QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
TOSHLOQLIK KASANACHILAR O‘Z MAHSULOTLARINI EKSPORT QILMOQDA

🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘ona viloyatidagi tashrifi doirasida Toshloq tumanidagi “Varzak” MFY da istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida ham bo‘ldi. Bu mahalla o‘zining hunarmandlari va oilaviy tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanib keladigan, tinib-tinchimas insonlari bilan alohida ajralib turadi. Ular ota-bobolarimizning qadimiy qadriyatlarini bugungi kunda faol davom ettirib kelmoqda.
Jumladan, ushbu mahalladagi 120 ta xonadon an'anaviy usulda kigiz bosish bilan mashg‘ul.

Mahalladagi 120 ta xonadon ushbu kasanachilik bilan doimiy ravishda mashg‘ul bo‘lsa, har bir xonadonda bir kunda 200-250 kv. metr kigiz tayyorlash imkoni mavjud. 1 ta xonadonda besh oyda o‘rtacha 12 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda.

🌐 Tayyor mahsulotning asosiy qismi esa eksportga yo‘naltirilgan.

📝 Bugungi kunda ushbu kigizlarga bo‘lgan ichki talabni ham to‘la qondirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov shu yerning o‘zida kasanachilar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida ma'lum bo‘ldiki, bugungi kunda yangi ijtimoiy issiqxonalarni tashkil qilishda, umuman tadbirkorlik subyektlarida issiqxonalarni ishga tushirishda mana shu kigizlarni issiq saqlovchi material sifatida ishlatish mumkin. Uning tannarxi ham ancha arzonga tushadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda ham unumdorlik oshadi.

#kigiz #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KIGIZNING SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI OSHMOQDA

🔰 Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari mazkur hududda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarda muqobil energiya resurslari va anʼanaviy issiqni saqlovchi materiallardan foydalanish” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, tadbirkor va xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarni vazir A.Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bugun yurtimizda, ayniqsa, qish va bahor oylarida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, bozorlar va savdo do‘konlarida bu mahsulotlarning maqbul narxlarda barqaror sotilishiga erishishda issiqxona xo‘jaliklarining faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanini, ayniqsa, issiqxonalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini minimal darajada ushlab turish uchun muqobil energiya resurslari hamda bir maromda issiqlikni saqlovchi mahsulotlar foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

Seminar davomida ham mutaxassislar tomonidan kigiz global muammoga aylangan mintaqaviy iqlim o‘zgarishlari sharoitida issiqxonalarning salbiy taʼsirini kamaytirishda va undan himoyalanishda munosib yechim bo‘la olishi borasida maʼlumot berildi.

Aytish kerakki, bugun "Varzak" MFYdagi 120 ta xonadon anʼanaviy usulda kigiz bosish bilan shug‘ullanadi, bu yerda tayyorlanadigan kigizning boshqa hududlarda tayyorlanadigan kigizdan farqi shundaki, uning yopishqoqlik darajasi, o‘z navbatida issiqlikni ushlab turish xususiyati va boshqa ko‘plab jihatlarda o‘ziga xos bo‘lib, o‘tda yonmaydi degan talabga to‘laqonli javob beradi.

Ma’lumot o‘rnida, kigiz o‘rtacha 15 darajagacha issiqlikni ushlab turishi mumkin. Kigiz bilan o‘ralgan kichik hajmdagi issiqxonalarda gaz va ko‘mir sarfi ancha kamayadi, qishning iliq kunlarida esa bu kabi yoqilg‘ilarga ehtiyoj sezilmaydi.

#kigiz #seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘z mahsulotini eksport qilayotgan toshloqliklar

🌍Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Varzak” MFY odamlari o‘zining hunarmandlari va oilaviy tadbirkorlik bilan faol shug‘ullanib keladigan, tinib-tinchimas insonlari bilan alohida ajralib turadi. Ular ota-bobolarimizning qadimiy qadriyatlarini bugungi kunda faol davom ettirib kelmoqda.

🔎Ushbu mahalladagi 120 ta xonadon an’anaviy usulda kigiz bosish bilan mashg‘ul Har bir xonadonda bir kunda 200-250 kv. metr kigiz tayyorlash imkoni mavjud. 1 ta xonadonda besh oyda o‘rtacha 12 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda.

Tayyor mahsulotning asosiy qismi esa eksportga yo‘naltirilgan.

📌Bugungi kunda yangi ijtimoiy issiqxonalarni tashkil qilishda, umuman tadbirkorlik subektlarida issiqxonalarni ishga tushirishda mana shu kigizlarni issiq saqlovchi material sifatida ishlatish mumkin. Uning tannarxi ham ancha arzonga tushadi.

#kigiz #kasanachilik #issiqxona #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM