QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA XORIJ TAJRIBASI

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarni oshirish dasturi (ASK) eksperti Mark Devis bilan Barqaror qishloq xo‘jaligi sharoitida zararkunandalarga qarshi kurash mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Yevropa Ittifoqining ASK Facility dasturi vakillari ishtirok etdi.

🔰 Tadbirda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 20 yildan ortiq ilmiy tajribaga ega xorijlik mutaxassis tomonidan jahon tajribasida zararkunandalarga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ilmiy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro ekspert qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda pestitsidlarni qo‘llash bo‘yicha yangi usul va texnologiyalarni joriy etish hamda zararkunandalarga qarshi kurashning iqlim o‘zgarishiga ta’siri borasida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

ASK Facility dasturi doirasida tashkil etilgan davra suhbati davomida ishtirokchilar pestitsidlarning respublika hududiga olib kirilishi, saqlanishi va ularni qo‘llash bo‘yicha fikr almashishdi.

#qishloq_xojaligi #pestitsidlar #xorij_tajribasi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Qishloq xo‘jaligi barchamiz uchun

📈 Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tizimda har bir xodimni qo‘llab quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasi har bir xonadon uchun, barchamiz uchun tamoyilida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Shu jumladan "O‘zdavyerloyiha" instituti hamda hududiy bo‘linmalar tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining Respublikamizda uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi Oltiariq tumanidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 1 500 ta uzum qalamchalari yetkazib berildi.

Ta'kidlash joizki, Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tomonidan yetib kelgan qalamchalar hududiy bo‘linma xodimlariga ham tarqatib berilmoqda.

👥 Xodimlarning tomorqa yerlariga ekilgan qalamchalar 3-4 yilda hosilga kirib oila uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.

#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Qoraqalpog_iston_Respublikasi #Farg_ona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Qishloq xo’jaligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi ‼️
Agroklasterlar va fermerlarni 4-5-noyabr kunlari Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetida bo’lib o’tadigan, “Bug'doy yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminariga taklif qiladi.

🤵🏼‍♂️Seminarni Germaniyadan kelgan mutaxassis olib boradi.🇩🇪

✔️Qatnashish bepul va faqat registratsiya orqali: BU YERDA
Soat 9:00 dan boshlanadi.
📍Manzil: Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti (Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2.) Lokatsiya
🛠Amaliyot: Chinoz tumanida (transport🚌 ta’minlanadi)
Tel.: +998998981680

P.S. Joylar soni cheklangan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
USTUVOR VAZIFALAR IJROSI TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov rahbarligida vazirlik tizimidagi ustuvor vazifalarning ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda vazir o‘rinbosarlari, tizim tashkilotlarining barcha mutasaddi vakillari hamda boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash borasida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek 2023-yil yakuniga qadar sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va “Dolzarb 45 kun” loyihasi doirasidagi ishlarning bajarilishi, yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy yil yakuniga qadar 15 ta ustuvor yo‘nalishlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijro intizomi bo‘icha mavjud vaziyat tahlil qilinib, ma’sul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Dolzarb 45 kun” loyihasi doirasidagi ishlarni ham uyushqoqlik bilan to‘g‘ri tashkil qilish borasida masʼullarga topshiriq va vazifalar berildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA XVI VERONA YEVROOSIYO IQTISODIY FORUMIGA START BERILDI

Bugun “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Yevroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumiga start berildi.

Forum sessiyalarida o‘nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O‘zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o‘rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar, Yevropa va Osiyoning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, mutaxassislar, diplomatlar, xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning V sessiyasi aynan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va jahon oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ekologik qishloq xo‘jaligi masalalariga qaratilgan bo‘lib, unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish, savdo investitsiya va hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan ma'ruza qildi, shuningdek, O‘zbekiston agrosalohiyati namoyish etildi.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning asosiy “o‘sish nuqtasi” va drayveri bo‘lishi uchun sohani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilingani esa minglab yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining real daromadini oshirishda yuqori samara beryapti.

Mazkur forum ham biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar o‘rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

#forum #qishloq_xojaligi #silk_road_samarkand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM