyto‘qimachilik mahsulotlarini kuzatish tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
👉Batafsil
*******************
#хлопоководство #международный_стандарт
ОБСУЖДЕН ВОПРОС ВНЕДРЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ В УЗБЕКСКИЕ ХЛОПКОВЫЕ КЛАСТЕРЫ
🍀Председатель Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, председатель Национальной комиссии по противодействию торговле людьми и принудительному труду Танзила Нарбаева провела встречу с менеджером негосударственной некоммерческой организации «Better Cotton Initiative» (BCI) Рэйчел Беккет по вопросу расширения сотрудничества.
В ходе встречи обсуждены вопросы внедрения международных стандартов в узбекские хлопковые кластеры, включая их соответствие лицензированию и продвижение системы отслеживания отечественных текстильных изделий.
👉Подробнее
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM

#xalqaro_hamkorlik #paxtachilik
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Xorijiy qishloq xo‘jaligi xizmati vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
🤝AQSHning Turkiya davlati Anqara shahridagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kristin Mamma, FAS USDA xizmati qishloq xo‘jaligi marketingi bo‘yicha katta mutaxassis Chaglar Erdogan, Paxtachilik bo‘yicha xalqaro kengash (CCI) vakili Nezixi Aslankeser, AQSHning Toshkentdagi elchixonasi atrof-muhit, fan, texnologiya va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha xodimi Elizabet Gesson va AQSH elchixonasi mutaxassisi Yekaterina Biryukovalar vazirlik va uning huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi xodimlari hamda soha olimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda paxta xomashyosini yetishtirish, qayta ishlash hamda qishloq xo‘jaligi sohasida savdo-sotiq masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Xususan, g‘o‘za urug‘chiligi, uni o‘g‘itlash, mexanizatsiya ishlarining qanday surʼatlarda ketayotgani, paxta xomashyosi ko‘rsatkichlari haqida so‘z bordi. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni ham xorijiy ekspertlar eʼtiborida bo‘ldi.

#seminar #paxtachilik #tavsiyalar
PAXTA HOSILDORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA FERMER VA DEHQONLARGA MO‘LJALLANGAN SEMINARLAR
🌱Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov topshirig‘iga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev boshchiligidagi olimlardan iborat ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hamda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida seminarlar tashkil etildi. Ularda hududning eng ilg‘or fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklaster vakillari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga mamlakatimizdagi tajribali olimlar tavsiya berishdi. Xususan, Toshkent davlat agrar universiteti professori, q.x.f.d Usmon Norqulov paxta agrotexnikasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda hosildorlikka erishish mavzusida, professorlar Rasul Jumayev hamda Muhammadjon Umarovlar esa ekinlarni biologik himoya qilish va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berib o‘tishdi.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Shavkat Amanturdiyev g‘o‘za urug‘chiligi, yangi navlar, birlamchi va elita urug‘ yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Manba: AKIS UZBEKISTAN

INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISHGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILMOQDA
✅Davlatimiz rahbarining hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Surxondaryoga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Tashrif davomida Prezidentimiz xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining hududdagi sanoat va qishloq xo‘jaligi rivoji bilan tanishishi, yangi korxonalarni ishga tushirishda ishtirok etishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Shu bilan birga Prezidentimizning tashrif dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bugun vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
#vazir #tashrif #paxtachilik #Surxondaryo

Paxta aprel-may oylarida ekilib, sentyabr oyining boshlarida yig‘ib olinadi, garchi hozirda mamlakatimizda ertapishar navlarni ham yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular to‘g‘ri parvarish qilinsa, yozning o‘rtalarida pishib yetiladi. Ilgari biz bunday navlar haqida material chop etgan edik.
Seleksiya ishlarini rejalashtirishda tolaning sifati, navlarning sho‘rlanishga, kasallik va zararkunandalarga, mintaqamizda kuzatilayotgan yuqori haroratga chidamliligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Infografikada respublikamiz hududlarida 2023-yil hosili uchun paxta chigiti ekiladigan maydonlar hajmi ko‘rsatilgan.
#infografika #paxtachilik
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOHA MUTAXASSISLARIDAN G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
🌱 Paxtachilikda g‘o‘za qator oralariga kultivatorlar yordamida ishlov berish va chuqur yumshatish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi.
“Yerdagi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish uchun yerga mos ravishda ishlov berish kerak. Kultivatorda agrotexnik tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad aslida namlikni qochirish uchun emas, balki yerdagi mavjud namlikni o‘zida saqlashdir”, deya ta’kidladi mutaxassis.
Qator oralariga ishlov berishda eng avvalo kultivatordagi ishchi organlar soniga alohida eʼtibor berish lozim. Qator orasi 60 sm bo‘lganda kultivatorda 5 ta g‘ozpanja, 8 ta KKO, 20 ta naralnik, agar o‘t bosgan dala bo‘lsa, 20 ta naralnik va 8 ta pichoq o‘rnatilib, jami ishchi organlar kamida 33 ta bo‘lishi kerak.
Qator orasi 90 sm bo‘lganda 5 ta g‘ozpanja, 32-34 ta KKO, begona o‘t tarqalgan maydonda 8 ta pichoq 24-26 ta naralnik, jami 37-39 ta ishchi organi o‘rnatilishi sifatli kultivatsiya qilishni taʼminlaydi.
👉Batafsil
#paxtachilik #paxta #agroklaster #agrotexnik_tadbirlar #kultivator #boranka
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
“Yerdagi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish uchun yerga mos ravishda ishlov berish kerak. Kultivatorda agrotexnik tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad aslida namlikni qochirish uchun emas, balki yerdagi mavjud namlikni o‘zida saqlashdir”, deya ta’kidladi mutaxassis.
Qator oralariga ishlov berishda eng avvalo kultivatordagi ishchi organlar soniga alohida eʼtibor berish lozim. Qator orasi 60 sm bo‘lganda kultivatorda 5 ta g‘ozpanja, 8 ta KKO, 20 ta naralnik, agar o‘t bosgan dala bo‘lsa, 20 ta naralnik va 8 ta pichoq o‘rnatilib, jami ishchi organlar kamida 33 ta bo‘lishi kerak.
Qator orasi 90 sm bo‘lganda 5 ta g‘ozpanja, 32-34 ta KKO, begona o‘t tarqalgan maydonda 8 ta pichoq 24-26 ta naralnik, jami 37-39 ta ishchi organi o‘rnatilishi sifatli kultivatsiya qilishni taʼminlaydi.
👉Batafsil
#paxtachilik #paxta #agroklaster #agrotexnik_tadbirlar #kultivator #boranka
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI
🇺🇿 🤝🇮🇳
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Hindistonning Nath Bio-Genes kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori doktor V. Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, elita urug‘chilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni saqlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urug‘larni yaratish, bunda Hindistonning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish hamda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish haqida fikr almashildi.
Shuningdek uchrashuvda sabzavotchilikni rivojlashtirish bo‘yicha Nath Bio-Genes kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlarini sentyabr oyida O‘zbekistonga olib kelish va yurtimizda kompaniyaning ilmiy tadqiqot instituti Toshkent filialini ochish bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxtachilik #urugchilik #qayta_ishlash #Ozbekiston #Hindiston
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

PAXTA YETISHTIRISHDA YANGICHA IQTISODIY MUNOSABATLAR
Yurtimizda paxtachilik tarmog‘ini samarali rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslarini hayotga to‘laligicha tatbiq etishdir.
Kuni kecha davlatimiz rahbarining Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabriklarida ham paxtachilikka alohida e’tibor qaratdi.
“Bugun paxtachilikda bozor iqtisodiyoti tamoyillari joriy etilib, soha o‘z egasini topdi. Natijada o‘qituvchi maktabga, shifokor shifoxonaga qaytdi, tadbirkorlar paxta “o‘lponi”dan ozod bo‘ldi, majburiy va bolalar mehnatiga chek qo‘yildi. O‘zbekiston xalqaro “qora ro‘yxatlar”dan chiqarildi.
Shunday ekan, oldimizda turgan yana bir muhim vazifa – jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishdir.” deydi – Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar fonida amalga oshirilayotgani mamlakatimiz rahbariyati bu borada belgilagan yo‘lidan aslo og‘ishmasligiga yana bor dalolat qiladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-oktyabrda qabul qilingan Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyada belgilangan paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishda davlatning ishtirokidan bosqichma-bosqich voz kechish borasida respublikada paxta yetishtirishning yangi bozor mexanizmi joriy etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan paxta xom ashyosining xarid narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotidan voz kechildi.
#Paxtachilik #paxta

QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI IMTIYOZLARDAN XABARDORMISIZ?
📝 Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan fermer-dehqonlar, agrofirmalar uchun qator imtiyozlar berilgan. Afsuski, hamma ham ulardan xabardor emas. Bugungi jamlanmamizni bilmaganga – yangilik, bilganga eslatma o‘laroq taqdim etamiz.
🍋Limonchilik. Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.
🚜Paxtachilik. Qonunchilikka ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
🐄 Chorvachilik. Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, chorvachilik klasterlariga:
🟢 60 million AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
🟢 paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.
👉Batafsil
#qonunchilik #subsidiya #kreditlar #agrobiznes #limonchilik #paxtachilik #chorvachilik
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🍋Limonchilik. Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.
🚜Paxtachilik. Qonunchilikka ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
👉Batafsil
#qonunchilik #subsidiya #kreditlar #agrobiznes #limonchilik #paxtachilik #chorvachilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PAXTA-2023: TERIM UYUSHQOQLIK BILAN BORMOQDA
✅ Paxtachilik – qishloq xo‘jaligining eng yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodida, xalqning moddiy farovonligini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar fonida amalga oshirilayotgani mamlakatimiz rahbariyati bu borada belgilagan yo‘lidan aslo og‘ishmasligiga yana bor dalolat qiladi.
Paxta xom-ashyosiga davlat buyurtmasining bekor qilinishi, qat’iy narx belgilash amaliyotidan voz kechilishi bozor munosabatlariga mos yangi klaster tizimining joriy etilishi – fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorlikning oshishiga xizmat qiladi.
Tahlillarga qaraganda, joriy yilda 1 mln 12 ming gektar maydonga tabiiy iqlim sharoitiga mos bo‘lgan 45 turdagi istiqbolli g‘o‘za navlari ekildi.
Paxta maydonlarining 80 ming gektarida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etildi va 111 ming gektari lazerli tekislandi.
250 ming gektar maydonda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida paxta yetishtirildi va 300 ming gektar maydonda sifatli agrotexnika joriy etildi.
#paxta #paxtachilik