Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Uzbekiston24 #Samarqand #Biznes_forum
🎥 O‘zbekiston 24 telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar va O‘zbekiston hamkorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan brifinglar haqida lavha tayyorlandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi brifingi haqida xabar berilgan. Ushbu brifing qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev tomonidan olib borildi.
Brifingda TDTga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar bilan qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDT #Samarqand #Biznes_forum #birifing #Agroforum
Tadbirkorlar tomonidan "B2B" va "G2B" formatidagi muzokaralardan so‘ng brifing bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev so‘zga chiqdi.
U TDTning o‘ziga xosligi uning hamkorlik uchun ko‘p qirrali yo‘nalishlari mavjudligida ifodalanishini ta’kidladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.
Joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi hamda uning doirasida Turkiy davlatlar Agroforumi o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi doirasida sohani raqamlashtirish, urug‘chilik, organik qishloq xo‘jaligi, agrar ta’lim, chorvachilik, agrosanoatni moliyalashtirish va Sug‘urta fondini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
"Agroforum doirasida o‘tkazilgan “B2B” tarzidagi uchrashuvlar yakuni bilan 8 ta investitsiya bitimi va 49 ta savdo shartnomasi imzolandi", – deya ta’kidladi Qahramon Yuldashev.

#repost #Biznes_forum #Uzbekiston24 #Samarqand #MEMORANDUM #HAMKORLIK #parrandachilik #chorvachilik #kartoshkachilik
O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev ham ishtirok etmoqda.
Lavhada Alisher To‘rayev bugungi biznes forumi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasiga qanchalik manfaatli bo‘lgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Xususan, chorvachilik va urug‘lik kartoshkachilik yo‘nalishi bo‘yicha Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida muhim kelishuvlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi.

#Biznes_forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand
VENGRIYA BILAN HAMKORLIKDA PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida o‘z delegatsiyasi bilan Samarqand shahrida bo‘lib turgan Vengriyaning Bonafarm Csoport kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Bonafarm Csoport hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan qiymati 150 mln AQSH dollariga teng investitsion loyiha - parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Anglashuv memorandumi imzolandi hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Avvalroq, joriy yilning oktyabr oyida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hukumat delegatsiyasi tarkibida Vengriyaga tashrifi doirasida eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqarish korxonalaridan birining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda parrandachilik korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishishgan edi.