This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YAPONIYA OROLBO‘YI MINTAQASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHGA KO‘MAKLASHADI
🤝 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Takashi Hatori, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Fayyad Qarman uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihada Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan dolzarb muammolarni hal qilish, Qoraqalpog‘iston aholisi o‘rtasida moslashish va chidamlilikni oshirishga ko‘maklashishda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda qayd etilishicha, ushbu tashabbus Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi tufayli amalga oshiriladi. Qiymati 2 million dollarga teng mazkur dastur Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bu orqali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida joriy etilyapti.
#xalqaro_hamkorlik #Orolboyi
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM