QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANING “TOSHKENT ERTAGISI” NAVI IXTIRO QILINDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlarining ko‘p yillik samarali izlanishlari natijasida kartoshkaning O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitiga mos, ertapishar “Toshkent ertagisi” navi ixtiro qilindi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #kartoshka #yangi_nav
*****
СОЗДАН СОРТ КАРТОФЕЛЯ «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ»

🥔В результате плодотворных многолетних исследований ученых-селекционеров НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был создан сорт скороспелого картофеля «ТОШКЕНТ ЭРТАГИСИ», который полностью адаптирован к почвенно-климатическим условиям Узбекистана.

#НИИ #картофель #новый_сорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SAUDIYA ARABISTONI BILAN AGROSOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Aprel oyi oxirida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminovning Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri o‘rinbosari vaziri o‘rinbosari Muhammad al-Husan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar agrosektordagi, jumladan urug‘chilik, quruq mevalar eksporti, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohalaridagi kelgusi aloqalar istiqbolini muhokama qildilar.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #qishloq_xojaligi #investitsiya #Ozbekiston #Saudiya_Arabistoni
*****
ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С САУДОВСКОЙ АРАВИЕЙ В АГРОСФЕРЕ

🤝В конце апреля состоялась встреча заместителя министра сельского хозяйства Узбекистана Умида Мамадаминова с заместителем министра инвестиций Саудовской Аравии Мохаммедом ал-Хусаном, на которой стороны обсудили перспективы дальнейшего взаимодействия в агросекторе, в том числе семеноводства, экспорта сухофруктов, производства удобрений.

#международное_сотрудничество #встреча #сельское_хозяйство #инвестиции #Узбекистан #Саудовская_Аравия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani aholisining qulupnay yetishtirish bo‘yicha erishgan yutuqlari haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Uchqo‘rg‘on tumani nafaqat baliqchilik sohasida, balki, qulupnaychilik yo‘nalishida ham Namangan viloyatining asosiy hududi hisoblanishi aytib o‘tilgan. Shuningdek lavhada tumanning 3 ming gektar yer maydonida qulupnay parvarishlanayotgani hamda 70 foiz aholi ushbu dehqonchilik turi bilan shug‘ullanib qo‘shimcha daromad olishi haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🔰So‘nggi yillarda aholini sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dunyo miqyosida tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada yurtimizda ham davlat siyosati darajasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Kelgusida mazkur yoʻnalishda malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-22-sonli Qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi ta’sischiligida Ummon Sultonligining “Atyat International Servises” kompaniyasi ishtirokida Farg‘ona viloyatida Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etilib, uning faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.

Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori vazifasini bajaruvchi etib Tojiev Rustambek Rasulevich tayinlandi.

R. Tojiev Farg‘ona politexnika universitetini tamomlagan, texnika fanlari doktori (DSc), professor. 2006-yildan hozirga qadar Oliy ta’lim muassasalarida turli lavozimlarda, shu jumladan 2016-yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

#tayinlov

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH DOIRASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

🤝2-mayda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Dehqonchilik va oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi direktori janob Jingyuan Sya va uning texnik maslahatchisi Hafiz Moʻminjonov Toshkentga keldi.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #FAO
*****
МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО В РАМКАХ ЗАЩИТЫ РАСТЕНИЙ

🤝Со 2 по 6 мая в Ташкенте находятся с визитом директор Отдела растениеводства и защиты растений Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) господин Цзинъюань Ся и его технический советник господин Хафиз Муминджанов.

👉Подробнее

#международное_сотрудничество #визит #встреча #делегация #сельское_хозяйство #ФАО

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHIDA XALQARO ME’YORLARNI JORIY QILISH YO‘LLARI O‘RGANILDI

👥Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida integrallashgan tizimni boshqarish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar davomida xalqaro tan olingan Global G.A.P. standarti va ushbu standart talablaridan kelib chiqib havola etilgan standartlar – Global G.A.P. xavf-xatarlarining ijtimoiy me’yorlarga muvofiq amal qilinishini baholash (GRASP), iste’molchi yorlig‘i (GGN LABEL), ekologik sug‘orish va yer osti suvlaridan foydalanish dasturi (SPRING)dan foydalanishning dolzarb jihatlari muhokama etildi.

#seminar #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Global_GAP

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIOPESTITSIDLAR: ATROF-MUHITGA ZARAR KELTIRMAY, CHIGIRTKAGA QARSHI KURASH

🦗Aprel oyi oxirida FAO tomonidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida namunaviy sinovlar o‘tkazildi.

Tadbir “Kavkaz va Markaziy Osiyoda chigirtkaga qarshi milliy va mintaqaviy miqyosda kurashni yaxshilash bo‘yicha FAO dasturi” doirasida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyalaydigan loyihalar qo‘llab-quvvatlashida o‘tkazildi.

#tadbir #biopestitsidlar #FAO #JICA #USAID
*****
БИОПЕСТИЦИДЫ: БОРЬБА С САРАНЧОЙ БЕЗ ВРЕДА ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЕ

🦗В конце апреля в Джизакской области прошли демонстрационные испытания биопестицидов, которые были организованны ФАО в сотрудничестве с Агентством по карантину и защите растений при Министерстве сельского хозяйства Узбекистана.

Мероприятие прошло в рамках «Программы ФАО по улучшению национальной и региональной борьбы с саранчой на Кавказе и в Центральной Азии» и при поддержке проектов, финансируемых Японским агентством международного сотрудничества (JICA) и Агентством США по международному развитию (USAID).

#мероприятие #биопестициды #ФАО

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUZILGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH, TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

📌2023-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga muvofiq, endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, infratuzilma obyektlarining muhofaza hududlarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish va loyihani joyiga ko‘chirish davrida mualliflik nazorati “O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, jumladan buzilgan va rekultivatsiya qilingan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Geoaxborot” tizimida yurtilishini 2023-yil 1-avgustga qadar ta’minlash belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi. Ushbu nizom yerlarni rekultivatsiya qilish, yerlarning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash, rekultivatsiya qilingan yerlarni qabul qilish-topshirish va boshqa chora-tadbirlar tartiblarini belgilab beradi.

#tuproq #rekultivatsiya #Ozdaverloyiha #geoaxborot

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM