QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
😄 O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida "Ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali uzoq muddatga ijaraga berilmoqda" sarlavhali maqola chop etildi.

Maqolada keltirilishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 9 ming 88 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaliklari uchun ajratish rejalashtirilgan. Ushbu yerlar 22 mingta lotga bo‘linib, auksionga chiqarilgan bo‘lsa, bugunga qadar 19 ming 400 nafar fuqaroga yer ajratib berilgani bayon etilgan.

Shuningdek, bugungi kunda ajratilgan maydonlarda urug‘ qadash ishlari amalga oshirilayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashabbusi bilan hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda lozim bo‘ladigan zamonaviy mini-agrotexnikalar imtiyozli kredit shartlari asosida yetkazib berilayotgani keltirilgan.

📝Maqolani to‘liq bu yerda o‘qishingiz mumkin.

#repost #UzA #qishloq_xojaligi #dehqon_xojaliklari #elektron_tanlov

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM