QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.57K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi muhokama etildi
 
🇺🇿 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasining tahlili va kelgusida qilinishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, “O‘zbekiston – 2030 strategiyasida belgilangan vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini so‘zsiz taʼminlash kollegial muhokama qilindi.

Darhaqiqat, “O‘zbekiston — 2030 strategiyasida qishloq xo‘jaligiga oid belgilangan maqsad-vazifalar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

🔰 Videokonferens aloqa ko‘rinishida o‘tkazilgan yig‘ilishda, Strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muhtaram Prezidentimizning PQ-300-son qarorida 2023 yilda  bajariladigan 18 ta vazifa va 13 ta maqsadli ko‘rsatkichlarning  mazmun-mohiyati barcha rahbar va xodimlarga tushuntirilib, ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Xususan, masʼullar tomonidan topshiriqlarni  bajarish mexanizmlari to‘liq belgilanmaganligi,  ishlab chiqiladigan 5 ta normativ huquqiy hujjatlarning 2 tasi bo‘yicha ish boshlanmagani tanqid qilindi.

🌱Qolaversa yig‘ilish davomida, umumxalq referendumidan so‘ng, ilk marotaba o‘tkaziladigan Yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kunini nishonlashga mas’uliyat bilan yondashib, uni munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish hamda dekabr oyinig ikkinchi yakshanbasida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan undan o‘rin oladigan chora-tadbir hamda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami belgilab olindi.

Belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan masʼul ijrochilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#ozbekiston_2030 #videoselektor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM