QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#anor #festival

BIRINCHI ANOR FESTIVALIGA MARHAMAT!

2022-yil 5-oktyabr
kuni qishloq xoʻjaligi sohasida ilk bor Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida respublika miqyosidagi Birinchi anor festivali oʻtkazilmoqda.

Tadbir tashkilotchilari: Yevropa Ittifoqi komissiyasi, Jahon banki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, vazirlik huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Surxondaryo viloyati xokimligi, Oʻzbekiston Anorchilar assotsiatsiyasi, “Annexure Financial Solutions” konsalting kompaniyasi va «ShirinMeva” jurnali.

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#anor #navlari

O‘ZBEKISTON ANORLARI: YETISHTIRILISHI, FOYDASI, NAVLARI

Mamlakatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 10,8 ming gektar maydonda 82,9 ming tonna anor hosili yetishtiriladi. Shundan, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 7,6 ming gektardan 44,0 ming tonna hamda aholi tomorqa maydonlarida 3,2 ming gektardan 38,9 ming tonna anor hosili olinadi. 2022-yilda 10,5 ming gektar yangi anorzorlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shu kabi anor yetishtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar, navlari va foydali jihatlari haqida maqolamizda o‘qing.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#anor_festivali

🎊Ayni damda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida O‘zbekistonda ilk bor I-chi Anor festivali o‘tkazilmoqda. Tadbirda “mevalar qiroli” deya nom olgan anor mevasining eng sara navlari namoyish etiladi. Festival mehmonlari anorning ajib taʼmlarini tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, O‘zbekistonda anorchilik istiqbollari haqidagi qiziqarli maʼlumotlar mutaxassislar tomonidan maʼruzalar orqali yoritib beriladi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi, Jahon Banki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida O‘zbekiston anorchilari assotsiatsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yosh fermerlari kengashi va boshqa bir qator tashkilotlar ishtirokida tashkil etilmoqda.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anor_festivali

🎊“Sherobod anor impex” MCHJ hududida bo‘lib o‘tayotgan festival kun tartibidan ko‘pgina qiziqarli tadbirlar o‘rin olgan. Ular orasida ko‘rgazma va anor maydonlari bo‘ylab ekskursiyalar, degustatsiya jarayonlari, anorni qayta ishlash korxonasiga sayohat, seminarlar hamda tanlovlar va sovrinli o‘yinlar bor.

Festivalda Xalqaro moliya tashkilotlari va Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Xitoy, Tojikiston, Afg‘oniston va Eron kabi xorijiy mamlakatlar vakillari ham qatnashmoqda.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#anor #navlar #yetishtirish

O‘ZBEKISTONNING DOVRUG‘I DOSTON ANORLARI

O‘zbekistonda qancha maydonga anorzorlar tashkil etilgan

Respublikada qanday anor navlari yetishtiriladi

Farg‘onadagi yetishtirilayotgan danaksiz anor navi haqida eshitganmisiz

👉Ushbu savollarga javoblarni maqolamizda o‘qing

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
SHEROBODDAGI ZAMONAVIY ISSIQXONA BARCHA TALABLARGA JAVOB BERADI

🌱Bugun 20-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryoga amalga oshirgan xizmat safaridan so‘ng unga qo‘shni viloyat Surxondaryodagi qishloq xo‘jaligi maskanlariga yo‘l oldi.

Dastlabki tashrif manzili “Sherobod Anor Impeks” MChJ ga qarashli zamonaviy issiqxona bo‘ldi. Ushbu maskanda anor soki, meva-sabzavot mahsulotlarini tashish, qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash bo‘yicha agrologistika markazining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mevalarni quritish, kalibrovka qilishni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 50 mlrd so‘m. Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mlrd so‘m etib belgilangan korxonada yiliga 17000 tonna anor mevasi va 5000 tonna anor soki ishlab chiqarish ko‘zlanmoqda. Korxonaning eksport salohiyatiga eʼtibor qaratsak, 200 mln dollarni tashkil etadi.
*****
СОВРЕМЕННАЯ ТЕПЛИЦА В ШЕРАБАДЕ ПОЛНОСТЬЮ СООТВЕТСТВУЕТ ТРЕБОВАНИЯМ ВРЕМЕНИ

🌱Сегодня, 20 июля, министр сельского хозяйства Азиз Воитов после рабочего визита в Кашкадарью приехал в Сурхандарьинскую область.

Первым объектом посещения стала современная теплица ООО «Шерабад Анор Импекс». Здесь создан агрологистический центр по переработке фруктов и овощей, в том числе включающий производство гранатового сока, транспортировку, сортировку, упаковку и хранение сельскохозяйственной продукции. Также на предприятии осуществляется сушка и калибровка фруктов.

Общая стоимость проекта — около 50 миллиардов сумов. Производственные мощности комплекса позволяют перерабатывать 17 тысяч тонн граната и выпускать 5 тысяч тонн гранатового сока. Предприятие планирует экспортировать продукцию на 200 миллионов долларов США.

#tashrif #issiqxona #anor_soki #meva_sabzavot #qayta_ishlash #agrologistika_markazi #eksport #kochatchilik #pomidor #Surxondaryo #визит #теплицы #гранатовый_сок #переработка #экспорт #Сурхандарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SHEROBODNING DOVRUG‘I DOSTON ANORLARI

Bundan 10–15 yil oldin Sherobod tumanida anorchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar bo‘lmagan.

Hozirda esa ularning soni 208 taga yetdi. Hududda 3 ming 300 gektar maydonda 2 million 475 ming tup anorning serhosil navlari parvarishlanyapti. Har yili 22 ming tonnagacha anor yetishtiriladi.
*

ЗНАМЕНИТЫЙ ГРАНАТ ШЕРАБАДА

Еще 10-15 лет назад в Шерабадском районе не было фермерских хозяйств, специализирующихся на выращивании граната.

Сейчас же число таких хозяйств достигло 208. На территории площадью 3 тысячи 300 гектаров выращивается 2 миллиона 475 тысяч кустов граната. Ежегодно выращивается до 22 000 тонн граната.

#anor #anorchilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Anor haqida nimalarni bilamiz?

Hozir yurtimizda anor gʻarq pishgan payt. Anorning o'ziga xos shirin va nordon  ta'midan bahramand bo'lishning ayni vaqti.  Bunday paytda anor haqidagi qiziqarli faktlarni bilib olish zarar qilmaydi.

Anor pishib yetilishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.  Yozdan kuzgacha daraxt mo'l-ko'l gullaydi, lekin gullarning aksariyati toʻkilib ketadi.  Saqlanib qolgan mevalari esa 120-160 kun ichida pishib etiladi.  Pishganidan so'ng, meva namlikni yo'qotishni boshlaydi va osti yorila boshlaydi.

26- oktyabr Ozarbayjonda anor kuni.  Bu katta milliy bayram bo'lib, har bir kishi yangi hosildan yangi anor mevalari va  sharbatidan  tatib ko'radi.  Darvoqe, Ozarbayjon anorning barcha navlari yetishtiriladigan  yagona mamlakat.

Ba'zi mamlakatlarda anor bilan bog'liq maxsus an'analar ham  mavjud.  Misol uchun, Armanistonda to‘ydan oldin qiz nechta farzandli bo‘lishini bilish uchun devorga anor otadi. Anor donalarining sochilishini tasavvur qiling ... Lekin Xitoyda anor boylikni anglatadi, shuning uchun ular to'y sovg'asi sifatida anor tasvirlangan rasmlarni berishadi.

#bu_qiziq #anor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida anor yig‘im-terim ishlari qizg‘in pallada

🌳Anor mevasi barcha mevalarning qiroli hisoblanadi. Uning to‘q qizil rangi ko‘zni qamashtiradi. Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qo‘llanilib kelinadigan mevalardan biridir.

🍎Anorning foydaliligi tan olingan bo‘lib, unda organizmning yaxshi faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha kerakli vitaminlar mavjud. unda go‘sht mahsulotida mavjud 15 aminokislotalar, S, R, B6 va V12 to‘rt vitaminlari mavjud. Shu bilan birga anor yod, kaliy, kalsiy, temir va kremniy kabi minerallarga boy mahsulot hisoblanadi.

#Anor #Sherobod #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM