QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Aholini sifatli sut va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifa

🐄Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli go‘sht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi.

🏫Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi “Mexnat Roxat” X/K ga qarashli chorvachilik hamda baliqchilikka ixtisoslashgan kompleks ham ayni shu maqsadlarni olg‘a surayotgan korxonalardan biri.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrifi ham aynan shu lokatsiyada bo‘lgani ham bejiz emas.

🥛Korxona asosan sut va go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ushbu majmuada 647 bosh “Simmental” zotli qoramol parvarishlanmoqda. Yillik ishlab chiqarish hajmi 810 tonna sut va 105 tonna go‘shtni tashkil etadi. Korxonaga tegishli 2 gektar maydon baliqchilik uchun ajratilgan.

🐟Ulkan maqsadlarni ko‘zlagan mazkur korxonada asosan “Oq amur” baliqlari yetishtirilmoqda. E’tiborlisi, xo‘jalik bir yilda 15 tonna baliq mahsulotlarini yetishtirib, mahalliy bozorga sotuvga chiqarmoqda.

Vazir korxonani ko‘zdan kechirar ekan, o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag‘batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko‘paytirish va aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

#agrar #vazir #ibaliqchilik #chorvachilik #surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM