QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Prezident #videoselektor #elektr_energiya #tabiiy_gaz

Yig‘ilishda bugungi og‘ir vaziyatda elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar davom etayotgani, bunga joylardagi rahbarlar befarq va sherik bo‘layotganiga chidab bo‘lmasligi qayd etildi.

Dekabr oyi boshidan qariyb 3 mingta, so‘nggi ikki kunda esa 1,5 mingta bunday holat aniqlandi. Ular ayniqsa, Farg‘ona (617 ta), Andijon (325 ta), Samarqand (252 ta), Namangan (220 ta), Sirdaryo (218 ta), Toshkent shahrida (269 ta) ko‘p.

Misol uchun, elektrdan 8 million kilovatt o‘g‘irlangan, bu – kuz-qish mavsumida 41 ming hovli uylarning bir oylik isteʼmoliga teng.

Shu bilan birga, 11,5 million kub metr yoki 19 ming xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi.

O‘tgan hafta Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir noqonuniy ravishda sotib yuborilgan.

“Bu viloyatlar hokimi, prokurori, ichki ishlar idoralari nima bilan band?", - deb savol qo‘ydi Prezident.

Viloyat hokimlari
qozonxona, gaz va ko‘mir tarqatish shoxobchalari, avtopark, elektr tarmoqlariga borib, ishlarni ko‘zi bilan ko‘rmagani, bu ishlarni tashlab qo‘ygani keskin tanqid qilindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2788
#Prezident #videoselektor

“Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol bo‘yicha xulosalarimni qildim.

Ichki ko‘chalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerakmi?”
davom etdi Prezident.

Hududlarga so‘nggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning o‘zida 12 trillion so‘m berilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman hokimining 6-7 nafar o‘rinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov, “O‘zbekneftgaz” raisi M.Abdullayev, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abdurahmanov, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" raisi D.Isakulov, "Hududiy elektr tarmoqlari" raisi U.Mustafoyev, “O‘ztransgaz” raisi B.Normatov, “Hududgaztaʼminot” raisi B.Eshmurodovga “hayfsan” berildi.

"Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz to‘g‘ri tushunib, norozi bo‘lmas edi", dedi Prezident.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va ushbu rahbarlarga
ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2789
#Prezident #videoselektor

Viloyat hokimlariga
o‘n kun muddatda ushbu obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi taʼkidlandi.

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

“Umuman, energiya resurslari taʼminotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim.

Energiya taʼminoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Ikki oy muddatda energiya taʼminoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qatʼiy ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

- birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sunʼiy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;

- suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2790
#Prezident #videoselektor

Yig‘ilishda kun tartibidagi asosiy masala – aholini daromadli mehnat bilan band qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yil boshidan tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda 2 million aholining doimiy bandligi taʼminlandi. Bundan tashqari, 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnat orqali daromadli bo‘ldi. Jumladan:

- oilalarga dehqonchilik uchun tarqatilgan 100 ming gektar yerlarda, 1 million 200 ming aholi doimiy va mavsumiy band bo‘ldi;

- hududlarda korxonalar 85 mingtaga ko‘payib, ularning soni 550 mingtaga yetdi. Buning hisobiga 2022-yilda daromad solig‘i to‘layotgan rasmiy band bo‘lganlar soni 400 mingtaga oshdi. Shuningdek, 3,5 mingta sanoat loyihasi ishga tushirilib, 160 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi;

- Yangi O‘zbekiston massivlari qurilayotgani, ipoteka va qurilish bozori kengaygani hisobiga bu yilning o‘zida 4,5 mingta yangi qurilish korxonasi tashkil etildi va 135 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi;

- turizm va servis sohalarida yirik xizmat ko‘rsatish markazlari ishga tushgani, servis-savdo ko‘chalari, turizm qishloqlari tashkil etilgani, ijtimoiy soliq 1 foiz qilingani, ish vaqtiga cheklovlar olib tashlangani hisobiga 1,5 million aholi qo‘shimcha daromadli bo‘ldi;

- yo‘lovchi tashish, rieltorlik, duradgorlik, kulolchilik, uyda sut mahsulotlari tayyorlash kabi 79 ta faoliyat turi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati yaratilgani natijasida bu yil 914 ming nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilganlar soni 2 millionga yaqinlashdi.

Yaqinda Sirdaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hisob-kitoblar bilan keyingi yilda “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha o‘ziga majburiyat oldi.

Boshqa viloyat, tuman va shahar hokimlari ham 20-dekabrgacha kelgusi yilda aholini band qilish dasturini qabul qilishi shartligi taʼkidlandi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2791
#Prezident #videoselektor

Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim hududlarda aholi bandligini taʼminlash ko‘rsatkichlari yaxshi emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

2022-yil davomida doimiy bandlar soni Kitob, Koson, Mirzaobod, Narpay, Nishon, Furqat tumanlarida kamaygan.

Tegishli viloyat hokimlariga uch kun muddatda ushbu tuman hokimlarga nisbatan chora bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 232 mingta korxonada ishchilar soni bor-yo‘g‘i 1 nafarni tashkil qiladi. Bu degani, ular haliyam “yashirin iqtisodiyot” sharoitida ishlab, “konvert”da oylik to‘lab kelmoqda.

Bunday holat 47 ta tumanda eng yuqori. Misol uchun, Nukus, Zarbdor, Mirishkor, Muzrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida – 80%, Jondor, Koson, Urgut, Pastdarg‘om, Uchqo‘rg‘onda – 75%, Guliston, Namangan, Qo‘shko‘pir tumanlarida – 70% korxonalarda 1 ta ish o‘rni ko‘rsatilgan.

Chakana savdo, yo‘lovchi va yuk tashish, qishloq xo‘jaligi xizmatlari, mehmonxona, oshxona, Ay-Ti, avtomobil taʼmirlash kabi faoliyatlar bo‘yicha ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilgan.

Ushbu 47 ta tumandagi korxonalarning yarmidan ko‘pi aynan shu faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.

Lekin, bu tumanlardagi korxonalar adolatli soliq to‘lash va davlat bilan hamkorlikka o‘ta olmayapti.

Shuningdek, 25 yoshgacha bo‘lganlarni ishga qabul qilganda, tadbirkorlar 6 oy davomida ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

"Bu imtiyozlar aynan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki berishga qaratilgan-ku!

Lekin, ushbu tumanlarning hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq rahbari nima bilan band? Nima uchun, 70-80 foiz korxonalarida 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?",
- so‘radi davlatimiz rahbari.

Viloyat hokimlariga masʼul idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bu 47 ta tumanda so‘rov o‘tkazib, har biriga alohida yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2792
#Prezident #videoselektor

Yig‘ilishda aholiga tarqatish uchun belgilangan 100 ming gektar yerning 4 ming gektarida ekin ekilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Kosonda – 1,2 ming gektar, Bekobodda – 141 gektar, Nishonda – 123 gektar, G‘uzorda – 116 gektar, Sariosiyo, Ellikqalʼa va Shumanayda – 90 gektardan yerlarda ekin ekilmagan.

“Odamlarimizni daromadli qilish maqsadida bu yerlarni oziq-ovqat ekish uchun bo‘lib berdik. Qachon bunday bo‘lgan? Lekin, tayyor ekin yeriga ega topa olmagan tuman hokimi o‘zi nima ish qiladi?”, - dedi Prezident.

Tegishli hududlar rahbarlariga ushbu 7 ta tuman hokimlari bo‘yicha taklif berish topshirildi.

O‘tgan davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi 15 ta tumanda pasaygan. Xizmatlar sohasida ham 15 ta tumanda o‘sish surʼatlari past.

“Mayli, bular sanoatni qila olmasin, chetdan investitsiya olib kelishni bilmasin, lekin xizmatlarni rivojlantirib, odamlarni rozi qilishga intilmagan tuman hokimlarining ishlashga haqqi yo‘q”, - dedi davlatimiz rahbari.

Bu tumanlar hokimlarining 1-o‘rinbosarlari, iqtisodiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish topshirildi.

Kelgusi yilda 2 million aholiga daromad manbaini yaratib berish, bunda mehnat bozoriga kirib keladigan 700 ming nafar yoshlarni band qilishga alohida yondashuvlar joriy qilish, bugungi kunda mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band bo‘lgan 1,7 milliondan ortiq aholini yil davomida ishlashiga sharoit qilib berish, norasmiy band bo‘lgan 3,8 million aholining kamida 50 foiziga qonuniy faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratish kabi vazifalar belgilab berildi.

O‘n kun muddatda aniq hisob-kitoblar bilan 2023-yil uchun aholi bandligi bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2793
#Prezident #videoselektor

Aholi bandligini taʼminlash
doirasida quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Birinchi yo‘nalish – kelasi yili paxta va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektarni aholiga bo‘lib berish eng katta zaxira bo‘ladi.

Endi yerni qo‘lidan ish keladigan, dehqonchilikni biladigan odamlarga berish, kamida 600 ming aholini doimiy va 900 ming aholini mavsumiy daromad olishini taʼminlash zarur.

8 trillion so‘mlik 600 dan ziyod saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun sanoatda ish o‘rinlari yaratishi kerak. Shu bilan birga, kelasi yili qishloq xo‘jaligiga xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan 400 million dollarni ko‘proq doimiy ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish zarur.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2794
#Prezident #videoselektor #pilla_yetishtirish

Kelgusi yilda pilla yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida ushbu sohaga ham erkinlik berilishi taʼkidlandi. Endilikda yetishtirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo‘lmagan narxda xarid qilinadi.

Bu kamida 500 ming aholini band qilib, ularning daromadini 2-3 barobar oshirish imkonini beradi.

Ikkinchi yo‘nalish doirasida ishsizlik og‘ir bo‘lgan 1 mingta mahalla uchun 300 ta mikro-markaz tashkil etib, ularga tadbirkorlik uchun imkoniyat yaratishi zarur.

Tuman va shaharlarning 255 ta markaziy ko‘chasi hamda 274 ta mahalladagi savdo-xizmat ko‘chalari to‘liq ishga tushishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 17 ta tuman va shaharning master-rejalarini 1-aprelgacha yakuniga yetkazib, savdo va servis obyektlari uchun yangi yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Tushgan mablag‘lar yana 20 ta tuman va shaharning master-rejalarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2795
#Prezident #videoselektor

Umuman, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihalari va mahalliy sanoatda jami 320 mingta doimiy ish o‘rni yaratishga masʼul bo‘lishi taʼkidlandi.

Prezidentimiz to‘rtinchi yo‘nalish – Yangi O‘zbekiston massivlari, ipoteka dasturi doirasida va xususiy sektor bilan kelasi yili 90 mingta xonadonli uy-joylar qurish shartligini qayd etdi.

Bugungi kunga qadar ipoteka dasturlari doirasida qurilishi kerak bo‘lgan xonadonlarning atigi 20 mingtasi yoki 40 foizi yakuniga yetgan. Bundan tashqari, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 1 ming xonadonli uy-joylarni qurish ishlari boshlanmagan.

Bosh vazirga o‘n kun muddatda rejani bajarmagan hududlar bo‘yicha xulosa qilib, taklif kiritish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2797
#Prezident #videoselektor

Kelasi yili har bir viloyat hokimi 5-10 ming xonadonli uy-joy qurish rejasini qilib, buning uchun bir oy muddatda yer uchastkalarini auksionga chiqarishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish sohasida 6 oygacha ishga qabul qilish bo‘yicha soddalashgan mehnat shartnomalarini ishlab chiqib, kelgusi yilda norasmiy sektordagi 100 ming aholini qonuniy faoliyatga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuzib, 50 ming aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga topshiriq berildi. Bunda, ularga mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilishi taʼkidlandi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan Prezidentga hisobot berdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2798
#ob_havo #iqlim

16-18-DEKABR KUNLARI KUTILAYOTGAN OB-HAVO MAʼLUMOTLARI

🌫 O‘zbekistonda shu kunlarda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi.

🌡Havo harorati kechasi sovuq - 3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi, 16-dekabrda ayrim joylarda 12-14° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

🏔 Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli , yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin.

❗️Baʼzi joylarda yo‘llar muzlaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi.

🌡Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#погода #климат

ПРОГНОЗ ПОГОДЫ С 16 ПО 18 ДЕКАБРЯ

🌫По Узбекистану в эти дни будет переменная облачность, без осадков. Местами возможен туман. Ветер восточный 7-12 м/с.

🌡Температура ночью мороза-3° тепла, днем 5-10° тепла, 16 декабря местами до 12-14° тепла.

🏔По горным районам республики – переменная облачность, без осадков. Местами возможен туман.

❗️На дорогах местами гололедица. Ветер восточный 7-12 м/с.

🌡Температура ночью 0-5° мороза, днем 3-8° тепла.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqshunoslik #dala_seminari #Qashqadaryo

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani “G‘alaba” fermer xo‘jaligida “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlashga bag‘ishlangan dala seminari bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil saytimizda
*****
#Почвоведения #выездной_семинар #Кашкадарья

В фермерском хозяйстве «Галаба» Касбинского района Кашкадарьинской области состоялся выездной семинар, посвященный обеспечению выполнения Постановления Президента Республики Узбекистан от 10 июня 2022 года «О мерах по созданию эффективной системы борьбы с деградацией земель».

👉Подробности читайте на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hukumat_soati #Vazir #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat

NAVBATDAGI “HUKUMAT SOATI” OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH VA HAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MASALALARIGA BAG‘ISHLANDI

📈2022-yil 14-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Deputatlar “Qish mavsumida aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va sohada qulay agrobiznes muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi masalani muhokama qildilar.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov maʼruza qilib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmlarini oshirish va bozorlarda narx barqarorligini saqlash bo‘yicha vazirlik tomonidan bir qator ishlar olib borilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Mavzuga oid muhim ma'lumotlar va vazir nutqini batafsil saytimizda o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq #avokado

AVOKADO — ENG FOYDALI MEVA

🥑Avokado mamlakatimiz bozorida deyarli yaqinda paydo bo ‘ldi. Ammo u allaqachon gurman auditoriyasini egalladi va haqiqatan sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari uchun foydalidir.

Yog‘ miqdori va yuqori kaloriya tarkibiga egaligiga qaramasdan, avokado parhezbop mahsulotdir. Unda xolesterin yo‘q va tarkibidagi yog‘lar organizm tomonidan 100 foiz so‘riladi.

Avokado haqidagi eng foydali ma’lumotlarni maqolamizdan bilib oling.
*****
#Это_интересно #aвокадо

АВОКАДО — САМЫЙ ПОЛЕЗНЫЙ ФРУКТ В МИРЕ

🥑Авокадо появился на рынке нашей страны относительно недавно. Но уже завоевал свою аудиторию гурманов, и совершенно справедливо занимает свою нишу наиболее полезных фруктов с точки зрения здорового образа жизни и правильного питания.

Несмотря на свою жирность и высокую калорийность авокадо диетический продукт. В нем отсутствует холестерин, а жиры в его составе усваиваются организмом на 100%.

О полезных свойствах авокадо читайте в нашем материале.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #usaid #tanlov

5️⃣5️⃣5️⃣
USAID O‘G‘IT QO‘LLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA TANLOV EʼLON QILADI

📢AQSH Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) O‘zbekistondagi xususiy sektor kompaniyalari va jismoniy shaxslardan fermerlarni o‘g‘itlardan foydalanishning ilg‘or tajribalarini o‘qitish bo‘yicha tanlov eʼlon qildi.

💰Arizachilar tuproq tahlili, meva-sabzavotchilik va yem-xashak ekinlari uchun o‘g‘itlarni to‘g‘ri tanlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha 5000 nafargacha fermerlarni o‘qitish uchun moliyalashtirish so‘rashlari mumkin.

👤Mazkur yangi tanlov USAIDning O‘g‘it ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va ulardan samarali foydalanish jamg‘armasi doirasida tashkil etildi.

📆Arizalarni topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 16-yanvar. Tanlov shartlari va arizalar namunasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM