QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uruglik #don

🌾 O‘ZBEKISTONGA YUQORI HOSILLI BUG‘DOY NAVLARINING 20 MING TONNA URUG‘LIGI KELTIRILDI

▶️ Uzoq yillardan buyon ekib kelinayotgan g‘alla navlarini serhosil va turli stress omillarga chidamli navlar bilan yangilash hamda g‘alla navdorligi, don va un mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida respublika hududlarining iqlim sharoiti va ob-havoning turli stress faktorlariga bardoshli Rossiya seleksiyasiga mansub ertapishar, yuqori hosilli bug‘doy navlarining 20 ming tonna urug‘ligi Jizzax viloyatidagi “Kenteks” MCHJ agroklasteri tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga olib kelindi.

▶️ Urug‘lik donni respublika bo‘ylab kuzgi muddatlarda ekish uchun g‘alla yetishtiruvchi agroklaster va fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri taqsimlash hamda yetkazib berish ishlari O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

👉 Batafsil

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#don #sifati

DON EKINLARINING NONBOPLIK SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH TADBIRI

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi hamda Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida boshoqli don ekinlarining texnologik va nonboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash yuzasidan o‘qitish hamda laboratoriyani ish jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Mahorat darslari qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari urug‘liklari va ularning mahsulotlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan faoliyat bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, yangi boshoqli don ekinlarining nonboplik sifat ko‘rsatkichlarini baholashni takomillashtirish, ushbu sohalarda kadrlar malakasini oshirish maqsadida tashkillashtirildi.

Tadbir tafsilotlari saytimizda berilgan.

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_navlar #meva_sabzavot #poliz_ekinlari #don_mahsulotlari

2023-YIL UCHUN QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINING YANGI NAVLARI SARALANDI

🌽2022-yilning 20-22-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida vazirlik hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ekspert komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda “O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reеstri”ga 2023-yildan kiritiladigan, chiqariladigan va istiqbolli navlar va duragaylarni tanlash bo‘yicha ekspertlarning xulosalari tinglandi.

👉Batafsil
*****
#новые_сорта #овощи_фрукты #бахчевые_культуры #зерновая_культура #селекция

ОТБОР НОВЫХ СОРТОВ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР ДЛЯ ВЫРАЩИВАНИЯ В 2023 ГОДУ

🌽С 20 по 22 декабря 2022 года
состоялось заседание экспертной комиссии совместно с представителями Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан в Центре испытания сельскохозяйственных культур при Минсельхозе РУ.

Здесь были озвучены заключения специалистов по селекции сортов и гибридов нескольких культур для включения их в «Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных к посеву на территории Республики Узбекистан» с 2023 года.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Don ekinlari mamlakatimizdagi madaniy o‘simliklarning eng muhim guruhidir.

🍞Don insonning asosiy oziq-ovqati, sanoat uchun xom ashyo va qishloq xo'jaligi hayvonlari uchun ozuqa hisoblanadi.

🌾Mamlakatimizda yetishtiriladigan asosiy don ekinlari bug‘doy hisoblanadi.

📈Infografikada 2015-2022-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida don ekinlari yetishtirish hajmi ko‘rsatilgan.

#infografika #don_ekinlari #bugdoy #oziq_ovqat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BOSHOQLI, DUKKAKLI VA MOYLI DON EKINLARINING YANGI NAVLARI

🌾O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida boshoqli don ekinlarining 60 ta navi yaratilgan bo‘lib, shundan 55 tasi kuzgi yumshoq bug‘doy va 5 tasi kuzgi qattiq bug‘doy navlaridir.

Institutda arpaning 700 dan ortiq, tretikalening 200 dan ortiq, bahorgi bug‘doyning 100 dan ortiq namunalari to‘planib, ularni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

#don_ekinlari #dukkakli_ekinlar #boshoqli_don #arpa #ilmiy_tadqiqot_instituti
*****
НОВЫЕ СОРТА ЗЕРНОВЫХ, ЗЕРНОБОБОВЫХ И МАСЛИЧНЫХ КУЛЬТУР

🌾В Научно-исследовательском институте (НИИ) зерновых и зернобобовых культур Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан создано 60 сортов зерновых культур, из них 55 сортов озимой мягкой пшеницы и 5 сортов озимой твердой пшеницы.

В институте собрано более 700 образцов ячменя, более 200 образцов тритикале, более 100 образцов яровой пшеницы, на этих культурах проводятся научные исследования.

#зерно #зернобобовые #пшеница #ячмень #научно_исследовательский_институт

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🌾Don ekinlari — odamlar va hayvonlar uchun mos o‘simliklarni o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan tushuncha. Barcha don ekinlari boshoqli va dukkakli ekinlarga bo‘linadi. Boshoqdoshlar orasida bug‘doy, javdar, arpa, sholi makkajo‘xori va oq jo‘xori asosiy hisoblanadi.

🟢 Xitoy va AQSh don ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi.

🟢Sholi, makkajo‘xori va bug‘doy dunyodagi barcha don ekinlarining 87 foizini tashkil qiladi. Ular orasida yetakchi — makkajo‘xori.

🟢Odamlar tomonidan yetishtirilgan birinchi donlardan biri bu arpadir.

🟢Suli boshqa donlarga nisbatan ko‘proq yog‘lar, oson hazm bo‘ladigan oqsillar va B vitaminlarini o‘z ichiga oladi.

🟢Eng sovuqqa chidamli boshoqli don ekini bu javdar bo‘lib, undan kraxmal, un, spirt olinadi.

Avvalroq, sizni O‘zbekistonda don ekinlari yetishtirish hajmi bilan tanishtirgan edik. Bugun biz mamlakatimizdagi don ekinlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga oid statistik ma‘lumotlarni taqdim etamiz.

#don_ekinlari #fermer_xojaliklari #statistika

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DON MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH: IMKONIYAT VA NATIJALAR

🌾Non aholi isteʼmoli uchun muhim bo‘lgan va doimo ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari sirasiga kiradi. Shu bois ham don yetishtirish, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish dolzarb vazifalardan sanaladi.

“Vodiy yuksalish davri tomorqa xizmati” MChJ 2014-yilda tashkil etildi. Albatta, jamiyat oldida yangi maqsadlar, rejalar bisyor edi. 2020-yilda ushbu korxonada yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Ushbu loyiha donni qayta ishlash hamda qolipli non ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, qiymati 1,1 mln dollarni tashkil etdi. Shundan Jahon banki tomonidan ajratilayotgan kredit liniyasi hisobidan Turkiyadan 495 ming AQSH dollari miqdoridagi zamonaviy texnika olib kelindi. Loyihani amalga oshirishda Qozog‘iston va Afg‘oniston bilan hamkorlik qilinmoqda. Eksport salohiyati borgan sari ortmoqda.

🎥Videolavhamizda ushbu korxona va uning faoliyatiga to‘xtalamiz.
*****
ПЕРЕРАБОТКА ЗЕРНОВЫХ: ВОЗМОЖНОСТИ И РЕЗУЛЬТАТЫ

🌾Хлеб является одним из важнейших видов продуктов питания и практически всегда присутствует в повседневном рационе. Потому выращивание зерна, производство хлеба и хлебобулочных изделий всегда в приоритете обеспечения продовольственной безопасности.

Общество с ограниченной ответственностью «Водий юксалиш даври томорка сервис» в городе Фергане, специализируется на переработке зерна. Общая стоимость проекта составила 1,1 млн долларов. За счет кредитной линии, предоставленной Всемирным банком, из Турции импортировано современное оборудование на 495 тысяч долларов США. Проект реализуется в сотрудничестве с Казахстаном и Афганистаном. Растет экспортный потенциал.

🎥В нашем видеоматериале мы подробно расскажем о его деятельности.

#non #non_mahsulotlari #don_mahsulotlari #Jahon_banki #eksport #зерно #хлеб #хлебобулочное_изделие

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘ALLACHILIK: YUTUQLAR SARHISOBI

🌾Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi, suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

Jami, 75 ta tijorat vakillari tomonidan 2 722 ming tonna (106%), jumladan 2 456 ming tonna tovar don (1 305 ming tonna davlat resurslariga xarid qilish va 1 151 ming tonna birja savdolarida sotish uchun vaqtincha saqlash), 2024-yil hosili uchun 265,6 ming tonna (110%) sara urug‘lik don jamg‘arildi.

Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilganligi samarasi o‘laroq, g‘alla hosildorligi:
Buxoro viloyatida 74,8 s/ga
Toshkentda 74,2 s/ga
Samarqandda 73.8 s/ga
Farg‘onada 73,7 s/ga
Andijonda 73,5 s/ga
Xorazm 73 s/ga
Surxondaryoda 72,3 s/ga
Sirdaryoda 72,1 s/ga
Namanganda 72,6 s/ga ni tashkil qildi.

#qishloq_xojaligi #don_mahsulotlari #galla_hosildorligi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA

🌾Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.

Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.

Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
*****
СЕКРЕТ УСПЕХА — В ПРАВИЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ РАБОТЫ

🌾Министр сельского хозяйства Азиз Воитов продолжил знакомство с ходом реализации реформ в агросфере, а также с тем, как развивается семеноводство в Кашкадарьинской области. Следующим пунктом в насыщенной программе рабочего визита значилось ООО «Nishon New Don Bestseeds» в Нишанском районе.

Данное предприятие занимается сортировкой и обработкой семян зерновых культур. Поскольку работа организована должным образом, суточная производственная мощность предприятия составляет 150 тонн. Это даёт возможность поставки более 4000 тонн отобранных и здоровых семян в месяц.

Рабочая группа во главе с министром сельского хозяйства также посетила животноводческий комплекс ООО «Уз Инжиниринг Констракшн Ндх» в Нишанском районе. Азиз Воитов ознакомился с проводимой здесь работой.

#tashrif #don_mahsulotlari #galla #uruglik #chorvachilik #Golshtin #sut #qoramol #Qashqadaryo #визит #семеноводство #животноводство #Кашкадарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICHKI BOZORNI UN MAHSULOTI BILAN BARQAROR TA'MINLASH UCHUN ZAXIRA YETARLI

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq boshlangan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va bug‘doyni qayta ishlash korxonalarining faoliyati tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Jumladan, joriy yil hosilidan respublikamiz g‘allakorlari tomonidan 8,1 million tonnalik g‘alla xirmoni yaratilgan.

📊 8,1 mln tonnalik g‘alla xirmonini yaratishda respublika fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari yuqori hosildorlik namoyish etdilar – suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

Shu bilan birga, respublikada faoliyat yuritayotgan donni qayta ishlash korxonalarining soni 200 tadan ortib, aholini sifatli un mahsulotlari bilan ta'minlash darajasi o‘tgan davrlarga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi.

Jumladan, sohada yaratilgan imkoniyatlar natijasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subyektlari tomonidan import qilingan bug‘doyni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan 926 ming tonna un mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 barobarga oshgan.

Bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligining oshishi hamda xo‘jalik subyektlarining eksport amaliyotlari orqali respublika iqtisodiyotiga valyuta oqimining kirishini ta'minlamoqda.

#un_zaxirasi #don #ishlab_chiqarish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM