QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
FEYK XABARLAR HAQIDA KO‘P GAPIRILGAN. FEYK O‘SIMLIK HAQIDA-CHI, ESHITGANMISIZ?

🌱Ha, shunday ham bo‘ladi. Tahririyatimizga go‘yoki Hindistonda o‘sadigan “mo‘jizaviy” o‘simlik – Kalir-kanda haqida yozishimiz so‘ralgan murojaat kelib tushdi. Emishki, bu daraxt bargidan ikki donasini yegan insonni bir hafta qorin ochligi bezovta qilmasmish! Albatta, bu ma'lumot bizni (ayniqsa, tahririyatdagi ozish istagida yurganlarni) qiziqtirib qo‘ydi – ovqat yemasangizu, qorningiz ham ochmasa, bu qanday ajoyib parhez!

Internet tarmog‘idan axborot yig‘dik, o‘rgandik. Ko‘rsak – birorta jiddiy saytda bu “mo‘jizakor” o‘simlik haqida aytilmagan. “Kalir-kanda” deb izlasangiz, asosan biologik faol qo‘shimchalar sotuvchi resurslar, oldi-qochdi xabarlar saytlari va... feyklardan ogohlantiruvchi manbalar chiqib keladi. “Kalir-kanda” shu darajada mashhur yolg‘on ekanki, hatto “faktcheking” – haqqoniy axborotni yolg‘ondan ajratishga bag‘ishlangan materiallarda uni yaqqol misol tariqasida keltirar ekanlar.

Xullas, aslini olganda, tabiatda bunday o‘simlik mavjud emas, uning lotincha nomiyam yo‘q, yolg‘on axborotga “isbot” o‘laroq tirkaladigan suratda esa, ko‘p hollarda, haqiqatan mavjud “Non daraxti” – Artocarpus altilis aks etgan bo‘ladi. Ammo u haftalab qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega emas.

Mana shunday, tabiatda o‘zi boru nomi yo‘q o‘simliklar singari, nomi boru, o‘zi yo‘q o‘simliklar ham uchrar ekan.

#bu_qiziq #feyk #kalir_kanda

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM