QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YERNI LAZER BILAN TEKISLASHNING AFZALLIKLARI

🚜Sug‘orma dehqonchilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini yaxshi yetishtirish, sug‘orish suvi, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, energiya resurslar sarfini tejash, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda dala maydoni tekisligi katta ahamiyatga ega.

👉Batafsil

#tuproq #lazer #ishlov_berish #dehqonchilik #fermer #afzalliklar
*****
ПРЕИМУЩЕСТВА ЛАЗЕРНОГО ВЫРАВНИВАНИЯ ЗЕМЛИ

🚜Ровность поля имеет большое значение на орошаемых землях для хорошего возделывания сельскохозяйственных культур, рационального использования воды для полива, распределения удобрений, экономии расхода энергоресурсов, а в результате и на получение высокого и качественного урожая сельскохозяйственных культур.

👉Подробнее

#почва #лазер #преимущество

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Е-AUKSION” ELEKTRON TANLOVI: DEHQONCHILIK VA DAROMAD UCHUN QULAY IMKONIYAT

👥Tanlovda kimlarga ustuvorliklar bor?

📐Qanday yer maydonlari ajratiladi?

📝Tanlovda ishtirokchi qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

👉Ushbu savollarga javoblarni maqolamizdan topasiz.

📺To'liq video

#Е_auksion #tanlov #dehqonchilik #daromad #imtiyoz
*****
ЭЛЕКТРОННЫЙ КОНКУРС «Е-AUKSION»: ХОРОШАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ ДЛЯ ЗАРАБОТКА В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ

👥Кто имеет право принять участие в конкурсе?

📐Какие земельные участки будут выделены?

📝Какие преимущества получит участник конкурса?

👉Ответы на эти вопросы вы найдете в нашем материале.

📺Полное видео

#Е_auksion #конкурс

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
LALMIKOR DEHQONCHILIK UCHUN YANGI NAVLAR YARATILMOQDA

🔬Bugungi kunda dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan yer maydonlari 1,6 mlrd gektarga teng bo‘lib, shundan 1,3 mlrd gektari lalmi yerlar hisoblanadi. Ularda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 60 foizi yetishtiriladi.

Respublikamizda lalmi ekin yerlarning umumiy maydoni 755,9 ming gektarni yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 2,9 foizini tashkil etadi.

👉Batafsil

#lalmikor_dehqonchilik #dehqonchilik #qishloq_xojalik_ekinlari
*****
НОВЫЕ СОРТА СЕЛЬХОЗ КУЛЬТУР ДЛЯ БОГАРНЫХ ЗЕМЕЛЬ

🔬Сегодня площадь земель под сельскохозяйственные культуры в мире составляет 1,6 млрд га, из которых 1,3 млрд га – богарные (орошаемые) земли. На орошаемых землях выращивается 60% сельскохозяйственной продукции.

Общая площадь богарных земель в нашей республике составляет 755,9 тыс. га, что составляет 2,9% от общего количества сельскохозяйственных земель.

👉Подробнее

#сельскохозяйственные_культуры #орошаемые_земли #богарная_земля #новые_сорта

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA KUZGI BUG‘DOYDAN YUQORI HOSIL OLISH USULI YARATILDI

🔬O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘simliklarning yangi navlarini yaratishda issiqlik, qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamlilik darajasi o‘rganilib, zarur xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

👉Batafsil

#dehqonchilik_ilmiy_tadqiqot_instituti #yangi_navlarni_yaratish
*****
В НИИ СОЗДАН МЕТОД ПОЛУЧЕНИЯ ВЫСОКОГО УРОЖАЯ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ

🔬В Научно-исследовательском институте земледелия в южных районах при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан проводится комплексная работа по созданию высокоурожайных и качественных сортов и видов сельскохозяйственных культур. В частности, при создании новых сортов изучается степень их устойчивости к жаре, засухе и засолению почвы.

👉Подробнее

#Научно_исследовательский_институт_земледелия #новые_сорта

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer yuzidagi quruqlikning necha foizini dehqonchilik uchun yaroqli yerlar tashkil qilishi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 163 kishi ishtirok etdi. Respondentlardan 41 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – quruqlikning taqriban 13 foizi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun yaroqli.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #dehqonchilik #yer #resurslar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘ALLADAN BO‘SHAGAN YERLAR EHTIYOJMANDLARGA AJRATIB BERILMOQDA

🌾Respublikamizdagi mavjud g‘alla maydonlarida hosil o‘rib olingach, ezgu bir ishga qo‘l urildi. Yaʼni g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ajratib berilmoqda. Bunda nafaqat yerdan unumli foydalaniladi, balki ehtiyojmand odamlar qo‘llab-quvvatlanadi, oilalarga daromad kiradi.

Pop tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlarni ehtiyojmand aholiga foydalanishga berish amaliyotining hayotga tatbiq etish orqali joriy mavsumda 800 gektar maydonda 4 mingdan ortiq kam taʼminlangan oila dehqonchilik qilishi orqali daromadlarini oshiradilar. Shuningdek, yana shuncha oilaga 250 kilogramdan jami 1005 tonna bug‘doy, 20 tadan jami 80 ming 400 ta somon pressi beriladigan bo‘ldi.
*****
ОСВОБОДИВШИЕСЯ ОТ ЗЕРНОВЫХ КУЛЬТУР ЗЕМЛИ ВЫДЕЛЯЮТСЯ НУЖДАЮЩИМСЯ В СОЦИАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКЕ

🌾После сбора урожая зерновых, по уже сложившейся традиции перешли к благородному делу. А точнее, земельные участки, освободившиеся от зерновых выделяются населению, нуждающемуся в социальной защите, под повторные посевы. Таким образом, эффективно используются наделы, и при этом поддерживаются нуждающиеся люди, а их семьи получают доход.

Более 4000 малообеспеченных семей Папского района благодаря подобной практике в этом сезоне увеличат свои доходы, занимаясь сельским хозяйством на 800 га. Также аналогичному количеству семей будет передано в общей сложности 1005 тонн пшеницы по 250 килограммов, и 80 400 тюков прессованной соломы по 20 на одно домохозяйство. В Туракурганском районе области засеяно 5114 га освободившихся от зерновых площадей, из них 415 га передадут в распоряжение 2075 малообеспеченных жителей.

#dehqonchilik #galla #takroriy_ekin #bugdoy #зерно #пшеница

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA G‘ALLA XIRMONLARI TO‘LMOQDA

🌾Surxondaryo viloyati janubiy mintaqada joylashgani bois, dehqonchilik mahsulotlari boshqa hududlarga nisbatan erta pishib yetiladi. Iqlim sharoitining issiqroq bo‘lishi mirishkor aholiga bu yil ham qo‘l keldi.

Surxondaryo viloyati Angor tumani g‘allakorlari joriy yilda 6 ming 500 gektar maydonda boshoqli don parvarishladi. Tumandagi “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi mirishkorlari o‘rim-yig‘im boshlangan ilk kundayoq ko'zlangan natijalarga erishdi.

Hasan Muqimov, “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi rahbari:

54 gektar yerning 35 gektariga g‘alla, 19 gektariga paxta ekkanman. Surxondaryo iqlimiga mos bo‘lgan “Alekseyevich” navini Rossiyadan olib kelib ekkan edik va bugungi kunda ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. G‘alla maydonlarimizning har gektaridan 100 sentnerdan bug‘doy olishga erishdik. Bundan tashqari, pillachilikda ham katta natijalarga erishdik. Paxtaga keladigan bo‘lsak, yuqori darajadagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Buning natijasida har gektaridan 45 sentnerdan paxta olishga umid qilmoqdamiz”.

#dehqonchilik #fermer_xojaligi #galla #bugdoy #pillachilik #paxta #tomchilatib_sugorish #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM