QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.2K photos
2.72K videos
7 files
9.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
7-IYUN — JAHON OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI KUNI!

🥗Qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtiriladigan va biz isteʼmol qiladigan mahsulotlar eng avvalo, sifatli va xavfsiz bo‘lishi lozim! Agar oziq-ovqat xavfsiz bo‘lmasa, unda insonlarning salomatligi, hayoti xavf ostida qoladi. Mutaxassislar xavfsiz va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish insonlarda 200 ga yaqin kasalliklarni, xususan, saratonni ham keltirib chiqarishini taʼkidlashadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining iqtisodiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi bugungi sanani — Jahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni sifatida nishonlanishi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) aholini va tashqi bozorlarni xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda hamkorlikdagi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Biz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yo‘lida birgamiz, yakdilmiz!

#Jahon_oziq_ovqat_xavfsizligi_kuni #7_iyun #FAO

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram