QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.58K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AGRAR SOHASIGA OID GAZETA VA JURNALLARNING ELEKTRON VARIANTINI VAZIRLIKNING RASMIY SAYTIDAN YUKLAB OLING

📖 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy sayti - AGRO.UZ da agrar sohada olib borilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligiga joriy etilayotgan innovatsion ishlanmalar, soha mutaxassislarining dolzarb fikrlarini chop etib kelayotgan gazeta va jurnallarning elektron variantini joylab borishni yo‘lga qo‘ydik.

🔰Vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnali 2022 yildan buyon chop etib kelinmoqda.

🖊Ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan milliy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

💻Endilikda yurtimiz agrar sohasini yoritishga ixtisoslashgan barcha nashrlar bilan Vazirlikning rasmiy veb-sahifalarida tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #agrokimyo #qishloq_xojaligi #maqola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖“Shirin meva” agrobiznes jurnalida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Green week 2023” yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida mamlakatimizning ishtiroki haqida maqola chop etildi.

🔰Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki, shuningdek, qator xorijiy davlatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralarda erishilgan natijalar haqida so‘z boradi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #shirin_meva #qishloq_xojaligi #maqola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston zamini” jurnali vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan soha vakillarining ilmiy, amaliy va ijodiy izlanishlarini namoyish etish va ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlarni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🔰Jurnalda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifatli, yuqori hosildor navlarini yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash kabi dolzarb mavzular yoritiladi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #maqola #Ozdavyerloyiha #Ozbekiston_zamini #qishloq_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM