QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
23.6K photos
2.69K videos
7 files
9.37K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZUM - BOG‘DORCHILIKNING HAQIQIY MO‘JIZASI

🍇Mamlakatimizda uzum yetishtirish borasida Oltiariq mirishkorlari tomonidan ulkan tajriba to‘plangan.
Bu yerda deyarli har bir oila uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashriflari davomida suvsiz, rentabelligi past hududlarda uzumzorlarni barpo etish bo‘yicha tashabbuslaridan kelib chiqqan holda barcha viloyatlarda o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, Oltiariq tajribasi asosida uzumzorlarni tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan Andijon, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarining qator tumanlarida uzumzorlarni tashkil etishda Oltiariq tajribasini qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi belgilab olinmoqda.

Bu kabi seminarlarda hududlardagi mavjud uzumzorlarni kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish, yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yerni tayyorlash, sug‘orish va oziqlantirishda qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ham batafsil ma'lumotlar berilmoqda.

#uzum #oltiariqtajribasi #bogdorchilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM