QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI VA XALQARO JAMG‘ARMA PREZIDENTINING AEROPORTDAGI TASODIFIY UCHRASHUVI

🤝Rimda bo‘lib o‘tgan FAOning 43-konferensiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki kun mobaynida ko‘plab uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Mamlakatimiz agrar tarmog‘iga oid masalalar muhokama qilindi, foydali shartnomalar imzolandi. Barchasi ko‘tarinki ruhda kechdi.

Aslida, bunday konferensiyalarda barcha rahbar va mutasaddilarning vaqtlari tig‘iz bo‘ladi. Tasodifni qarangki, uchrashuvlar yakunlanib, mamlakatimizga qaytish arafasida, aeroportda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi Prezidenti Alvaro Larioning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Garchi vaqt tig‘iz bo‘lsa-da, hamkor jamg‘arma rahbari bilan respublikamizda qishloq xo‘jaligi istiqbollari, moliyalashtirish va sarmoyaviy loyihalarni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat zanjirini hosil qiluvchi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘idagi loyihaning 2-bosqichini ishga tushirish bo‘yicha shartnomani imzolash masalasi ijobiy hal etildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #taraqqiyot_jamgarmasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM