QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.44K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHEROBODDA QOVUN PISHDI

🍈Sherobodlik dehqonlar yana ilg‘orlikni boy berishmadi. Mavsumning yangiligi bo‘lgan qovun pishiqchiligi aynan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida boshlandi. Qishning so‘nggi kunlarida yerga urug‘i qadalgan qovunlar hozirda pishib, ko‘zni quvnatmoqda.

Plyonka ostiga ekilgan qovun urug‘lari dehqonlarning sa'y-harakatlari bilan sovuqdan, jala va do‘ldan himoya qilindi. Buni qarangki, may oyining dastlabki o‘n kunligida qovunlar pishib, fermer xo‘jaligi tomonidan mahalliy bozorlarimizga yetkazilmoqda.

Bu maydonda ekilgan Dakara navli qovun erta pisharligi bilan ajralib turadi. Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ekilgan maydonda doimiy ravishda 11 kishi, mavsumda esa 50-70 nafargacha ishchilar mehnat qilishmoqda. Ayni kunlarda maydonning har gektaridan 30 tonnagacha hosil olinmoqda.

#qovun #hosil #Dakara #Sherobod #Surxondaryo
*****
СОЗРЕЛИ ДЫНИ В ШЕРАБАДЕ

🍈Фермеры из Шерабада как всегда в авангарде. Созревание дыни, как обычно, началось в Шерабадском районе Сурхандарьинской области. Дыни, семена которых были высажены буквально в последние дни зимы, сейчас созревают и радуют глаз.

Семенной материал, посаженный под пленку, стараниями фермеров был под защитой от холода, дождя и града. Каждый раз это впечатляет, когда в первой декаде мая созревают дыни и начинают поставляться на наши рынки.

Высаженный на этой территории сорт дыни «Дакара» отличается скороспелостью. На площадях,где выращивают арбузы и дыни, постоянно работают 11 человек, а в сезон число работников доходит до 50-70 человек. В эти дни с каждого гектара собирают до 30 тонн продукции.

#дыня #урожай #Шерабад #Сурхандарья

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram