QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH QUVVATI TASHKIL ETILDI

🚜O‘rta Osiyoda dehqonchilik jarayonlarini mexanizatsiyalash tarixi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Institut mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash jarayonlarining dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan muhim nazariy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish, olingan natijalarni konstruktorlik byurolari, mashinasozlik korxonalari, mashina-traktor parklari, texnik servis tashkilotlari, klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarishiga joriy qilish bilan shug‘ullanadi.
*****
В НИИ СОЗДАН НОВЫЙ МИНИ-ЦЕХ

🚜История механизации сельскохозяйственных процессов в Средней Азии тесно связана с деятельностью НИИ механизации сельского хозяйства.

Институт проводит важные теоретические, практические и инновационные исследования, направленные на решение актуальных вопросов механизации сельского хозяйства в нашей стране, после чего занимается внедрением результатов своей научной деятельности в конструкторских бюро, машиностроительном производстве, машинно-тракторных парках, организациях технического обслуживания, кластерах, фермерских и дехканских хозяйствах.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #mexanizatsiyalash #mashinasozlik #texnik_servis #klasterlar #fermer_xojaliklari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINASOZLIGIDAGI INNOVATSION YECHIMLAR – MUTAXASSISLAR MUHOKAMASIDA 📈

Toshkent shahrida “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda onlayn-rejimda Xitoy, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston va Tojikistondan olimlar, ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdi. Anjuman ishtirokchilari o‘z ma'ruzalarida aqlli mexanizatsiya, zamonaviy, resurstejamkor ixcham texnikalarni yaratish ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Konferensiya ishtirokchilari sohada yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan o‘zlarining ilmiy asoslangan takliflarini o‘rtaga tashladi.

#mashinasozlik #texnika #konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM