QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS

🇺🇿“Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligida vazirlik boshqarma boshliqlari va mas’ul xodimlari “Gʻalaba bogʻi”ga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushida jasorat ko’rsatgan hamda yurt farovonligi yo’lida jonlarini fido etgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda, bog’dagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yishdi.

#Qishloq_xojaligi_vazirligi #xotira_va_qadrlash #9_may
*****
ПАМЯТЬ - ВЕЧНА, ПОЧЕСТИ – СВЯЩЕННЫ

🇺🇿По случаю «Дня памяти и почестей» под руководством заместителя министра сельского хозяйства Кахрамона Юлдашева начальники управлений и ответственные работники министерства посетили «Парк Победы» и отдали дань уважения тем, кто в годы Второй мировой войны боролся за процветание своей Родины, нашим предкам, отдавшим жизнь за мир и благополучие на нашей земле и возложили венки к подножию мемориального комплекса «Ода стойкости» в «Парке Победы».

#Министерство_сельского_хозяйства #день_памяти_и_почестей #9_мая

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA FAXRIYLARI E’TIBORDA

🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni. Bu kun yurtimiz ozodligi yo‘lida jon bergan ajdodlarimizni xotirlash bilan birga mana shunday dorulomon kunlarda nevara-yu evaralari ardog‘ida umrguzaronlik qilayotgan keksalarimiz, duogo‘y yoshi ulug‘ insonlarimizni yo‘qlash yurtdoshlartimizda yaxshi an’anaga aylangan. Zero bu farzandlarini kattalarga hurmat kichiklarga izzat ko‘rsatishdek odob bilan tarbiyalaydigan xalqimizning o‘ziga xos fazilatlaridan hisoblanadi.

Mazkur sana munosabati bilan yurtimizning agrar sohasida uzoq yllar samarali mehnat qilib, qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari rivojiga munosib hissa qo‘shgan, sohaga ko‘plab ilmli kadrlarni yetishtirib bergan fidoyi insonlar – qishloq xo‘jaligi faxriylari holidan xabar olinib, dildan suhbat qilindi.

#Qishloq_xojaligi_vazirligi #vazir #xotira_va_qadrlash #9_may

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY-TADQIQOT MASKANI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI

Bugun Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida boʻldi.

Mamlakatimiz bogʻdorchiligi va uzumchiligida mazkur institutning tutgan oʻrni beqiyos. Yangi navlarni ixtiro qilish, seleksiya va duragaylashtirish ayni muassasada bir asrdan ortiq davrdan buyon muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Olimlarning bilim xazinasi ham ayni shu yerda ochiladi desak mubolagʻa emas. Koʻzga koʻringan olim borki, barchasi institut faoliyati bilan u yoki bu darajada bogʻlangan. Shonli oʻtmishga va dovruqqa ega institut faoliyati bugun ham davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va loyihalar bilan tanishish asnosida katta ilmiy xodim Yelena Doroxova bilan ham bugungi kunda yangi olma navlarini ixtiro qilish, seleksiya masalalari xususida suhbatlashdi. Olima bugun 83 yoshni qarshilayotgan boʻlishiga qaramay, davlatimiz rahbari tomonidan olimlarga, ilm kishilariga yaratilayotgan sharoitdan ruhlanib, yoshlarga hos gʻayrat bilan mehnat qilayotganini hamda bu boradagi izlanishlar davom etishini maʼlum qildi.

Oʻz navbatida Aziz Voitov 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan olimani qutlab, unga ilmiy izlanishda muvaffaqiyat, mustahkam sogʻliq va ishlarida rivoj tiladi. Bu kunning maʼno-maqsadidan kelib chiqib bu kabi olima va ilm kishilari yangi Oʻzbekistonda doimo qadr topishi hamda qadriyatlarimiz timsoli boʻlib qolishini bildirdi.

#qishloq_xojaligi #vazir #ilmiy_tadqiqot_instituti #xotira_va_qadrlash #9_may

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram