QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDT #Samarqand #Biznes_forum #birifing #Agroforum

Tadbirkorlar tomonidan "B2B" va "G2B" formatidagi muzokaralardan so‘ng brifing bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev so‘zga chiqdi.

U TDTning o‘ziga xosligi uning hamkorlik uchun ko‘p qirrali yo‘nalishlari mavjudligida ifodalanishini ta’kidladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi hamda uning doirasida Turkiy davlatlar Agroforumi o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi doirasida sohani raqamlashtirish, urug‘chilik, organik qishloq xo‘jaligi, agrar ta’lim, chorvachilik, agrosanoatni moliyalashtirish va Sug‘urta fondini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

"Agroforum doirasida o‘tkazilgan “B2B” tarzidagi uchrashuvlar yakuni bilan 8 ta investitsiya bitimi va 49 ta savdo shartnomasi imzolandi", – deya ta’kidladi Qahramon Yuldashev.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM